Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti arxeologiyadan izohli lug



Download 250,44 Kb.
bet26/51
Sana28.01.2022
Hajmi250,44 Kb.
#414871
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
Arxeologiyadan izohli lugʻat

M
Madaniy qatlam – insonlarning kundalik xo‘jalik faoliyati izlari saqlanib qolgan tuproq qatlamiga aytiladi. Madaniy qatlamlar ma’lum bir joyda odamlarning qancha vaqt yashaganligi bilan bog‘liq holda bitta yoki bir nechta va qalinligi ham bir necha santimetrdan 30-35 metrgacha bo‘lishi mumkin.
Mayolika – italyancha so‘z bo‘lib, “Maiolica” so‘zidan olingan. Bunga ko‘ra, sopol sirtiga sir beriladi, so‘ng xumdonda pishirilib, ustidan naqshlar bilan bezatiladi. Mayolika qadimgi sharq davlatlarida keng tarqalgan. U bilan ruslar XI asrdan, Yevropada esa XIV asrdan tanish bo‘lishgan.
Massagetlar – “Massaget” so‘zi “maza–geta” – “ulug‘ getlar” yoki “mas–saka–ta” – “katta saklar to‘dasi” degan ma’nonini beradi. Massagetlar ittifoqi mil. avv. VII-V asrlarda tashkil topgan. Unga bir necha sak qabilalari kirgan. Massagetlar ittifoqiga kiruvchi qabilalar S.P.Tolstov tomonidan tadqiq qilingan. Uning asarida ular quyidagicha berilgan: Apasiaklar (pasiki, abiq, skiflar, saka–tiay–tara–darayya) – Sariqamish va Jonidaryo hududlarda yashagan. Derbeklar – Chorjo‘y va Buxoro hududlarida, toharlar (daglar, dahlar, dailar) Atrek daryosi havzasidagi Quvondaryo bo‘ylarida yashab, keyinchalik Dog‘istonga ko‘chganlar. Asiylar (yatiy, asian, yaksartlar) Sirdaryoning o‘rta oqimida, qisman Yettisuvda yashaganlar. Augasiylar (augallar, attasiylar) Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar. Mil. avv. III asrda Sirdaryoning o‘rta havzalarida yarim ko‘chmanchi va yarim o‘troq Qang‘ davlatini tashkil qilganlar. O‘rta Osiyoning shimolida, Sirdaryoning o‘rta va quyi havzalari, Yettisuvdan to shimoli-g‘arbiy O‘rolgacha cho‘zilgan keng mintaqada yarim o‘troq, yarim ko‘chmanchi Kangkia (Qang‘) davlatini tashkil topgan. Uning ta’sir doirasi milodiy eraning boshlarida Sug‘diyonaning to Amudaryogacha bo‘lgan hududlariga borib yetgan
Meshekli yodgorligi janubiy Xorazmning Tuyamo‘yin havzalaridan topilgan. Bu yodgorliklar saklarga oid qabrlardir. Qabrlardan topilgan inventarlar va kamon nayza uchlari asosida tadqiqotchilar yodgorlikni mil. avv. VIII-V asrlarga oid deb ko‘rsatadilar.
Meshekli mozor-qo‘rg‘onlarining ustki qismi toshlar bilan qoplangan. Ularning balandligi 150 sm, diametri 15 m ni tashkil qiladi. Qo‘rg‘onlar 3-7tagacha guruh qilib qurilgan. Guruhlar bir-biridan 1-3 km uzoqlikda joylashgan. Bunday qo‘rg‘onlar Meshekli qo‘ltig‘idan shimol va janubga qarab 10 km gacha cho‘zilgan. Qo‘rg‘onlar atrofidan bronza, ilk temir, arxaik, antik va o‘rta asrlarga oid sopol buyumlarining parchalari topilgan. To‘rtinchi guruhga oid 3-mozor-qo‘rg‘on o‘ziga xos tarzda qurilgan. U doirasimon tarzda qurilib, atrofi yirik toshlar bilan o‘rab chiqilgan. Diametri 8 m. Doiraning ichki tomoni yog‘och o‘ralar mustahkamlangan. Markazida to‘g‘ri to‘rtburchakli qabr o‘rasi bo‘lgan. Uning eni 300x160, chuqurligi 90 sm ni tashkil qilgan. O‘raning shimoliy qismida poldan 50 sm tepalikda tokcha qazilgan. Tokchadan insonning tozalangan suyak qoldiqlari topilgan. Bitta suyakda g‘ajilgan izlar ham aniqlangan. Mozor-qo‘rg‘on ichida, o‘ralarining atrofida ko‘p miqdorda sochilgan pista ko‘mir topilgan. Ostidan mayda shoxli hayvonlarning suyak qoldiqlari, sal teparoqda otning suyak qoldiqlari topilgan. Bu yerdan mil. avv. V asrga oid ko‘zasimon qizil angobli charxda ishlangan sopol idish topilgan. Bu guruhdagi 2 qurilma ham mazkur mozo-qo‘rg‘onga o‘xshab qurilgan, lekin unda o‘ra va suyak qoldiqlari topilmagan. Meshekli yodgorligining o‘ziga xosligini e’tiborga olib, S.R.Baratov avtoxton xususiyatga ega bo‘lgan chorvador aholi tomonidan yaratilgan degan fikrni bildirgan.

Download 250,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish