O
Oyxonim – Janubiy Baqtriya hududidagi yunon shaharlari orasida eng rivojlangan shahar bo‘lgan. U Ko‘kcha daryosining Amudaryoga quyilgan joyida qurilgan. Oyxonumda P.Bernar boshchiligida fransuz arxeologlari tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shaharga Salavka I davrida, mil. avv. 300-yillarda asos solingan. Mil. avv. 145-yilda ko‘chmanchilar hujumi davrida vayron qilingan. Shahar Baqtriyadan Badaxshonga o‘tish yo‘lida muhim nazorat joyi bo‘lgan. Shahar yuqori va quyi qismlarga bo‘lingan. Yuqori shahar 60 m balandlikdagi tabiiy tepalik ustiga qurilgan. Shahar 7-8 metr qalinlikdagi xom g‘ishtdan qurilgan devor va to‘g‘ri to‘rtburchakli minora va chuqur xandaq bilan mudofaalangan. Shahar ichkarisida saroy, arsenal, teatr, gimnasiy, geroon, ibodatxonalar, aholi turar joylari bo‘lgan. Oyxonimning qurilishida mahalliy me’moriy uslublardan keng foydalanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |