HAMMASI YAXSHI BO‘LADI! Nutq uslublari. So‘zlashuv uslubi va uning xususiyatlari. Kelajak rejalar haqida so‘zlashuv uslubida dialog tuzish. O‘qilgan matnni so‘zlashuv uslubida qayta bayon etish.
Kelajak bilimli yoshlar qo‘lida
“Yoshlar va kelajak” matni
Bir odil podshoh bor edi. Bir kuni vaziriga: – Haj safariga bormoqchiman, sen ham borasanmi? – dedi. Vaziri: – Ey shohim, mamlakatni boshliqsiz qoldirib, Ka’baga ketsangiz, el egasiz qoladi, – dedi. Podshoh: – Unday bo‘lsa menga bir necha marta haj qilgan hojining savobidan sotib olib beringizlar, qiyomatda men ham hojilar bilan birga turayin, – dedi. Vazir “Podshoh uchun bir haj savobini sotib olaman” deb ovoza qildi. Vazir bir kishiga uchrashdi, u odam falon joyda bir zohid bor, o‘sha hoji yigirma marta Ka’baga yayov borib haj qilib kelgan. Hech kimning o‘sha zohidchalik savobi yo‘q, unga borib uchrashing, – dedi. Vazir borib zohidni podshohning oldiga olib keldi. Podshoh: – Ey zohid, bir martalik haj qilganingning savobini bizga sotasanmi? – dedi. Zohid: – Qanchaga olasiz? – dedi. Podshoh: – Ming qizil tilla tanga berayin, – dedi. Zohid: – Ming qizil oltin tanga oz, – dedi. Podshoh: – Ey zohid, oz bo‘lsa, o‘n ming qizil oltin tanga berayin, – dedi. Zohid: – Ozdir, – dedi. Podshoh: – Unda o‘zing istaganingni so‘ragin, – dedi. Zohid: – Ey podshohim, bir haj nima bo‘ladi, yigirma hajimning savobini sizga berayin, siz bir soat adolat qilganning savobini menga bering, – dedi. Podshoh so‘radi: – Ey zohid, bir soat adolat qilganning savobi qanday bo‘ladi? Zohid: – Bir soat adolat qilganning savobi odamlarning, farishtalarning va hurlarning ibodatidin ortuqdur, – dedi. Buni eshitgan podshoh bir martalik haj sabobini sotib olishdan voz kechib, adolat yo‘liga kirdi.
Tayanch so‘z va iboralar: davlat, haj safai, adolat, Avaz devoni, ko‘chirilgan nusxasi, qo‘lyozmalar, baxt-saodat, ozodlik, ma‘rifatparvarlik, xorijiy til, millatparvarlik, ijtimoiy tengsizlik, zulm-zo‘ravonlik.
To‘rtliklar
Agar-chi so‘z zavqin surmoq istasang,
O‘zbek tili degan ummoda suz.
Unda har ibora – ilohiy jarang,
Undagi har bir so‘z – nurafshon yulduz.
Navoiy – bu oltin xirmon sohibi,
Hayratin olamga etarkan izhor,
Qalbida bir dunyo g‘urur bor edi,
“Xamsa” bolib yog‘di o‘shal iftixor.
(Jumaniyoz Jabborov)
Topshiriq variantlari:
Matnni yozish.
Matnning og‘zaki va yozma tarjimasi.
Suhbat va to‘rtliklarni yod olish.
So‘zlashuv uslubi to‘g‘risida izoh.
Masalalar va misollar
So‘zlashuv uslubi – oilada, ko‘cha-ko‘yda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo‘llaniladigan nutq uslubi. So‘zlashuv uslubi ikki xil shaklda bo‘ladi: 1) adabiy so‘zlashuv shaklida adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinadi; 2) oddiy so‘zlashuv shaklida adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinmaydi. So‘zlashuv uslublarining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida bo‘ladi. Ikki shaxsning o‘zaro so‘zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So‘zlashuv uslubidagi so‘zlarning yana bir xususiyati, ular ko‘pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. Turli sohalarga xizmat qiluvchi kishilar (ziyolilar, ishchilar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, amaldorlar), kosiblar, ijtimoiy guruhlar (san’atkorlar, shoirlar, o‘g‘rilar) o‘rtasidagi erkin suhbat orqali uslubiy mazmun ham ifodalanadi. Har bir hududda yashovchilarning gaplari, suhbatlari, shevalari ham og‘zaki nutqqa kiradi. So‘zlovchi nutqining o‘z qonun qoidalari bor. Ularda so‘zlar tartibi erkin, asosiy maqsadni ifodalovchi gap bo‘lagi ajratib ko‘rsatiladi, fikr so‘zga mantiqiy urg‘u berish bilan ifodalanadi. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘ladi. So‘zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir toifaning nutqida o‘ziga xoslik mavjud. Shuning uchun olimlar suhbati bilan ishchilarning, xizmatchilar suhbati bilan dehqonlarning so‘zlashuvida farq bor. Hatto erkak va xotinlar suhbatida ham ma’lum bir farqlar uchraydi.
Keyslar
CHARXPALAK
|
BOG‘LAMA
|
|
|
DIAGRAMMA
|
PIRAMIDA
|
|
|
Nazorat savollari
Kitobat san’ati qachon shakllangan?
Qadimda.
Qo‘lyozmani kimlar tayyorlagan.
Xattotlar guruhi.
Asosiy adabiyotlar:
Rasulov R., Mirazizov A. O‘zbek tili. O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarining ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan guruhlari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiya, 2006.
Muhitdinova X., Salishuva Z., Po‘latova X. O‘zbek tili. – T.: O‘qituvchi, 2006.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Ismoilov A., Lafasov U. O‘zbek tili (mashqlar to‘plami). – T.: O‘zbekiston, 2002.
Lafasov U., O‘zbek tili. – T.: ToshDSHI, 2009.
Elektron ta'lim resurslari:
www.thinsan.com
www.dersimiz.com
www.altinmiras.com
www. ziyonet. Uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |