Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar



Download 45,6 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi45,6 Kb.
#459253
Bog'liq
Furqat


Furqatning “Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar” g‘aza-
li – tabiat lirikasining namunasi. Unda ko‘klam kelishi bilan tabiat-
da ro‘y berayotgan go‘zal o‘zgarishlarni g‘oyat sinchiklab kuzatgan 
shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Birinchi baytda shoir bahor 
kelib, zimistonlar ketgan ekan, do‘stlarini g‘animat bu damlarda gulis-
tonlarda sayr etishga chaqiradi.
Mumtoz adabiyotda uzoq intiq kutib, orzuga yetgan damlar-
dan oldingi intizorlik davrini qorong‘ulik sifatida tasvirlash o‘ziga xos 
an’ana. Masalan, Navoiy Farhodning tug‘ilishini “Shabistonida tug‘di 
bir yangi oy” deb tasvirlaydi. Misrada “shabiston” so‘zi xoqonning 
o‘g‘il ko‘rguncha bo‘lgan davrdagi farzandsizlik hasratida o‘tkazgan 
yillarni ifodalaydi. Ogahiy bahor kelgunga qadar hukm surgan azobli 
qish kunlarini soyaga mengzaydi: “Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z”. 
Shuning uchun ham shoir o‘tkinchi umrni go‘zallik qo‘ynida ezgu-
lik 
bilan kechirishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o‘tkinchi – 
1
Nastaran – gul turi; 
2
Yosuman (jasmin) – gul turi; 
3
Biyobon – dasht, cho‘l; 
4
Giribon – 
yoqa;
5
Savsan – gulsafsar, qo‘g‘agul.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz

117
“g‘ani mat”. Matladan so‘ng shoir o‘zini muvozanatdan chiqargan, ha-


yajonga solgan ko‘klam manzarasini chizishga tutinadi. Ko‘z ol dingiz -
da dilbar bahor tongining latif manzarasi namoyon bo‘ladi: subhiy 
shabnamlardan ko‘m-ko‘k maysalarning yashnab turishi, bahor buluti 
onda-sonda tashlab turgan tomchilar va Yaratganning san’atiga lol-u 
qoyil oshufta ko‘ngil... O‘zbek tilining ifoda imkoniyatlaridan mahorat 
bilan foydalangan shoir shunchaki axborot berib qolmay, g‘azalxonda 
kuchli his-tuyg‘u uyg‘otishga erishadi: 
Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, 
Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar.
Furqat ko‘klam manzarasini o‘z holicha tasvirlamaydi, uni jon-
lantiradi. U atrofdagi har bir unsurni – masalan, nastaran, yosuman 
va nargis gullarini dilga yaqin kishiga munosabati nuqtayi nazari-
dan tasvirlaydi. Ularda “yoronlar”, ya’ni yor-jo‘ralarga intizorlik, intiq-
lik ko‘radi. Kishi ko‘zini quvontirayotgan bahoriy ko‘katlar shunchaki 
go‘zal emas, balki yaqinlarni kutib olishga hozirlik ko‘rayotganligi sa-
bab go‘zaldir: 
Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, 
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar. 
Ko‘klamning eng sara chechaklari sara odamlar – yoronlarni 
kutib olishga hozirlik ko‘rishadi. Furqat tabiatni tinimsiz harakatda 
ko‘rsatadi. Ko‘klam manzarasi, undagi o‘zgarishlarni, almashinishlarni 
jonli tasvirlaydi:
Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga, 
Tog‘lar chekibon larza, titradi biyobonlar.
Tabiat go‘zalligiga oshufta lirik qahramon uyg‘oq bir saharda 
chaqmoq chaqdi – butun olamga o‘t tutashganday bo‘ldi. Ketidan 
momaqaldiroq gumburlab tog‘lar larzaga keldi, biyobonlarni titratib 
yubordi. Shoir jonlantirish orqali g‘oyat go‘zal lavha yaratgan. 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz

118
She’rning beshinchi baytida qo‘llangan taqlidiy so‘zlar g‘azal 
musiqiyligini oshirgan, oldingi misralarni kuchaytirishga, yangi tafsilot-
lar bilan mustahkamlashga xizmat qilgan. Unda jonli narsalar holati 
tilga olinadi. Furqatdan oldin o‘rganilgan siymo – Ogahiyning ishqiy 
g‘azallari tahlilida ko‘rildiki, maqtadan oldingi ikki bayt ijtimoiy, falsafiy 
mazmun kasb etardi. Sakkiz baytli mazkur she’rda ham oltinchi bayt-
dan g‘azalga ijtimoiy ma’no kirib kela boshlaydi:
Bulbul o‘qug‘och yig‘lab, subhidam xazon faslin,
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.
Baytda g‘unchaning gul bo‘lib ochilishi jarayoni husni ta’lil 
san’ati vositasida o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Husni ta’lil biror tas-
vir yoki holatni unga, umuman, aloqasi yo‘q boshqa narsa bilan da-
lillash, yolg‘on bo‘lsa-da, chiroyli sabab keltirish. Ko‘klamning shun-
doq farahli ertasida bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, u qo‘ngan 
gulning g‘unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz joyidan yirtib yuboradi. 
Yoqasi yirtilgan g‘uncha yozilib ketadi, ya’ni ochiladi (Aslida g‘uncha-
ning yozilishi bulbulning nolasiga aloqasi yo‘q edi). Nima uchun bul-
bul subhidamda xazon faslini eslaydi? Buning sababi yettinchi baytda 
ochiladi. Chunki dunyodan vafo ahli kechganlar. Xalqimizdagi aza-
dorlarning ko‘k kiyish udumidan shoir bu baytda unumli foydalangan. 
G‘azalning maqtasida shoirning vafo ahlining nohaq ranjitilishiga, 
qadr topmaganligiga kuyinchak munosabati aks etadi: 
Kuymasun bu savdodan ne uchun dimog‘imkim, 
Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar. 
Albatta, adolatparvar shoir donolarning g‘ussa chekib, no-
donlarning shod yashashidan ozorlanadi va buni murakkab ramzlar 
vositasida jozibali ifodalaydi. Shoir o‘z davri uchun g‘oyat dolzarb 
bo‘lgan adolat va ma’rifat muammolarini faqat faslning go‘zalligini 
kuylashga bag‘ishlanganday tuyuluvchi she’rning zamiriga ustalik bi-
lan singdirib yuborgan. 

Download 45,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish