Laboratoriya mashg’uloti №-8 Mavzu: Biologiyadan to’g’arak mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi Ishdan madsad



Download 27,37 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2023
Hajmi27,37 Kb.
#940024
  1   2
Bog'liq
8-lab.Biologiyadan to\'garak mashg\'ulotlarini tashkil etish.


Laboratoriya mashg’uloti №-8


Mavzu: Biologiyadan to’g’arak mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi


Ishdan madsad. To’garak mashg’ulotlarini tashkil etish va uni yuritish qoidalari hamda meyoriy hujjatlarini o’rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar. Plakatlar, slaydlar, uslubiy qo’llanmalar.
Nazariy tushuncha. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning uch xil turi mavjud:
1.Ayrim о‘quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg‘ulotlar
2.О‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar.
3.О‘quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlar.

Sinfdan tashqari mash­­g‘ulotlarning turi

Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning mazmuni



Ayrim o‘quvchilar bi­lan yakka tartibda olib boriladigan mashg‘ulot-lar

Biologiyadan qo‘shimcha o‘quv adabiyotlarini o‘rganish, axborot texnologiyalari dasturlari yordamida bilimlarini sinab ko‘rish, mulьtimedialar vositasida ijodiy izlanishlarini tashkil etish, maktab tajriba maydonchalarida tirik organizmlar­dagi mavsumiy o‘zgarishlar, belgilarning irsiylani­shini o‘rganish maqsadida kuzatish va tajribalar o‘tkazish, turli mavzularda ma’ruzalar va ko‘rgazmali materiallar tayyorlash.

O‘quvchilar guruhi bilan olib borila­digan mashg‘ulotlar

5-6 sinflarda “Yosh botaniklar”, 7-sinfda “Yosh zoologlar”, 8-sinfda “Yosh fiziologlar” va 9-11 sinflarda“Yosh biologlar” to‘garagini tashkil etish

O‘quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulot-lar

Turli mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma’ruzalar, “O‘tkir zehnlilar mushoirasi”, viktorinalar, “Ko‘kalamzorlashtirish haftaligi”, “Bog‘ haftaligi” “Hosil bayrami” ni o‘tkazish

Yuqorida qayd etilgan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini tо‘ldiradi va taqozo etadi.


О‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga biologiya
-о‘quv xonasini jihozlash, tabiatga mavzuli ekskursiyalar tashkil etish,
-о‘quv jarayoni uchun zarur bо‘lgan kо‘rgazmali vositalar tayyorlash
-“Yosh biologlar” to’garagini tashkil etsih.
,,Yosh biologlar” tо‘garagining ishi, didaktik maqsadi-о‘quvchilarning о‘quv fanlariga bо‘lgan qiziqishlarini orttirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash, tabiat va jamiyatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ongli ravishda kasb tanlashga yо‘llash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish, tajriba qо‘yish va kuzatishlar о‘tkazish kо‘nikmalarini rivojlantirish sanaladi.
Biologiyadan tashkil etiladigan tо‘garak umumiy nom “Yosh biologlar” deb ataladi va о‘quvchilarning о‘rganayotgan о‘quv fani, yoshlik va psixologik xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga olingan holda;
5-6 sinflarda “Yosh botaniklar”,
7-sinfda “Yosh zoologlar”,
8-sinfda “Yosh fiziologlar”
9-11 sinflarda“Yosh biologlar” tо‘garagi tashkil etiladi.
5-6 sinf о‘quvchilari bilan tashkil etiladigan “Yosh botaniklar” tо‘garagida quyidagi masalalarga e’tiborni qaratish tavsiya etiladi. “О‘zbekistonda botanika fanining taraqqiyoti”, “Ulug‘ alloma ibn Sinoning dorivor о‘simliklar haqidagi fikrlarini о‘rganish”, о‘simliklarning ahamiyati va ularni asrash tо‘g‘risidagi hikmatli hikoyalar va hadislarni о‘rganish, xona о‘simliklarini tasniflash, parvarish qilish va kо‘paytirish, dorivor о‘simliklarning biologik va ekologik xususiyatlarini о‘rganish, О‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan о‘simliklar va h.q.
7 sinf “Yosh zoologlar” tо‘garagining namunaviy ish rejasi mazkur tо‘garakning namunaviy ish rejasini о‘qituvchi о‘z bilimi, pedagogik mahoratiga tayanib tо‘ldirishi va о‘zgacha sayqal berishi, mahalliy sharoit va о‘quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olib tegishli о‘zgartirishlar kiritishi va amaliyotda qо‘llashi mumkin.
8-sinf о‘quvchilari bilan о‘tkaziladigan “Yosh fiziologlar” tо‘garagida hujayra va tо‘qimalardan mikropreparatlar tayyorlash, qonning tuzilishi va xossalari, yurakning tuzilishi va ishi, Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining paydo bо‘lishi va rivojlanishiga qо‘shgan hissasi, salomatlikni asrash bо‘yicha hikmatli hikoyalar va hadislarni о‘rganish, “Chekmasdan – yoshlik gashtini sur”, “О‘zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishi va istiqbollari” kabi mavzularda kechalar о‘tkazishga tayyorgarlik masalalarini kiritish maqsadga muvofiq.
9-sinf о‘quvchilari bilan о‘tkaziladigan “Yosh biologlar” tо‘garagida sitologiya-hujayra haqidagi ta’limot, hujayra organoidlari, hayot jarayonlarning kimyoviy asoslari, moddalar almashinuvi, hujayrada modda va energiya almashinuvi, organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi, genetika va seleksiya asoslari mavzulariga oid qo’shimcha ma’lumotlarni qamrab olishi lozim.
10-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan ,,Yosh biologlar” to’garagida Hayotning molekula, hujayra, organizm darajasidagi umumbiologik hamda hayotning tur va populyatsiya darajasidagi umumbiologik qonuniyatlarga oid mavzular ko’lamidagi ma’lumotlarni chuqurroq o’zlashtirishga oid to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish.
11-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan ,,Yosh biologlar” to’garagida ekologiya va hayot, hayotning ekosistema, biosfera darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar, organik olam filogenezi mavzularini aks ettirgan to’garak mavzularida qo’shimcha ma’lumotlar berish orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash, boyitish, fanga nisbatan qiziqishini yanada oshirishga qaratilmog’i lozim.



Download 27,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish