Qadimgi Xorazm yozuvi – oromiy yozuviga asoslangan. Yozuvning dastlabki namunasi Qoraqalpog‘istondagi Katta Oybuyirqal’a yodgorligidan topilgan. U mil. avv. V-IV asrlarga oid. Yozuv katta xum sirtiga qizil rang bilan yozilgan. Uni arxeolog M.M.Mambetullaev topgan va lingvist V.A.Livshis tahlil qilgan. Olim uni oromiy yozuviga asoslangan Xorazm yozuvi ekanligini asoslagan. Yozuv lotin yozuvida quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan:
mrys (mry) XI h III III III, ya’ni 11 mari 9–x.
Bu xumning sig‘imini bildirgan. Hajm o‘lchovi “mari” Eron, Parfiya, Misr va old Osiyoda keng qo‘llanilgan. Lekin ularning miqdori turlicha belgilangan. Xorazmda 1 mari 16,5 yoki 17 litr bo‘lgan. Xumga 200 litrga yaqin suyuklik siqqan. Xum qayta ta’mirlangach, unga 195,5 litr suyuklik solingan.
Shu davrlarga oid yozuv namunalari Xumbuztepa yodgorligidan ham topilgan. Yodgorlik Hazorasp shahridan 17 km sharqda, Amudaryoning chap sohilida joylashgan. Yozuv ostrak (sopol bo‘lagi)ga yozilgan. Ostrak oq angobga bo‘yalgan bo‘lib, yozuv uning ichki va tashqi qismiga yozilgan. Ostrakning uzunligi – 6,3 sm, kengligi – 5,5 sm, qalinligi – 1,2 sm bo‘lgan. Tadqiqotchilar bu sopol idishni mil. avv. IV-II asrlarga oid deb ko‘rsatishgan. Yozuv ostrakning tashqi qismida olti qator, ichki qismida 3 qator yozilgan, lekin ko‘p harflar o‘chib ketgan. Tadqiqotchilar saqlanib qolgan harflarni o‘qishgan va yozuvni quyidagicha tiklaganlar:
Ostrakning tashqi qismi:
Ostrakda yozilishi
|
O‘qilishi
|
(x+?) (1)] xšv (m?)[
(2) ] (.) wpn 10[
(3) ] h XX sy[
(4) ] h X xwzynk (.) [
(5) ] (n) III III III [
(6) ] (x) rw (t) k m[
|
(1) ]Xshum [ ] ʼ
(2) ] upan 10 [
(3) ʻ]…20,..[ ʼ
(4)ʻ]..10, xvazenak (?). [ ʼ
(5) ʻ]9 [ ʼ
(6) ] Xrutak birgalikda [
|
ko‘rinishida bo‘lib, u quyidagicha o‘qilgan:
“... [ olib kelindi?]: ... Xshum..., ... upan –10 ; ...–20; Se... ,... –10; Xvazenak..., ...–9; Xrutak birgalikda... .”
Ichki tomoni:
Ostrakda yozilishi
|
O‘qilishi
|
(x?+1) (1)] I C XX XX XX XX (.)[
(2) mʼk IIII sx (.)
(3)] (k?) III twrk III [
|
(1) ʻ]180… [ʼ
(2) (mak–3), Sax [ ]ʼ
(3)] 3 Turak–3[ʼ
|
ko‘rinishida bo‘lib, u quyidagicha o‘qilgan:
“... 180...; ... mak–3; Sax...;... –3; Turak–3...”.
Lingvist V.A.Livshich ostrakda 4 ta ism – Xshum, Xrutak, Xvazenak, Turak yozilganligini qayd qilib, ularning ma’nosini tahlil qilgan. “Xshum” – xorazmliklar e’tiqod qiladigan xudoning nomi, “Xrutak” – “yaxshi qurolga ega bo‘lgan” degan ma’noda, “Xvazenak” – “yaxshi joyga ega bo‘lgan” degan ma’noni anglatgan, “Turak”ni – “tur(turan)” so‘zi bilan bog‘laydi. Ostrakdagi “h” harfi – o‘lchov birligining birinchi harfi bo‘lib, Nisa va Qo‘shtepa yodgorliklaridan topilgan ostraklardagi “hin” o‘chov birligi deb taxmin qilingan, u uning o‘lchov birligi bo‘lgan. Ostrakning oltinchi qatoridagi “(x) rw (t) k m” yozuvini “Xrutak (olib keldi yoki oldi)....(un o‘lchovi) yirik maydalangan” – degan ma’noni bergan. Demak, ostrakda Xumbuztepaga olib kelingan yoki olib ketilgan un miqdori, sifati, uni olib kelgan yoki olib ketgan odamlar haqida ma’lumot yozilgan.
Xumbuztepadan topilgan bu yozuv o‘ziga xos xo‘jalik hujjati bo‘lgan. Bu hujjat misolida biz Xumbuztepaga olib kelingan yoki olib ketilgan narsalar hisob-kitob qilinib borilganligini va bu jarayonda kimlar ishtirok etganligini, olingan yoki olib kelingan narsalar miqdori aniq berilib, mahsulot sifati ham qayd qilib borilgan, degan xulosa berishimiz mumkin.
Qadimgi Xorazmning Burliqal’a (mil. avv IV-III asrlar), Qo‘yqirilgan qal’a (mil. avv IV-III asrlar), G‘ovur–3, Qalali–3, Ayozqal’a, Qal’aliqir–2 (mil. avv. III-II asrlar), Tuproqqal’a (milodiy II-III asrlar) kabi yodgorliklaridan suyakka, sopol parchalariga, teriga yozilgan yozuvlar topilgan. Burliqal’adan topilgan yozuv tuyaning bosh chanog‘iga yozilganligi bilan ajralib turadi. Yozuvni arxeolog Y.P.Manilov topgan. Tuyaning bosh chanog‘iga qora rang bilan 10 qatorda ismlar yozilgan: Dahakinak (Daxlar qilichi), Asnivarnik (Asniga e’tiqod qiluvchi), Yastzenak (qurol bilan himoyalangan), Asbayak (da’vat qiluvchi), Xtumk (etimologiyasi noma’lum), Kanishtak (kichkina), Vayxay (xudodan nasibasiga ega bo‘lgan), Xshumanak (Xshum xudosining nazariga tushgan), Dyonik (dindor), Tovyavak (kuchli chorvaga ega). Lingvist V.A.Livshichning tahliliga ko‘ra, bu yozuvlar oromiy yozuvidan farq qilgan va uni qadimgi Xorazm yozuvi deb ko‘rsatgan.
Qo‘yqirilgan qal’adan oromiy xatiga asoslangan qadimgi Xorazm yozuvi topilgan. Yozuv qisqagina bo‘lib, u xumning tepa qismiga “aspabarak”, ya’ni “otda ketayotgan”, yoki “ot minib turgan” ma’noni anglatadi.
Qir – ohak, qamish kuli va qipig‘idan tayyorlangan maxsus suv o‘tkazmaydigan qorishma. Qir qorishmasi, asosan, sardobalardagi g‘ishtlarni terishda ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |