Sopl – temirchilik qo‘rasini havo bilan to‘ldirish jarayonida ishlatiladigan buyum.
Siyovush – (“Avesto”da Siyovarshan, Siyovaxsh – “qora ot”) “Shohnoma” eposi qahramonlaridan biri, Kayoniylardan, hukmdor Kaykovusning (Avestoda Kava Usaning) tutingan o‘g‘li, Abu Rayhon Beruniy keltirgan rivoyatga ko‘ra, uni farishtasifat g‘o‘zal ayol tuqqan. O‘rta Osiyo xalqlarining mifologik tasavvurlariga ko‘ra, u Quyosh barobaridagi umri so‘nayotgan va qayta tirilayotgan ma’bud ramzi. Abu Rayhon Beruniy Xorazmda Afrigiylar sulolasi Siyovushdan boshlangan deb ko‘rsatadi. Afsonaviy sulola asoschisi Siyovush siymosi S.P.Tolstov fikriga ko‘ra, mil. avv. I asrdan to milodiy VIII asrgacha Xorazmda zarb etilgan tangalarda “Xudo-suvoriy” sifatida tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |