1. Qadimgi Sharqda ilk arxivlarning paydo boʻlishi va
rivojlanishi
Qadimgi Sharq deganda Shimoli-Sharqiy Afrika, Old Osiyo, Janubiy
va Sharqiy Osiyoning juda keng hududlari tushuniladi. Qadimgi Sharq
davlatlari tarixini oʻrganish bizga insoniyat tarixidagi eng muhim
muammolardan birini
– urugʻchilik tuzumining yemirilishi, uning
xarobalari ustida eng qadimgi quldorlik davlatining vujudga kelishi va
uning dastlabki taraqqiyoti masalasini tekshirishga imkon beradi. Gʻarbda
Misrdan tortib sharqda to Tinch okeangacha choʻzilgan juda keng territoriyada qadimgi zamonlarda yashagan xalqlarning hayotini oʻrganib, juda koʻp yozma manbalar va moddiy madaniyat yodgorliklari asosida qulchilikning eng qadimgi shakllari qanday qilib vujudga kelganligini koʻzdan kechirish
mumkin. Ijtimoiy shakllar taraqqiyotining bu jarayoni qadimgi Sharqda
juda sekinlik bilan borgan. Faqat Nil, Dajla (Tigr), Frot (Yevfrat),
Hind, Gang va Xuanxe daryolarining unumdor vodiylaridagi qulay tabiiy
sharoitlar eramizdan avvalgi toʻrtinchi ming yillikdayoq sunʼiy sugʻorish
asosida dehqonchilikning rivojlanishiga yordam bergan.
Mil.avv. III ming yillik oʻrtalarida shumerliklar mixxat yozuviga asos
soldilar. Keyinchalik bu yozuvdan, ayrim oʻzgartirishlar bilan, Xett,
Ossuriya, Bobil, Finikiya, Urartu va boshqa qadimgi Sharq davlatlarida
qoʻllanilgan. Mil.avv. XVIII asrda tuzilgan dastlabki mixxat darsliklar
ming yildan koʻp vaqt davomida deyarli oʻzgarishsiz koʻchirilgan. Mana
shunday mixxat yozuvli darsliklar Nineviyadagi Ashshurbanipalkutubxonasidan topilgan1.
Qadimgi yozuvlar turli joylarga va materiallarga bitilgan: qoyalarga,
tosh plitalarga, daraxt poʻstlogʻlariga, palma barglariga, loy taxtachalarga,
metall taxtachalarga, Misrda papirusga va pergamentga. Pergament to X
asrgacha, yaʼni Yevropa qogʻoz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyguncha asosiy yozuv
materiali boʻlgan2.
1 http://www.library.ru/3/event/history/anc_east.php
2 http://www.library.ru/3/event/history/anc_east.php
Odatda mixxat yozuvlari tushurilgan loy taxtachalarni yigʻish
“kutubxona” deb atalgan. Taxminan mil.avv. 2500 yilda Nippur shahrida
shumerlarning ibodatxonasidan topilgan loy taxtachalardan iborat toʻplam
dunyodagi dastlabki kutubxona sifatida eʼtirof etiladi. Mil.avv. VII asrda
Ossuriya podshosi Ashshurbanipal saroyi (Nippur shahri)dan topilgan loy
taxtachalarga mixxat yozuvida yozilgan hujjatlar Qadimgi Sharqning eng
qadimgi va mashhur kutubxonasi hisoblanadi. Bu yerda saqlangan loy
taxtachalarning asosiy qismi huquqiy hujjatlardan iborat edi3.
Hozirgi Iroq hududida joylashgan Shumer davlatida kutubxonalar 50
asr oldin mavjud edi. Arxeologlar qadimgi shaharlar qoldiqlarida
qazishmalar olib borganlarida minglab mixxat yozuvida bitilgan
taxtachalarni topganlar. Taxtachalar tol novdasidan yasalgan savatchalarda
saqlangan. Har bir savatcha bogʻlanib, unga yozuvli yorliq (etiketka)
yopishtirilgan edi. Yorliqlardagi yozuvlarga qaraganda, adabiy matnlar,
davlat, diniy-marosimiy va xoʻjalikka oid hujjatlar, matematika va
qishloq xoʻjaligiga oid ishlar, xaritalar, dori tayyorlash boʻyicha usullar
(retsept) edi. Qadimgi Sharqda mashhur boʻlgan Gilgamesh dostonining
saqlanib qolgan ayrim qismlari ham topilgan.
Qadimgi dunyoda kutubxona tashkil qilishning asosiy usuli
hujjatlardan nusxa koʻchirish edi. Ashshurbanipal Mesopotamiya
shaharlariga tajribali mirzalar (nusxa koʻchiruvchilar)ni joʻnatib, ularga
qimmatbaho kitoblarni topishni va ulardan nusxa olishni buyurgan. Qisqa
vaqt ichida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan bilim sohalari boʻyicha oʻn minglab
matnlar toʻplangan. Kutubxonada eng koʻp soʻraladigan kitoblar (yoki sohalar
boʻyicha matnlar) bir necha nusxalarda boʻlar edi. Nusxalar hafsala bilan va
ongli ravishda koʻchirilar edi. Koʻpgina taxtachalarda “qadimgi aslidan
koʻchirilgan va solishtirilgan” deb yozilgan, ayrim hollarda mirzaning ismi
ham yozilardi. Oʻqishning iloji boʻlmagan soʻzlar oʻrniga “oʻchirilgan”,
“bilmayman” yozib qoʻyilar edi. Eng qadimgi matnlarni koʻchirishda eskirgan
belgilar (harflar)ni yangisi bilan almashtirilardi, ayrim hollarda juda
katta matnlar qisqartirilar edi.
Nineviya shahrini bosqinchilar yoqib yuborgan, shahar qoldiqlari esa
qum ostida qolib ketgan edi. XIX asr oʻrtalarida ingliz arxeologlari yongan
saroylar, ibodatxonalar qoldiqlarida qazishma ishlari jarayonida
kutubxona ham topishgan. Loy taxtachalarning birida: “kim bu taxtachalarni
olib ketsa, Ashpur va Belit qahriga uchrasin, uning nomi va uning barcha
avlodlarining nomi bu yurtda mangu oʻchsin” – deb yozilgan edi. Ammo shunga
qaramay, mazkur mixxatlar Londonga joʻnatilgan. Har bir kitobda “mening
saltanatimdagi yozuvchilar asarlarini izlab topish uchun, unga xudo Natu va
iloha Gaslista sezgir quloq va oʻtkir koʻz ato etgan shohlar shohi
Ashshurbanipal saroyi”, deb yozilgan tamgʻa bor edi.
Taxtachalar maxsus sopol koʻzalarda saqlangan. Kutubxonada katalog
yuritilgan: maxsus taxtacha (tablichka)da asarning nomi, asar saqlanayotgan
3 https://ru.wikipedia.org/wiki/ Biblioteka#Znamenitыye_v_istorii_biblioteki
xona va tokcha koʻrsatilgan. Tokchalarga bilim sohalari yozilgan yorliq
(etiketka) yopishtirilgan. Bu katalog koʻplab mamlakatlarning olimlari
bilan hamkorlikda tiklangan va XIX asrda besh tomda nashr qilingan. Boʻlim
(rubrika)lar taxminan quyidagicha belgilangan: grammatika, tarix, huquq,
urf-odatlar, tabiat haqida bilimlar, geografiya, matematika, astronomiya,
sehrgarlik, din, afsona va rivoyatlar4. Keyinchalik hujjatlar bitilgan loy
taxtachalarni namlikdan himoya qilish maqsadida mum surtilgan quti va
savatchalarda saqlangan. Savatchalarga hujjatlarning mazmuni va davri
koʻrsatilgan yorliqlar yopishtirilgan edi. Ur shahrining mil.avv. XIX asrga
oid ibodatxona arxivi maxsus binoda joylashgan boʻlib, hujjatlar yogʻoch
tokchalarga joylashtirilgan edi.
Arxeologlar tomonidan Mari podsholigi saroyidan mil.avv. XVIII
asrga oid katta arxiv topilgan. Urukda ikkita xonada mil.avv. VIII–VI
asrlarga oid 3500 ga yaqin xoʻjalik hisobotlari hujjatlari topilgan.
Bobil podsholigida kutubxonalar ibodatxonalar, saroylar,maktablar
qoshida tashkil etilgan. Arxeologlar Qadimgi Sharq davlatlarining
birortasidan bu podsholik shaharlaridagichalik huquqiy hujjatlar
topmaganlar. Topilmalar orasida podsho Xammurapi (mil.avv. 1792–1750
yy.) qonunlari toʻplami alohida oʻrin tutadi.
Qadimgi Misrda kutubxonalar mil.avv. II ming yillikda gullab-
yashnagan. Kutubxonalar butun mamlakat boʻylab saroy va ibodatxonalarda
hamda misrliklarning oʻziga xos maʼnaviy hayot markazlari – “hayot uyi”5lar
da joylashgan edi. Yozuvda papirusdan foydalanishgan. Kitoblar quti va
sopol koʻzalarda yoki maxsus giloflarda saqlangan. Kitob saqlanadigan
xonalar devorlariga oʻyib yozilgan bir nechta kataloglar hozirgacha yetib
kelgan. Bu yerda diniy asarlar, ertaklar, taʼbirnoma (tush taʼbirlari
yozilgan kitob), matematikaga oid matnlar, navigatsiya, irrigatsiya,
astronomiya, munajjimlik kataloglari mavjud edi. Kutubxonalar
donishmandlik oʻchogʻi hisoblangan. Firʼavn Ramzes II tomonidan qurilgan
mashhur Ramesseum ibodatxonasi peshtoqiga “qalb uchun dorixona” deb yozib
qoʻyilgan edi. Ibodatxona kutubxonalari bir vaqtning oʻzida maktab
vazifasini ham oʻtagan; eng yaxshi klassik matnlar oʻquv materiali sifatida
xizmat qilgan, oʻquvchilar bu matnlarni daftarlariga koʻchirganligi sababli
ularning koʻpchiligi bizgacha yetib kelgan. Kitoblar saqlovchisi lavozimi
davlatniki edi va avloddan-avlodga meros boʻlib oʻtgan. Uning oʻrnini faqat
“oliy bilimlar” sohibigina egallashi mumkin edi6.
Bundan 3 ming yillar avval Xitoy hukmdorlari saroyida badiiy
asarlar va hujjat (arxiv)larni maxsus xizmatchilar boʻlgan. Lekin, Sin
Shuxiandi mil.avv. 221 yilda Xitoyni birlashtirgandan soʻng, faqat Sin
sulolasi tarixini yorituvchi hamda qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, folbinlikka
oid kitoblarnigina saqlab qolib, qolganlarini yoqishga buyruq bergan.
Yana yarim asrda koʻproq vaqt davomida keyingi Xan sulolasi imperatorlari
4 https://ru.wikipedia.org/wiki/ Biblioteka#Znamenitыye_v_istorii_biblioteki
5 Qarang: https://w.histrf.ru/articles/article/show/dom_zhi_zni.
6 http://www.library.ru/3/event/history/anc_east.php
ham kutubxonalar tashkil etishni man qilganlar. Imperator U Di maʼmuriy
lavozimlarga rahbar tayinlashda davlat imtihoni olish tizimini joriy
qildi va davlat kutubxonalarini taʼsis etdi. Mazkur kutubxonalar qoshida
koʻchirish va yoʻqolgan kitoblarni topish bilan shugʻullanuvchi kishilar paydo
boʻldi. Mil.avv. 26 yilda imperator Chen Di avval yashirilgan kitoblarni
izlab topish toʻgʻrisida farmon chiqardi. Maxsus tayinlangan kishilar butun
mamlakat boʻylab kitoblarni axtarishdi. Natijada Xitoy tarixida birinchi
marta dunyoda eng qadimgilardan biri hisoblangan katalog tuzildi7.
2. Mesopotamiya ( Shumer, Akkad, Bobil, Ossuriya) arxivlari
Mesopotamiya – Qadimgi dunyo sivilizatsiyasi markazlaridan biri
sifatida Qadimgi Misr bilan bir vaqtda mil.avv. 4 ming yillikda paydo
boʻldi va eramizning boshida yoʻq boʻlib ketdi. Turli davrlarda uning
tarkibiga Shumer shahar-davlatlari (Ur, Uruk, Lagash, Kish va b.), Akkad
davlati, Ur, Bobilning III sulola podsholigi hamda dunyoda birinchi imperiya
–Ossuriya kirgan. Mamlakatning asosiy aholisi – shumerlar va akkadlar
(ularning avlodlari boʻlgan bobilliklar va ossuriyaliklar) shumer tilida
va akkad tilining turli shevalarida gaplashgan. Bobilning ahamoniylar
davlati
tarkibiga
kirishi
(mil.avv.
539
y.)
bilan
Qadimgi
Mesopotamiyaning siyosiy mustaqilligi tugatildi. Mesopotamiya keyinchalik
Salavkiylar, Parfiya, Sosoniylar va boshqa davlatlarning tarkibida
boʻlgan. Hozirgi vaqtda Qadimgi Mesopotamiyaning asosiy qismi Iroq va
Suriya oʻrtasida boʻlingan.
Qadimgi Mesopotamiya arxivlar mamlakati edi. Davlatdagi eng
qadimgi arxivlar mil.avv. III ming yillikning birinchi choragiga oiddir. Bu
davrdagi arxivlar saqlanadigan binolar, koʻp holatlarda oddiy xonalardan
farq qilmagan8.
Mixxatlarning oʻqib chiqarilishi natijasida olimlar qadimgi
Mesopotamiya tarixi haqida juda qimmatli manbalarga ega boʻldilar.
Mixsimon yozuvlar Mesopotamiyadagi qadimgi xalqlarning xoʻjalik va
ijtimoiy tuzumini, siyosiy tarixi va madaniyatini ravshan qilib yoritadi.
Eng qadimgi Mesopotamiya iqtisodini oʻrganishda qadimgi Shumerdagi
turli shaharlarning arxivlaridan, Lagash, Umma, Ur, Larsa va boshqa
shaharlarning arxivlaridan topilgan xoʻjalik hisobotlariga oid
hujjatlar gʻoyat katta ahamiyatga ega. Bu hujjatlar orasida “ishchi kuchlari
bilan ish yurgizish” hisobotlaridan iborat keng toʻplamlar, qul savdosi
haqidagi shartnomalar, yer uchastkalari sotish toʻgʻrisidagi shartnomalar,
shuningdek, savdogarlarning daromad va xarajatlari, savdo ishlari va
preyskurantlar (mol va uning narx-navolari) haqidagi hisobotlar kabi
hisobot hujjatlari koʻproq diqqatga sazovor9.
Shumer
7 http://www.library.ru/3/event/history/anc_east.php
8 https://texts.news/istoriya-vostoka-books/vavilonii-viiiv-64588.html
9 Avdiyev V.I. Qadimgi Sharq tarixi. 1952. B. 20.
Janubiy Mesopotamiyada ham XIX asrning ikkinchi yarmida katta
qazishlar oʻtkazilgan. Arxeologlar bu yerda eramizdan avvalgi IV ming
yillik oxirlaridagi eng qadimgi Shumer shaharlarining xarobalarini
topgan. Ernest de Sarzeka boshchiligidagi fransuz arxeologlari 1877–1900
yillar davomida Tello (Girsu, Janubiy Mesopotamiya) shahrida qazuv
ishlari olib borganlar va shumer hukmdorlariga tegishli koʻplab yozuvlar va
mixxat hujjatlarini topganlar hamda 30000 dan ortiq mixxat yozuvli loy
taxtachalar mahalliy xazina izlovchilar tomonidan sotib yuborilganligi
aniqlangan10
. Ular Lagash xarobalaridan Shumer sanʼatining koʻpdan-koʻp
asarlarini hamda shumeriylar mixxati bilan yozilgan bir qancha sopol
lavhalar, jumladan xoʻjalik ishlariga oid qimmatli hujjatlar topganlar.
Bu hujjatlarning baʼzilari Moskva va Leningrad muzeylarida
saqlanmoqda. Qadimgi Shumerning asosiy diniy markazi boʻlgan Nippur
shahridan binolar, jumladan ibodatxonalar va ibodatxona minoralari
(zikkurat)ning koʻplab qoldiqlari topilgan11
.
1899–1900 yillarda Pensilvaniya universiteti arxeologlari Nuffar
(Nippur, Shumer davlati) shahrida qazishlar olib bordilar. Arxeolog
German Gilprext ibodatxona qoshidagi kutubxona (20000 atrofida loy
taxtachalar)ni topishga muyassar boʻldi12
.
1902–1903 yillarda Nemis Sharq ilmiy-tadqiqot jamiyati
ekspeditsiyasi tomonidan Far (Shuruppak)da muvaffaqiyatli qazuv ishlari
olib borildi. 1922–1934 yillarda Britaniya muzeyi va Pensilvaniya
universiteti muzeyi rahbarligida Mukayar (Ur)da olib borilgan qazishma
ishlari chogʻida ilk sulolalar davriga oid podsho qabri joylashgan
nekropol topildi. Bu yerdan koʻplab sanʼat asarlari va qimmatbaho asbob-
anjomlar qazib olingan. Pensilvaniya universiteti muzeyi Stefan
Lengdon boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan 1923–1933 yillarda Al-
Oxeymir (Kish) shahrida, Nemis Sharq jamiyati tomonidan 1928–1939
yillarda Varka (Uruk) shahrida qazuv ishlari olib borilgan13
.
Mesopotamiyaning mil.avv. III ming yillikka oid deyarli barcha yozma
manbalari shumer va akkad tilida yozilgan matnlar edi. Elamdan elam va
akkad yozuvlari, Ebla (Gʻarbiy Suriya)dan koʻplab shurmer va qadimgi xanaan
yozuvida bitilgan matnlar topilgan. Boshqa qadimgi sharq yozma manbalarida
(misrliklar yozuvida) Mesopotamiya haqida eslatilmaydi, yoki hali oʻqib
chiqishni iloji boʻlgani yoʻq (qadimgi hind yozuvlari).
Mesopotamiya tarixining soʻnggi davrlarini oʻrganishda antik davr
mualliflari asarlari ahamiyatlidir, lekin ularda qadimgi davri haqida
maʼlumotlar uchramaydi. Faqat Iosif Flaviy va kesariylik Yevseviy
asarlarida ilk shumer podsholari haqidagi maʼlumotlar uchraydi. Bu
maʼlumotlar esa bobillik qohin Berosning mil.avv. III asrda yunon tilida
yozilgan hikoyalaridan olingan.
10 http://maxima-library.org/knigi/genre/b/418390?format=read
11 Oʻsha joyda. B. 16–17.
12 https://ru.wikipedia.org/wiki/Drevnyaya_Mesopotamiya
13 https://ru.wikipedia.org/wiki/Drevnyaya_Mesopotamiya
Bu mixxat yozuvlar mazmun jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi
(podsho xatlari, harbiy yurishlar haqidagi xabarlar, ishchilarga don
tarqatilganligi haqida qayd etuvchi ibodatxona arxivlari va boshqalar).
Mil.avv. III ming yillikka oid podsho xatlari kam saqlanib qolgan.
Mazkur xatlar eskibobil davrida koʻchirilgan nusxalar boʻlib, ularning
haqiqiyligi shubhalidir. Bular orasida Ur podsholigining III sulola
vakili Ibbi-Suen (mil.avv. 2027–2003 yillar) va uning lashkarboshisi
Ishbi-Erra xatlarida Shumer va Akkad podsholiklarining qulashidan
avvalgi fojeaviy holat oʻz aksini topgan. Podsho oʻz qoʻmondonini Issindan
Urga katta miqdorda don sotib olib kelish uchun joʻnatadi. Ishbi-Erra
amorey qabilalari hujum qilib, yoʻlni toʻsib qoʻyganliklari uchun uning
topshirigʻini bajarishning iloji yoʻqligini aytib, podshodan Issin va
Nippur shaharlarini koʻchmanchi qabilalardan himoya qilishni unga ishonishi
taklif etadi. Podsho Ishbi-Errani Nippur va Issin mudofaasining
boshligʻi etib tayinlaydi. Bundan foydalangan qoʻmondon oʻzini Nippur va
Issinning podshosi deb eʼlon qiladi14
.
Mil.avv. III ming yillika oid bir nechta xalqaro shartnomalar yetib
kelgan. Shunday hujjatlardan biri Lagash va Ummaning chegara masalalari
boʻyicha kelishuv shartlari ikkita silindrsimon taxtachalarga yozilgan
matnidir.
1952 yilda amerikalik olim Semyuel Noa Kramer Istambul muzeyi
fondlaridan Ur podsholigi III sulolasi asoschisi Ur-Nammu (taxm. mil.avv.
2112–2094 yillar)ga tegishli boʻlgan qonunlar toʻplamini topdi. Nippurdan
topilgan bu qonunlar toʻplamining jiddiy shikastlangan loy taxtachalardan
iborat boʻlib, konusga bitilgan Uruinimgindagi yozuv va qonunlar matnini
eslatar edi. Keyinchalik qonunlar toʻplamining boshqa parchalari ham
topilgan. Toʻplamning hammasi boʻlib 30 ta atrofida moddalari saqlanib
qolgan: unda nikoh munosabatlari, oq qulni topib uni xoʻjayiniga
qaytarganlik uchun belgilangan mukofot, shikast yetkazganlik, yolgʻon
guvohlik va moddiy zarar keltirganlik uchun belgilangan jarimalar
miqdori koʻrsatilgan.
Mixxat yozuvdagi manbalar ichida xoʻjalikka va ish yuritishga oid
hujjatlar boshqalariga nisbatan koʻproqni tashkil etadi. Ularning
koʻpchiligi ibodatxona va saroy arxivlari hujjatlari boʻlishi bilan
birgalikda, xususiy ahamiyatga ega (fuqarolarning shaxsiy hujjatlari)
boʻlgan hujjatlar ham talaygina saqlanib qolgan. Eng qadimgi xoʻjalikka
oid arxivlar Uruk va Jamdat-Nosr (Djemdet-Nasr, Iroq)dan topilgan. Bu
taxtachalar xoʻjalik hisobotlariga oid boʻlib, arxaik belgilar bilan
yozilgan va deshifrovka qilishda qiyinchilik tugʻdiradi. Lagash, Girsu,
Shuruppak, Ur, Abada shaharlaridan sargongacha davrga oid xoʻjalik
hujjatlari arxivlari topilgan. Akkadlar davriga oid yirik podsho arxivi
Ebla shahrida (minglab xoʻjalik va ish yuritish hujjatlari) va Gasur
shahrida uncha katta boʻlmagan saqlanib qolgan. Urning III sulola davri
14 https://ru.wikipedia.org/wiki/Drevnyaya_Mesopotamiya
Do'stlaringiz bilan baham: |