5-sentabr test savollari Qaysi asarni Oybek o’zbek tiliga tarjima qilgan?



Download 21,17 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi21,17 Kb.
#689133
Bog'liq
5-sentabr testlari


5-sentabr test savollari
1. Qaysi asarni Oybek o’zbek tiliga tarjima qilgan?
A) “Qirq qiz” (qoraqalpoq xalq eposi) B) “Manas” (qirg’iz xalq eposi) C) “Sosunli Dovud” (arman xalq eposi) D) “Ilohiy komediya” (Dante)
2. Egalik qo’shimchasi qo’shilganda fonetik o’zgarishga uchraydigan tub ot berilgan qatorni toping.
A) taroq B) o’roq C) qaymoq D) og’riq
3. “Sizlar majlislarda faqat bayroq ko’tarib turasizlar, lekin tushunmaysizlar” Asar qahramonining yuziga yaqqol oyna qilib ko’rsatilgan ushbu fikr qaysi asardan olingan?
A) “Yulduzlar mangu yonadi” B) “Ufq” C) “Temir xotin” D) “Asrga tatigulik kun”
4. “Har kimni tug’ilgan shahri Misr” maqoli kimning she’riga epigraf qilib berilgan?
A) O’. Sulaymon B) Abay C) I.Yusupov D) X.Davron
5. Qaysi gapda asosi sifat turkumiga oid so’z bilan shakldosh bo’la oladigan soda yasama so’z berilgan?
A) Jo’ra amakining ikkita sog’in sigiri bor. B) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi C) Bu o’ychan yigit Karima xolaning o’g’li ekan. D) Bolalar birin-ketin yotoqlariga kirib ketdilar.
6. “Taqdir eshigi”, “Tikansiz tipratikanlar”, “Eski shahar gavroshlari”, “Eshik qoqqan kim bo’ldi?”, “Temir xotin” kabi sahna asarlai qaysi ijodkor qalamiga mansub?
A) Turob To’la B) O’.Hoshimov C) Shukur Xolmirzayev D) Sharof Boshbekov
7. Berilgan qaysi baytda “chiroyli dalillash, sharhlash” ma’nosini beruvchi husni ta’lil she’riy san’ati qo’llangan?
A) Fasli navbahor o’ldi, ketibon zimistonlar, Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar B) Bir sahar edim uyg’oq, o’t tutoshdi olamga, Tog’lar chekib larza, titradi biyobonlar C) Davlating boridadurlar barcha olam oshno, Qaytgach davlat jahonda kam topilur oshno. D) Bulbul o’qig’och yig’lab, subhidam xazon faslin, G’uncha qon yutib, yuz chok etti gul giribonlar.
8. To’rt g’azaliyot devon tartib qilibtur: “G’aroyib us-sig’ar”, “Navodir ush-shabob”, “Badoye ul-vasat”, “Favoyid ul-kibar” otliq. Yaxshi ruboiyoti ham bor. Yana “Me’zon ul-avzon” otliq aruz bitibtur…Forsiy nazmda Foniy taxallus qilibtur”. Navoiy haqidagi ushbu ma’lumot kim tomonidan aytilgan?
A) Mirxond B) Xondamir C) A.Jomiy D) Bobur
9. “Navoiy” romanida o’zidan keyin bir kitob qoldirishni niyat qilgan , ammo kitob yozish o’z qo’lidan kelmasligini tan olgan qaysi johil, ilmdan benasib adabiy qahramon mudarris Sultonmurodga:”Birodar, haqiqiy inson o’z ojizini iqror qilmoqdan zavq olur. Sizdan yashirgulik sirim yo’q. chin so’z shulki, ma’lumotim darajayi tomga erishgan bo’lsam ko’proq tajriba qilmaganligim sababli yozmoqqa qiynalaman. Ko’ksimni to’ldirgan fikrlarni qog’ozga ko’chirishda Qalam sarkashlik qiladi. Masalan, sizning qalamingiz bodraftordek ravon…”, - deya undan o’zi uchun bir kirob yozib berishni so’raydi?
A) shoir Binoiy B) Majididdin C) Mavlono Shahobiddin D) Nizomulmulk
10. T.To’laning balet librettosi qaysi?
A) Qizbuloq B) Nodirabegim C) Malikayi ayyor D) Samarqand afsonasi
11. Qaysi javobdagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarda shakli o’zaro bir xil bo’lgan so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar qatnashgan?
A) “Tuzdon” juda chiroyli ishlangan ekan / “Qadrdon” kundaligim, seni bugun yana qo’lga oldim. B) “Yosh kitobxon” tanlovida qatnashib sovrinni egalladi/ G’azalxon yoshligim o’tdi bir zumda. C) Oila jamiyatning bir bo’lagi, “odamsiz” jamiyat bo’lmaydi/ Siz juda yaxshi “odamsiz”, aka. D) Sizda “tirnoqcha” insof bormi? / Bu qizning bir “yigitcha” kuchi bor ekan.
12. Hayot tashvishlaridan gaplashish va dardlashish uchun ahyon ahyonda uchrashib turishar edi. Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumotlar to’g’ri?
1. Ushbu gapda ma’noviy jihatdan holning ikki turi qatnashgan; 2. Ushbu gap egasi ma’lum gap sanaladi; 3. Ushbu gapda to’ldiruvchining uyushib kelishi kuzatiladi; 4. Ushbu gapning kesimi soda fe’l kesim sanaladi.
A) 3,4 B) 1,3 C) 1,2 D) 2,4
13. Xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning otasi “Qizimga Ko’kqamish ko’lida qo’y sog’dirib, chorvachilik ilmini o’rgatayin, qo’y sog’moqqa usta bo’lsin”, - deb uni maktabdan chiqarib oladi?
A) Xolbeka B) Gulanor C) Oybarchin D) Zulxumor
14. Qaysi so’zlar qatorida boshqalari bilan o’zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so’z ishtirok etgan?
A) erka, tantiq, epchil B) yanglishmoq, xato qilmoq, adashmoq C) vaziyat, holat, sharoit D) yaxshi, durust, tuzuk
15. Qaysi gapda egalik qo’shimchalari qo’shilishi natijasida so’zlar imlosida tovush tushishi va ortishi hodisasi ro’y bergan?
A) Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagini oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, ko’kdagini undirar. B) Qalb qiynog’I og’ir bo’ladi, ko’nglingizni ezib qo’yadi, shuning uchun pushaymon bo’ladigan ishlarga yo’l qo’ymang. C) Ikkala qiz ham og’zini ochmay jim o’tirishar, bunisi ham, unisi ham miq etmasdi. D) Buningiz institutni bitiradi-ya, kelajagi haqida ham bir o’ylab ko’ring, hadeb erkalatmasdan.
16. Filni bir xonada qamab, umrida ko’rmagan kishilarga ko’rsatishdi. Xona qop-qorong’i bo’lib, nafas olishidan u yerda bir maxluq borligi zo’rg’a bilinar edi. Kishilar avval filni paypaslab ko’rishdi va so’ngra o’z tasavvurlarini bayon qilishdi. Xartumini ushlagani filni yo’g’on arqonga, qulog’ini ushlagani yelpig’ichga, oyoqlarini ushlagani ustunga, qornini ushlagani qoyaga o’xshatdi. Shunday qilib har bir kishi filni o’zi paypaslagan narsasidektasavvur qildi. Ushbu matnda ravish turkumiga oid nechta so’z bor?
A) 5 B) 4 C) 3 D) 2
17. Yuqoridagi matnga mos g’oya berilgan qatorni toping.
A) Hamma o’z qarichi bilan o’lchaydi B) Biror narsani faqat bir tomonlama tushunishga va baholashga urinish insonni bir xil xatolar qilishga sabab bo’ladi. C) Ojiz odamlarning ahvoli doimo shunday bo’ladi. D) O’qimaganning holiga voy.
18. O’qi va sev uning nomi yosh O’zbekiston deya yosh avlodni ilm olishga, Vatanni sevishga chorlagan adib kim?
A) A.Oripov B) Oybek C) G”.G’ulom D) Sh.Rahmon
19. “Bayron”, “Manfred” asarlarini kim tarjima qilgan?
A) M.Osim B) A.Muxtor C) R.Parfi D) N.Komil
20. “Yulduzli tunlar” romanida Navoiyning qaysi g’azali keltiriladi?
A) “Kelmadi” B) “Qilg’il” C) “Jonga chu dermen..” D) “Qoshi yosinmu deyin”
21. Qaysi asarda yomon ko’zdan asrasin deb farzandining kiyimlariga tumor va ko’zmunchoqlar taqib qo’yadigan, sultonimga atab kokil qo’ygan ona obrazi berilgan?
A)“Yulduzli tunlar” B)“Oq kema” C)“Temir xotin” D)”Qorako’z majnun”
22. Qaysi javobdagi birlik nutqimizda so’z birikmasi sifatida qo’llana oladi?
A) uyga qadar B)yaxshi ko’rmoq C)ruxsat bermoq D) rasm chiroyli
23. Ijodkor o’zbek adabiyotida birinchilardan bo’lib dramatic asar yozdi va u asarida “O’qimagan bolaning holi”ni, ilmsizlik, tarbiyasizlikning ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi.
Ushbu ma’lumot qaysi adibning iijodiy faoliyati haqida?
A) A.Avloniy B) A.Qahhor C) Hamza D) Behbudiy
24. Qaysi javobda yuklamalarning ikki ma’no turi qo’llangan?
A) Qarshiligi shundoq ham ko’rinib turibdi-ku, axir bu qarshilik-ku? B) Siz-ku hamma gapni ham o’zingizga olavermaysiz. C) Xuddi so’z kabi gapning ham turi va xili ko’p. D)Do’stim, bu gaplar faqat kitoblardagina bor, xolos, hayotda boshqa.
Download 21,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish