99
ko`rinishini
vaziyatga
binoan
tez
o`zgartirish
imkoniyatini
ta`minlashni
talab qilishi.
Odatda, sanoat korxonalarida katta yoki kam seriyada ishlab
chiqariladigan alohida
buyumlar loyihalanadi. Buyumning loyihasi iste`molchining tipik qomatiga mo`ljallanadi,
umumiy konstruktsiyalash usuli bo`yicha chiziladi va ommabop talablarga mos bo`lishi nazarda
tutiladi.
YAgona buyumlar
loyihalanganda
ularing
uslubiy
echimlari,
materiallari, rangi, fakturasi, kompozitsion echimlari va h.k. bir biriga mosligi nazarda tutilishi
lozim, chunki ulardan iste`molchi o`z hohishiga binoan komplektni barpo etadi.
YAgona buyumlar insonning didiga ko`ra buyumlarni tanlashiga va o`ziga hos badiiy
siymoni yaratishga imkon beradi.
Ansamblni loyihalash
. Ansambl` (fr. ensemble – birga, baravariga) – muayyan badiiy
g`oyaga bag`ishlab yaratilgan, elementlarining o`zaro bog`liqligini, kiyim va qo`shimchalarining bir-
biriga bo`ysunganligi e`tiborga olingan, ma`lum inson va mo`ljal uchun yaratilgan badiiy siymo
aks etgan alohida buyumlar to`plamidir.
Ansambl` kostyum qismlari, silueti, proprtsiyalari, rangi va bezagining o`zaro mosligi va
organik bir-biriga bog`liqligi bo`yicha birligini nazarda tutadi. U kiyim, poyabzal, bosh kiyim,
soch turmagi,
bezaklar, qo`shimchalar va grimdan iborat yaxlit butunlik bo`lib, xech qanday
o`zgarishlarni ko`zlamaydi. Har qanday elementni qo`shish yoki birortasini olib qo`yish uning
yaxlitligini barbod etadi.
Ansambl` ko`pqavatlik, uning barcha qisimlarini bir yo`la kiyilishi mujassamdir. Ular
o`zaro bog`langan va bir biriga bo`ysungan.
Ansambl` tizimiga quidagilar kiradi: bashang liboslar, tuy libosi, maxsus mo`ljal
uchun
kostyum, sahna kyimi va b.
YAxlitlik
va
nihoyasiga
etkazilgan,
zamonaviy
kostyumda
doimo
estetik
kriteriy
bo`lgan.
Ma`lum
mo`ljal
uchun
yaratilgan
kostyum
barcha
qismlarining
rangi,
naqshi,
bezagi
va
b.
xossalari
bir-biriga
mos
bo`lishiga
intiladi.
Masalan,
XVI
asrda
Angliyada
saroy
xonimlari
ko`lagining
engi
va
ichki
yubkasi
bir
xil
gazlamadan
qilinardi.
Ammo
sof
ansambl`
XIX
asrning oxiri – XX asr boshlarida “Modern” davrida (1890-1900 yy.) barpo
etilgan.
XX asrda ansambl` kuter`elar uchun o`ziga hos “cho`qqi” bo`ldi.
Ular shaxsiy buyurtma bo`yicha kostyumni butunlay yaratishgan. An`anaviy modellashda kiyim
ansamblining loyihalash siymoni badiiy ifodaligiga erishishga eng yuqori nuqta deb hisoblanadi.
Ammo XX asr davomida ansambl` to`g`risida tasavvur o`zgardi. Maslan, 1920 yy.
ansambl`ning echimi kostyumda rang birligini nazarda tutadi: ko`ylakni rang toniga shlyapa,
qo`lqop, tufli, sumka, soyabon va b. tanlanadi; ko`ylak bezagining rangi qo`shimchalarning
rangida takrorlanadi.
1930 yy. “Buyuk turg`unlik” sharoitida shunday isrofgarchilikka imkon bo`lmadi,
qachonki har bir ko`ylakka maxsus shlyapa, tuflini va b. talab qilinardi. Bu davrda kostyumning
yaxlitligini qo`shimchalar birligi yordamida echishgan: sumka, tufli, qo`lqoplar, shlyapa bir xil
rangda bo`lishi lozim, ammo bu garniturni har qanday ko`ylak bilan kiyish mumkin edi.
Masalan, qora tufli, shlyapa va qo`lqopni och rangli ko`ylak bilan kiyish mumkin edi.
Hattoki, ikkinchi jahon urushi davrida ham ansambl` o`rnini
saqlagan, masalan,
tyurbanni bluzka yoki sumkani matosidan qilishga ishlatishgan.
Ansamblning haqiqiy triumfi “New look” davridan boshlangan. K.Dior yaxshi didni aniq
qoidalarini elegant ayol siymosini qaytirib belgiladi. Ko`ylakka munosib shlyapa, qo`lqoplar,
sumka va bijuteriyalar bilan kiyilishi lozim bo`lgan. K.Diorning fikri bo`yicha “shlyapasiz ayol
to`liq kiyinmagan”.
1960 yy. modasida ham ansambl` saqlangan. Masalan, A.Kurrejning modalarida
qo`lqoplar va bosh kiyimlar ko`pincha bir xil gazlamadan ishlangan.
Ammo 1960 yilning ikkinchi yarmidan ko`cha modasida, ayniqsa yoshlar
submadaniyatlarida, ansambldan voz kechish sezildi. Masalan, xippilar
har xil uslublardagi
100
kiyimlarni erkin aralashtirib, astoyidil orastalik va puxta o`ylangan kostyumlardan voz
kechishgan.
1970 yy. ansamblning o`rnini komplekt egallay boshladi.
Zamonaviy modada ansambl` g`oyasi ko`proq real hayotda emas, faqat podiumda qoldi.
Kiyimda qo`laylik, komfort va funktsionallikni talab qilinishi, ansambl` to`g`risida
avvalgi
tasavvurini eskirtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: