Qovunchi madaniyati – Sirdaryoning o‘rta havzalarida (Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston) miloddan avvalgi II asr milodiy VI asrlarga oid arxeologik madaniyat. Uni ilk bor arxeolog G.V.Grigorev 1934-1937-yillarda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri hududida joylashgan Qovunchitepa yodgorligidan topilgani uchun shunday nom berganlar. Toshkentning chorvador va o‘troq aholisi qorishuvidan hosil bo‘lgan madaniyat. Milodiy eraning II-III asrlaridan boshlab Qovunchi madaniyati shimoliy Farg‘ona va uning ichki tumanlarigacha, Qadimgi Xorazm va Zarafshon vodiysiga, IV–V asrlarda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarigacha kirib boradi. Bu tarixiy manzara ilk o‘rta asrlar davri arxeologik komplekslarida yaxshi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |