O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

 
Ma`ruza-17 
Kollektsiyani loyihalash asoslari 
Reja: 
1.
Kollektsiyani loyihalash asoslari 
2.
Sanoatga oid ommabop kollektsiyani ishlab chiqarish jarayoning bosqichlari. 
3.
Perspektiv kollektsiyani loyihalash asoslari 
4.
Kollektsiyaning tarkibi. 
 
Kollektsiyani loyihalash. 
Kollektsiya (lot. collektio – to`plam) – ilmiy, tarixiy yoki badiiy 
qiziqishni ifodalaydigan, o`xshash buyumlarni tizimga solingan to`plpmidir. Kostyum dizaynda 
kollektsiya quydagi birlikni barpo etadigan har xil mo`ljal uchun modellar seriyasi: muallif 
kotseptsiyasi; siymo; kollektsiyada qo`llangan materiallar; rang echimi; shakl; bazaviy 
konstruktsiyalar; uslubiy echim; va h.k. 
Kollektsiyada turi va mo`ljaliga mos har xil xossalar ustunlik qiladi. Masalan, mualliflik 
ijodiy kontseptsiyasida uslub, siymo va kontseptsiya birligi muhim bo`lib, bu holda bazaviy 
kostruktsiyalar qo`llanmasligi mumkin. Har qanday kollektsiyada uning yaxlitligi muhim xossa 
bo`lib hisoblanadi, chunki u kollektsiyani har xil modellarining mexanik to`plamidan farqlaydi. 
YAxlitlik uslubning ijodiy usulini, rang gammasi, materiallar tarkibi, shakl, siymolar umumiyligi 
bilan ta`minlanadi. Undan tashqari to`g`ri yaratilgan kollektsiyaning belgisi dinamikadadir, ya`ni 
mazkur kollektsiyada markaziy g`oyani rivojlanishi. SHu tarzda kollektsiya bir xil yoki deyarli 
bir xil modellar seriyasi emas. Kollektsiyaning ajoyib tomoni bo`lgan qiziqarli konstruktiv yoki 
dekorativ echim har bir yangi modelda uning yangi qirrasini ko`rsatishi kerak, kollektsiyada 
g`oyani imkoniy nyuanslarini namoyish etilishi lozim. 
Kollektsiya turli elementlardan tashkil topishi, ya`ni, bu ansambllar, komplektlar, alohida 
buyumlar, qo`shimchalar va bezaklar bo`lishi mumkin. 
Kostyum kollektsiyasining turlari. 
Kollektsiyada bir necha turlari yaratiladi: 

perspektiv 
kollektsiyalarda 
kelajak 
modaning 
kontseptsiyasi 
ko`rsatiladi, 
odatda, 
kelajak 
mavsumda 
yangi 
uslublar 
va 
rag`batlar 
taqdim 
etildi. “YUqori moda”lar kollektsiyasi 
(etakchi Moda O`ylarniki) 
va 
dizaynerlar yaratgan “pret-a-porte” kollektsiyalari perspektiv kollektsiyalariga kiradi. Bu 
kollektsiyalarga noyob shakl va siluetlar, ajoyib siymolar, materiallar texnologiya va 
konstruktsiyalar bilan tajriba o`tqazilish xosdir. Istiqbol kollektsiyalar kelajak insonlarning 
siymosini 
taqdim 
etishadi, 
shuning 
uchun 
ularni 
loyihalashda 
modaning 
prognozi, 
turmush 
tarzini 
taraqqiyoti, 
iqtisodiy 
vaziyatni 
prognozi 
va 
b. 
bo`yicha 
ma`lumotlar 
inobatga 
olinadi. 
“Pret-a-porte” 
kollektsiyasi 
konkret 
firmaning bazaviy sanotiga oid kollektsisi ham bo`ladi; 
-
bazaviy sanoatga oid kollektsiyalari bevosita tadbiq etiladigan assortiment 
kontseptsiyasini tavsiya etadi. Ularda modani aktual yo`nalishlari ko`rsatiladi va omabop ishlab 
chiqarishga mo`ljallanadi. SHunday kolletsiyalar moda yarmarkalarida sovda xodimlari uchun 
namoyish etiladi (masalan, Parij salonida yoki Dyussel`dorf moda yarmarkasida). Sanoatga oid 
kollektsiyalarga sinovdan o`tgan “mo`tadillashtirilgan” shakllar xos. Bu kollektsiyalarda modaga 
oid rag`batlar muayyan tarkibli va rangli materiallarda o`z aksini topadi; 
-
muallif kollektsiya dizaynerlarning ijodiy kontseptsiyasini aks etadi. SHaxsiy 


102 
buyurtma yoki ommabop imste`molchiga mo`ljallangan maxsus model`erlar yaratgan “YUqori 
moda va Pret-a-porte” kollektsiyalar xalqaro ko`rgazmalarida va yarmarkalarida, kechki klublar, 
prezentatsiyalarda, ijodiy konkurslarda namoyish etiladi; 
- maxsus 
mo`ljal 
uchun 
kollektsiyalar, 
masalan, 
forma 
kiyimi 
kollektsiyalari, maktab fomasi kollektsiyalari. 
YUqorida barcha ko`rsatilgan kollektsiyalar quyidagi xossalari bilan differentsiyalanadi: 
-
assortiment – firmaning ixtisosiga binoan pal`to, kostyum, bosh kiyim; 
-
mavsumga oid; odatda mavsumiy kollektsiyalar ikki marta (bahor-yoz va kuz-qish 
mavsumlari uchun) namoyish etiladi. Ammo, Dyussel`dorfdagi yirik sanoatga oid moda 
yarmarkasi yangi moda kollektsiyalarini yilda to`rt marta namoyish etishga o`tdi: kuz, qish, 
bahor va yoz uchun; 
- yosh kategoriyasi: bolalar, tineyjerlar va b. uchun kollektsiyalar
- ma`lum mo`ljal uchun: uyda, sport uchun, dam olish uchun va b. uchun 
kollektsiyalar. 
Bundan tashqari kimga mo`ljallanganligiga qarab kollektsiyalar quyidagi guruhlariga bo`linadi: 
-
shaxsiy garderob (shaxsiy buyurtmachi uchun); 
-
ommabop (muayyan iste`molchilar turi uchun); 
- guruhlarga oid (muayyan insonlar guruhi uchun): a) formali kiyim kollektsiyasi – 
o`quvchilar uchun forma, harbiy forma kollektsiyalar va b.; b) firmaga oid kiyim kollektsiyalari - 
aeroflotda ishlaydiganlar uchun, savdo firmalar uchun va b.; v) vakillar va delegatsiyalar uchun 
kollektsiyalar – Olimpiya milliy terma jamoalari uchun va b. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish