Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti arxeologiyadan izohli lug



Download 250,44 Kb.
bet31/51
Sana28.01.2022
Hajmi250,44 Kb.
#414871
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Bog'liq
Arxeologiyadan izohli lugʻat

Oqshaxonqal’a Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani hududida, Sultonvays tog‘ tizmalaridan 15 km janubda joylashgan. Bu yerda 1995-yildan beri “Qoraqalpog‘iston–Avstraliya” xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Oqchaxonqal’aning umumiy maydoni 56 gektarni tashkil etib, ichki va tashqi qal’adan iborat. Ichki va tashqi qal’alarning har biri alohida mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Har bir qal’aning mudofaasiga alohida e’tibor qaratilgan. Pastki qal’a kvadrat shaklga ega bo‘lib, xandaq va proteyxizma bilan mudofaalangan. Qal’a atrofi ikki qator mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Tashqi mudofaa devor qalinligi – 1,7 m, ikkinchi devor qalinligi – 2,1 m. Otish yo‘lagining kengligi – 2,3 m. Qal’a burchaklarida kvadrat, devor bo‘ylab to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi burjlar har 23-30 metrdan qo‘yilgan. Shaxmat tarzda nayzasimon shinaklar qo‘yilgan. Pastki shaharning shimoliy qismida yuqori shahar qurilgan. U ham ikki qator mudofaa devori bilan himoyalangan. Tashqi devor qalinligi 2,60 m, ikkinchi devor 2,50 m bo‘lib, devorlar oralig‘idagi yo‘lakning eni 3 metrni tashkil qilgan. Yuqori shaharning mudofaa devori 3 qavatli qilib qurilgan, yuqori qavati ochiq bo‘lgan. Yuqori shahar proteyxizma bilan ham himoyalangan. Uning to‘rtta darvozasi bo‘lib, ular har tomonning markaziy qismida joylashgan. Kirish darvozalari adashtirma yo‘l va burjlar bilan himoyalangan. Pastki shaharning mudofaa devori tadqiqotchilar fikricha, milodiy I asrlarda, ya’ni Xorazm davlati qayta mustaqillikni qo‘lga kiritgan davrda qurilgan.
Ichki qal’aning markazida baland otashkada qurilgan, unga pandus orqali chiqilgan. U yerda mangu olov yonib turgan. Ichki qal’aning shimoli-g‘arbiy qismida saroy – ibodatxona joylashgan. Ibodatxonadan o‘tgan yo‘lak devorlariga devoriy suratlar chizilgan. Tadqiqotchilar, bu yo‘lakning umumiy uzunligi 240 m ekanligini qayd qiladi. Bugungi kungacha uning 60 metrida tadqiqot ishlari olib borilgan. 2005-2008-yillardagi arxeologik tadqiqotlar natijasida, shimoliy yo‘lakdan 30 nafar kishining portretlari topilgan. Suratlar yaxshi saqlanmagan. Ular devordan sidirib tashlangan va yerda uyum holatida to‘plangan. Bugungi kunda tadqiqotchilar shu “uyum”larni va devorda saqlanib qolgan rasmlarni tadqiq qilishmoqda. Qiziqarlisi shuki, devorda qadimgi Xorazm yozuvi ham topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu ism bo‘lishi mumkin. Lekin hozirgacha uning matni e’lon qilinmagan. Portretlarda qush tasviridagi toj kiygan Xorazm hukmdorlari aks ettirilgan. Har bir portretga individual yondoshgan holda chizilgan. Shuningdek, suratlardagi tasvirlar soqolsiz, ko‘plarining boshida toj bo‘lib, ensa qismida diadema bilan tarang bog‘langan. Tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan radiokarbon analizi natijasida suratlar mil. avv. II asrning oxiri I asrning boshlariga oid ekanligi aniqlangan. Devoriy suratlar 6 metr balandlikdagi devorlarga ishlangan. Ularda hayvonlar, qushlar, bog‘lar va xudolarning tasvirlari ham aks ettirilgan.

Download 250,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish