Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti arxeologiyadan izohli lug



Download 250,44 Kb.
bet37/51
Sana28.01.2022
Hajmi250,44 Kb.
#414871
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51
Bog'liq
Arxeologiyadan izohli lugʻat

Quyisoy madaniyati – chorvador qabilalar madaniyati. Ilk bor Amudaryoning qadimiy irmog‘i Sariqamish havzasidan topilgan. Quyisoy madaniyati mil. avv. VIII-V asrlarga oid bo‘lib, aholisi yarim yerto‘la, chaylalarda yashab, chorvachilik, lalmikor dehqonchilik, hunarmandchilikning metallurgiya, kulolchilik, suyakka va feruza toshga ishlov berish turlari bilan shug‘ullanishgan. Tadqiqotchilar fikricha, ular quyi Amudaryo va Orol bo‘ylarining tub joyli aholisi sak-massaget qabilalari bo‘lgan.
Qo‘yqirilgan qal’a – Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l shahridan 22 km uzoqlikda joylashgan, qadimgi Xorazm davlatining brazman, ya’ni hosildorlik ma’budasiga atab qurilgan yirik ibodatxonasi bo‘lgan. Mil. avv. IV – milodiy IV asrlarga oid. Yodgorlik dastlab S.P.Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a’zolari tomonidan 1938-yilda topilgan. Arxeologik tadqiqotlar ishlari 1951-1957-yillar mobaynida olib borilgan.
Qo‘yqirilgan qal’a aylana shaklda qurilgan. Ikki qator mudofaa devor va xandaq bilan himoyalangan. Tashqi mudofaa devorining qalinligi 7,2 metr bo‘lib, paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan. Ichki mudofaa devorining qalinligi 1 metr, balandligi 7 metr bo‘lgan. Qal’a atrofidagi xandaqning eni 15 m, chuqurligi 3 m bo‘lib, suv bilan to‘ldirilgan.
Yodgorlikda ikkita qurilish bosqichi aniqlangan. Birinchi qurilish bosqichi mil. avv. IV-III asrlarga oid. Birinchi bosqichda diametri 44,4 metr bo‘lgan aylana shakldagi 2 qavatli bino izlari topilgan. Qal’aning mudofaa devorida 9ta minora bo‘lib, ularning orasidagi bir minoradan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan o‘tish yo‘laklari – zinapoyalar orqali ikkinchi qavatga chiqilgan. Bu yerda doira shakldagi ochiq maydon bo‘lgan. Birinchi qavati ikki qismga bo‘lingan va har bir qismida 4 xona joylashgan. Qo‘yqirilgan qal’a yodgorligining ikkinchi qurilish bosqichi milodiy eraning I asriga oid bo‘lib, IV asrgacha davom etgan. Bu davrning boshlarida qal’ada katta yong‘in izlari topilgan. Shu yong‘indan keyin ibodatxona o‘zining oldingi qudratini yo‘qotgan. Tadqiqotchilar buni Xorazmdagi boshqa diniy e’tiqodga ega bo‘lgan yangi sulola egallagan bo‘lishi mumkin deb hisoblashadi. Qal’adan mil. avv. IV-II asrlarga oid sopol usturlob parchalari topilgan. Bu qadimda Xorazmda astronomik kuzatishlar olib borilganligini va uning asosida taqvim tuzgan bo‘lishlari mumkinligini asoslaydi.

Download 250,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish