Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Download 0,83 Mb.
bet132/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

15-BOB KORXONANING SEGMENTAR HISOBOTI.


    1. Segmentar hisobotning mohiyati‚ ahamiyati va uni tashkil etish qoidalari


Bozor munosabatlari sharoitida biznes segmenti deb ataluvchi yangi atama boshqaruv hisobiga kirib keldi, bu esa korxonaning ma’lum qismini yoki nisbatan mustaqil bo’linmasini muayyan vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida ajratishni bildiradi.


Boshqaruv buxgalteriya hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasiga amal qilgan holda, javobgarlikning turli markazlari majmuidan tarkib topadi. Segmentar hisobotni javobgarlik markazlari (biznes segmentlari) bo’yicha shakllantirilgan hisobot sifatida ta’riflash mumkin.
Bozor iqtisodiyoti tarkib topgan mamlakatlarda segmentlar bo’yicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu segmentar hisobot 1993 yildan amal qilib kelmoqda. Unga ko’ra, segmentlarning ikkita, ya’ni xo’jalik va jug’rofiy turlari ajratib ko’rsatiladi.
Jug’rofiy segment – bu muayyan iqtisodiy muhitdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi va tavakkalchilik va foyda – ta’siridagi, tavakkalchiliklar va foydadan farq qiluvchi, segmentlarga xos bo’lgan, boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarda amal qiluvchi ajratib chiqariladigan komponentdir.
Tashqi iste’molchilar uchun segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotni tuzish tartibi “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli O’zbekiston Respublikasining 1- sonli buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) bilan tartibga solinadi va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan ro’yxatga olingan. Ushbu standartlarning 96-bandida quyidagicha ta’kidlanadi:
“Hisob siyosati xususiyatlarining foydalanuvchilar uchun ustuvor jihatlari qaralganda korxona rahbarlarini tavakkalchilikni baholash imkoniyatlari va xo’jalik sub’ektlarining kelgusidagi pul mablag’lari oqimini nazarda tutishlari lozim. Hisob siyosati quyidagilarni o’z ichiga olishi, ammo quyidagi axborotlar bilan cheklanmasligi lozim:
96.17. faoliyat turlarini, jug’rofiy segmentlarni va xarajatlarni segmentlar o’rtasida taqsimlashni aniqlash”1.
Shuni ta’kidlash maqsadga muvofiqki, yuqorida ko’rsatilgan me’yoriy hujjatlarda segmentar hisob va hisobotni muammosi o’zining to’liq echimini topmadi.
O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli milliy standarti O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya



1 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari. - T.: izd. AB i A, 2001, b 34.
hisobi to’g’risida” gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan, O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1996 yil 30 avgustdagi 1-sonli qarori bilan kuchga kiritilgan Qonunda ta’kidlanganki, korxona rahbari hisob va hisobotning ichki xo’jalik tizimini, xo’jalik operatsiyalarini nazorat etish tartibini, tashqi iste’molchilar uchun moliyaviy hisobotni, soliqlar va moliyaviy hujjatlarning boshqa shakllarini va h.k. larni tashkil etishga majbur (7-modda)2. Ushbu moddaga ko’ra, korxona rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma bo’yicha ixtisoslashgan buxgalteriya firmasiga yoki buxgalteriyaning markazlashgan bo’limiga (bunga xo’jalik yurituvchi sub’ekt ham kiradi) topshirish huquqiga ega. Ushbu qonunning 22-moddasiga ko’ra, buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi, buxgalteriya qaydlari mazmuni bilan tanishishga faqat rahbariyat ruxsati bilan yoki qonunchilikda ruxsat etilgan hollarda yo’l qo’yiladi. Tashqi iste’molchilar uchun mo’ljallangan va moliyaviy hisob ma’lumotlari bazasida ishlab chiqiladigan moliyaviy hisobotdan farq qilgan holda segmentar hisobot ichki iste’molchilar uchun yaratiladi va maxfiy hisoblanadi. Amaliyot ko’rsatadiki, ko’pincha shunday hollar ham mavjud bo’ladiki, soliq va boshqa nazorat organlari boshqaruv hisobi va hisoboti ma’lumotlariga to’g’ridan- to’g’ri kirib borish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Moliyaviy hisobotning shunday afzallik tomonini ta’kidlash lozimki, agarda u moliyaviy holatini, uning faoliyati natijalarini tahlil etishda axborot bazasi sifatida qo’llanilsa, segmentar hisobot ma’lumotlari esa biznesning har bir segmenti ish sifatini baholash imkonini beradi. Segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, farq qiluvchi holatlarni, ya’ni ko’pchilik omillarning mos tushishini 1-jadval bo’yicha ko’rish mumkin.




2Buxgalteriya hisobi to’¨risidagi O’zbekiston Respulikasi ¡onuni-T.: Xal¢ so’zi, 1996 yil 12 sentyabr.
4-jadval
Xo’jalik va jug’rofiy segmentlarning belgilari bo’yicha qiyosiy tavsifi


Mezon

Segmentlar

Xo’jalik

Jug’rofiy

Segment hosil qilish uchun mezon (Ushbu segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, ko’pchilik omillarning mos tushishi)

Mahsulotlar (ish va xizmatlar) o’zaro bog’liq bo’ladi, agarda quyidagi hollarda
o’xshashlik ko’zga tashlansa:

Bir nechta
mamlakatlardan guruh, alohida mamlakat, mamlakat ichidagi
mintaqa quyidagi hollarda:
Bir xildagi o’xshash iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar;
Amalga oshiriladigan operatsiyalarning aynanligi;
Mazkur jug’rofiy tumanda operatsiyalar bilan bog’liq, favqulodda tavakalchiliklar;
Valyuta nazoratining alohida qoidalari;
Valyuta operatsiyalaridan kutilayotgan tavakkalchiliklar.




  • Ularning tavsiflanishida;




  • Ishlab chiqarish jarayonlari tavsifida;




  • Mijozlar turi va tavsifida;




  • Ularni tarqatish usullarida;




  • Muayyan faoliyat turlari uchun tartibga soluvchi muhit talablarida (masalan, soliqlar, banklar va sug’urtada)

Segmentlar bo’yicha (javobgarlik markazlari bo’yicha) hisobni tashkil etishga zarurat paydo bo’lganligi munosabati bilan boshqaruv hisobida uning chegaralarini aniqlashtirish lozim:



  • Mustaqil hisobot segmenti qanday ko’rinishda bo’lishi lozim (ya’ni, segmentar hisobot birliklarini ajratish mezoni);

  • Segmentlararo o’zaro hisob-kitoblarga bahoni shakllantirishning qaysi usuli qo’llanilishi lozim;

  • Daromadlar va xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni segmentlarga taqsimlash uchun nima asos bo’ladi?

Mustaqil hisobot segmenti shakllanishi shart-sharoitlari sifatida har bir xo’jalik va jug’rofiy segmentning ichki hisoboti ishtirok etishi lozim, bunda quyidagi shartlar talab qilinadi:

      • Barcha segmentlarning tashqi va ichki daromadlari tashqi va segmentlararo daromadlarning kamida 10% ini tashkil etadi;

      • Segment foydasi (yoki zarari) barcha segmentlar umumiy natijasining kamida 10% ini tashkil etishi lozim;

      • Aktivlar barcha segmentlar aktivlar yig’indisining kamida 10 % ini tashkil etadi;

Bozor sharoitlarida transfert narx hosil bo’lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi, bunda bitta javobgarlik markazi yuzaga keladi va o’z mahsuloti yoki xizmatlarini boshqa javobgarlik markaziga uzatadi, boshqacha aytganda – bu jarayon bitta korxona segmentlari o’rtasida ichki hisob-kitob narxlarini o’rnatishdir.
Odatda, transfert narxlarni o’rnatish tamoyili bo’lib, shunday transfert narxlari xizmat qiladiki, u korxonaga eng yuqori darajadagi marjinal daromadni ta’minlaydi.
Transfert narxlari bo’yicha segmentar hisobotni tuzish munosabati bilan, shubhasiz transfert narxlarni hisob-kitob qilishning uchta usulini ko’rib chiqishga to’g’ri keladi:

  1. Bozor narxlari asosidagi;

  2. Tannarx (o’zgaruvchan yoki to’liq) asosidagi, “tannarx plyus” tamoyili bo’yicha;

  3. Shartnomaviy transfert narxlar asosidagi, mahsulot (xizmat ko’rsatish) ishlab chiqarishdagi bozor kon’yukturasi va xarajatlari ta’siri ostida.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish