Arxeologik Ma’lumotlar



Download 1,48 Mb.
Sana26.11.2022
Hajmi1,48 Mb.
#872750
Bog'liq
SATD fani uchun slayd.

TARIXIY MA’LUMOTLAR

ZAMONBOBO MADANIYATI - OʻZBEKISTONDA JEZ DAVRI URUGʻ JAMOASI MADANIYATI (MIL. AV. 2MING YILLIKNING BIRINCHI YARMI). BUXORO VILOYATI QORAKOʻL TUMANI MARKAZIDAN 15 KM SHIM.GʻARBDA JOYLASHGAN ZAMONBOBO (NOMI SHUNDAN) KOʻLI SOHILIDAGI MAKON (MAYD. 170 M²) VA QABRISTON (44 QABR) OʻRGANILGAN. QABRISTONDA YA. GʻULOMOV (1950—51, 1953—54), A. ASKAROV (1961, 1964) ARXEOLOGIK QAZISH ISHLARI OLIB BORGAN. QABILALAR YARIM YERTOʻLA, YENGIL CHAYLALARDA YASHAGAN. YERTOʻLA OʻTOV SHAKLIDA, USTUNLARI CHUQURCHALARGA OʻRNATILGAN, USTI QAMISH BILAN YOPILGAN VA SOMONLI LOY BILAN SUVALGAN. OʻCHOQ VA DON SAQLANADIGAN OʻRALAR DEVOR YAQINIDA BOʻLGAN.

FAYOZTEPA — MILODIY I—VII ASRLARGA OID BUDDAVIYLIK MONASTIRI (VIXARA). TERMIZ SHAHRI YAQINIDAGI ESKI TERMIZ SHAHAR XAROBALARINING SHIMOLI-GʻARBIDA, QORATEPA BUDDAVIYLIK INSHOOTLARI MAJMUIDAN 1 KM SHIMOLI-SHARQDA, TERMIZ TUMANINING MUHAMMAD HAKIM TERMIZIY MAHALLASIDA JOYLASHGAN. FAYOZTEPANING OCHILISHI 1968-YILNING BAHORIDA CHOʻPON ABSAD BEKNAYEV TOMONIDAN MERGELIY OHAKTOSHIDAN ISHLANGAN BUDDA SANAMINI KOʻCHMA QUM USTIDAN TOPIB, TERMIZ OʻLKASHUNOSLIK MUZEYIGA TOPSHIRISHIDAN BOSHLANDI. YODGORLIK 1968—1976-YILLARDA ARXEOLOG L. I. ALBAUM, 2004—2006-YILLARDA ARXEOLOG T. ANNAYEV BOSHCHILIGIDA TOʻLIQ QAZIB OCHILGAN VA ILMIY OʻRGANILGAN.

KATTA QIRQQIZ QAL’ASI (MIL.AV. IV-III ASRLAR-MILODIY III-IV ASRLAR) - EKIN MAYDONLARI CHEGARASIDA JOYLASHGAN QAL’A BO’LIB, U AYOZ QAL’A YODGORLIGINING SHARQIY TOMONIDA JOYLASHGAN QAL’ALAR ZANJIRINING AJRALMAS QISMI HISOBLANGAN.QAL’A IKKI QAVATLI DEVORGA EGA BO'LIB, UNDA KAMONCHILAR UCHUN MO'LJAL OLISH TUYNUKLARI BOR IKKI QAVATLI GALERIYA QURILGAN EDI. QISHLOQ XO’JALIGI YERLARI YOKI DEHQONLAR BOSHPANALARINING VAYRONALARI SAQLANIB QOLGAN. DEVORLAR TASHQARISIDA, KATTA MAYDONLARDA SOPOL IDISHLAR BO’LAKLARI TOPILISHI BU YERDA BIR ZAMONLAR SHAHAR TASHQARISIDAGI KATTA MAJMUA BO’LGANINI KO’RSATADI. AFRIGIDLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA QAL’A ICHI VA YON ATROF MAYDONLARI KULOLCHILIK MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH MARKAZI BO’LGAN. QIRQQIZ SO’ZI HAM QIRQTA QIZ MA’NOSINI ANGLATADI.

AYOZ QAL’A – MIL. 2–4-ASRLARGA OID UCHTA QAL’A HAROBASIDAN IBORAT ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR MAJMUASI. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BERUNIY TUMA-NIDA JOYLASHGAN. AYOZ QALʼA NI XORAZM AR-XEOLOGIYA-ETNOGRAFIYA EKSPEDITSIYASI TO-PIB (1937), UNDA ARXEOLOGIK QAZISHMALAR OLIB BORDI. BU MAJMUADAGI UCHINCHI QAL’A MUFASSALROQ OʻRGANILDI. UNING SAHNI 260×180 M BOʻLIB, HOVLI VA 40 XO-NALI BINODAN IBORAT. XONALARINING UMU-MIY MAYDONI 2400 M². XONA DEVORLARI TOʻRT BURCHAKLI XOM GʻISHTDAN TERILGAN. AYOZ QALʼA MAJMUASIDA, ASOSAN KUSHON PODSHOLIGI DAVRIGA DOIR SOPOL, MEHNAT QUROLLARI, QUROL-YAROGʻLAR, ZEB-ZIYNATLAR VA TANGALAR, JUMLADAN, KANISHKA PULLARI TOPILDI. AYOZ QALʼA OʻZ DAVRIDA XORAZMNING SHIMOLI-SHARQIY CHEGARASIDA MUSTAHKAM ISTEHKOM VAZIFASINI OʻTAGAN.

MARGʻIYONA (YUN., QADIMGI FORSCHA MARGUSH, AVESTODA — MOURU, OʻRTA FORSCHADA — MARV) — OʻRTA OSIYODAGI KATTA TARIXIY MADANIY VILOYAT. MURGOB DARYOSINING OʻRTA OQIMIDAGI HUDUDLAR VA MARV VOHASI (TURKMANISTON)DAN IBORAT BOʻLGAN. MARGʻIYONA HUDUDIDA — ENEOLIT DAVRIDA IBTIDOIY ODAMLAR YASHAGAN. MILODDAN AVVALGI 2-MING YILLIK BOSHLARIDA MURGʻOBNING YUQORI HAVZASIDA QAD. DEHQONCHILIK MARKAZI (KALLALI VOHASI) VUJUDGA KELGAN, BU YERDA ATROFI MINORALI MUDOFAA DEVORI BILAN OʻRALGAN YIRIK QISHLOQLAR PAYDO BOʻLGAN

XOJAYLI SHAHRINING G’ARBIY CHEKKASIDA, KUNYA-URGANCH SHAHRIGA OLIB BORUVCHI YO’LNING IKKI TOMONI BO’YLAB, TEPALIKDA BEPOYON MIZDAXKAN SHAHRI JOYLASHGAN. G’ARBIY TEPALIKDA JOYLASHGAN QADIMIY MIZDAXKAN SHAHRI MIL.AV. IV-III ASRLARDA PAYDO BO’LGAN. USHBU SHAHARNING XAROBALARI BUGUNGI KUNDA “XOJAYLI GYAUR-QAL’ASI”, YA’NI “BEVAFOLAR QAL’ASI” NOMI BILAN MASHHUR. SHAHARNING BUNDAY NOMLANISHI VIII ASRDA BU YERLARNING ARABLAR TOMONIDAN BOSIB OLINISHI BILAN BO’GLIQ CHUNKI BU YERNING TUB AHOLISI OTASHPARASTLAR HISOBLANAGAN ZARDUSHTIYLAR BO’LGAN. SHUNDAY QILIB, “GYAUR” ATAMASI -GYAURLAR (OTASHPARASTLAR) JOYLASHGAN MANZILGOHLARGA NISOBATAN QO’LLANILGAN. TADQIQOTLARGA KO’RA, QADIM ZAMONLARDA BU YERDA YONIDAN BUYUK IPAK YO’LINING SHIMOLIY TARMOQLARIDAN BIRI O’TGAN KATTA SAVDO-HUNARMANDCHILIK MARKAZI JOYLASHGAN EDI.

POYKEND, POYKAND – QAD. KARVON YOʻLI USTIDA QAD KOʻTARGAN SHAHAR HAROBASI (MILODDAN AVVALGI 4–3–MILODIY 11-ASRLAR). BUXORODAN 44 KM JANUBI-GʻARBDA, JONDOR VA QORAKOʻL TUMANLARI TUTASHGAN XUDUDDA JOYLASHGAN. OʻRTA ASR YOZMA MANBALARIDA SHAHAR BOYKAND, XITOY SOLNOMALARIDA ESA BI NOMLARI BILAN TILGA OLINADI. UNING NOMLARI "QUYI SHAHAR" MAʼNOSINI ANGLATADI.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish