Sinf: 3
Fan: O’qish
Mavzu: “ Oltin kuz “
Dars materiallari: “Oltin kuz” matni. Tolib Yo’ldoshning “Kuz kelganda” she’ri. Kuz fasliga oid rasmlar.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: “Oltin kuz: matni va Tolib Yo’ldoshning “Kuz kelganda” she’rini oqish.
Tarbiyaviy maqsad: “Oltin kuz: matni va T.Yoldoshning “Kuz kelganda she’rini o’qish orqali o’quvchilarni tabiatni e’zozlashga o’rgatish, tabiatga nisbatan mehr- muhabbat tuyg’ularini uyg’otish.
Tabiat bergan in’omlarni isrof qilmaslikka, tejamkorlikka undash.
Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning oqish malakalarini oshirish, yil fasllari, ularning belgilari haqidagi fiklarini yangi ma’lumot va bilimlar bilan boyitish.
Dars metodlari: ko’rgazmali, tushuntirish, tarmoqlash, mustaqil ish, hikoya, amaliy ish.
Darsning borishi:
1. Dars o’quvchilarning oldingi sinflarda olgan kuz haqidagi bilimlarini sinab ko’rishdan boshlanadi.
2. Yangi mavzuga tayyorgarlik. Rasm ustida ishlash.
O’quvchilar darsliklarning 50-betidagi rasmni bir-ikki daqiqa kuzatishgach, o’qituvchi ulardan quyidagi savollarga javob oladi:
Rasmda nimalarni ko’ryapsiz? Unda qaysi fasl tasvirlangan?
Qaysi mevalar va erkin mahsulotlari yig’ib olinmoqda?(Rasmdan foydalanib javob bering).
Qaysi qushlar uchib ketmoqda? Nima uchun?
Kuzning belgilarini ayting va rasmga sarlavha qo’ying.(“Oltin kuz”).
3.Yangi mavzu bayoni: “Oltin kuz” matnini o’qishni e’lon qilish.
Mavzuni oldindan tayyorgarlik ko’rgan o’quvchiga o’qitish.
4.Lug’at ustida ishlash:
Sep – bisot, qizlar uzatilayotganda berib yuboriladigan mol;
Qoya- tik tog’;
Manzara – ko’zga tashlanib turadigan joy tasviri;
Don ozuqasi – donli yemish;
Iste’mol – yeyish, ichish.
5.Qayta o’qitish va so;zlashga o’rgatish.
Sinf o’quvchilari matnni navbati bilan ifodali o’qiydilar.
6.O’quvchilarning matn yuzasidan tushunchalarini aniqlash maqsadida quyidagi savollar beriladi:
- Kuz kelganda ob-havoda qanday o’zgarishlar ro’y beradi?
- Kuzning birinchi oyi qaysi oy?
- Bu oyda nimalar pishadi ?
- Toyoqli hayvonlar hayotida qanday o’zgarishlar bo’ladi?
- Qaysi qushlar yurtimizdan uzoqlarga uchib ketadi? Nima uchun?
7.Matnning asosiy mazmunini aniqlash maqsadida qayta o’qish. Buning uchun 50- betdagi har bir xatboshi o’qilib, ularning mazmuni so’raladi.
8. Maqola mazmunini yaxshi tushunishlari uchun uni yaxlit o’qitish.
9. Tarmoqlash metodi (klaster)dan foydalanib, o’quvchilarning oltin kuz belgilari haqidagi filkralsh faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish.
Fikrlarini tarmoqlashni tashkil etish:
xayolga kelgan har qanday fikr ketma- ket yoziladi;
fiklar tugaguncha yozishda davom etiladi;
fiklarning ketma-ketligi va o’zaro bog’liqligini iloji boricha davom ettirish lozim.
10. – Tarmoqlash orqali oltin kuz belgilari o’z atrofida bir qancha so’zlarni birlashtirdi. Bu bilan sizning “Oltin kuz” belgilari haqida keng tushunchaga ega bo’lganligingiz ma’lum bo’ldi. – deb o’qituvchi mavzuni xulosalaydi.
Oltin kuz
11. “Oltin kuz” matni ostida berilgan savol va topshiriqlarga javob olinib mavzu mustahkamlanadi.
12. Tolib Yo’ldoshning “Kuz kelganda “ “she’ri bilan tanishtirish. O’qituvchi she’rni ifodali o’qib beradi. So’ng o’quvchilar navbati bilan ifodali o’qiydilar.
13. Ayrim ifodalarga izoh berish.
“Pay uramiz” (yerga yoyib qo’yish), “dimog’lari chog’: (xursand) so’zlari o’rnida qanday so’zlarni ishlatish mumkin?
14. She’r yuzasidan o’quvchilarning tushunchalarini quyidagi savollar orqali hisobga olishl:
- Yoz ne’matlari deganda nimalarni tushundingiz?
- Kuz kelganda nimalar pishar ekan ? Ularni qishga qanday saqlaymiz?
15. Darsda o’rganilganlarni quyidagi savollar orqali umumlashtirish:
Savol: - Bugungi dasda o’tilgan “Oltin kuz” matni va “Kuz kelganda “ she’ridan nimalarni bilib oldingiz?
Javob: - Yoz ne’matlarini uzoq vaqt (qishda) saqlash yo’lini bilib oldik. Qovun va uzumni uzoq vaqt saqlash uchun ularni yerto’la va donxonalarning shiftiga ilib qo’yish kerak ekan. Qovun poxoldan yasalgan chambarakda osib qo’yilar ekan. Agar shunday qilinmasa, qovun, uzumlarning yerda turgan tomoni irib , isrof bo’ladi. Biz tabiat in’om etgan ehsonni ehtiyot qilishni , asrab- avaylashni o’rgandik.
O’qituvchi o’quvchilar javobini umumlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |