Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Download 0,83 Mb.
bet128/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

5-chizma. Tovar qiymati va uning bahoga nisbati.



Tabiiyki, bu vazifani hal etish, odatda, yana uchinchi tomon - ish bozorda raqobatda bo’lgan boshqa korxonalar ta’siriga ham bog’liq. Shu bois oqibatda korxona baho schyoti buxgalterlar, moliyachilar, marketologlar, menejerlar va bozorlar vaziyatini o’rganuvchi axborot xizmatchilarining doimiy hamkorligi natijasida tug’iladi va takomillashadi. Bunday sharoitda korxona baho siyosatini ishlab chiqish jarayoni sotiladigan buyumga u yoki bu baho variantlarida korxona sotuvi va foydaliligi sharoitiga ta’sir o’tkazishga qodir turli omillarni birlashtirish hisobi bilan tuzilgan bo’lishi kerak.
Baho siyosati soxasida boshqaruv qarorlari qabul qilish chog’ida mahsulot zararsiz sotilishini belgilash muhim ahamiyatga ega. Zararsiz sotuv chog’ida mahsulot bahosi quyidagi formula yordamida belgilanadi.


Ostona tushumi Zararlilik bahosi = –––––––––––––––––––––––––––––
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Bunday bahoni belgilash uchun quyidagi misoldan foydalanamiz.



    1. misol. Korxona bitta tovarni ishlab chiqaradi va sotadi. Quyida uning faoliyatini izohlaydigan ma’lumotlar keltirilgan.

Sotuvchidan tushgan tushum, so’m 150000 O’zgaruvchan xarajatlar, so’m 90000 Doimiy xarajatlar, so’m 40000
Foyda, so’m 20000
Ishlab chiqargan mahsulot hajmi, dona 200
Birinchi navbatda biz ostona tushumini belgilab olishimiz kerak. Bunday holda hisob-kitoblar ketma-ketligi quyidagidek bo’ladi.

  1. Marjinal daromad kattaligini topamiz 150000-90000=60000

  2. Marjinal daromad koeffitsientini chiqarib tashlaymiz. 60000:150000=0, 4

4. Ostona tushumini aniqlaymiz 40000:0, 4=100000
Ostona tushumini bilgach, mahsulotni zararsiz sotish bahosini aniqlash mumkin. Bizning misolimizda u 500 so’m (100000, 2000)ga teng.
Zararsizlik bahosi formulasi mahsulotning belgilangan hajmini sotish chog’ida foydaning ma’lum kattaligini olish uchun sotishning zarar bahosini belgilashga imkon beradi.
Baho ishlab chiqarish bilash bog’liq barcha xarajatlarni qoplashi va korxonaga foyda keltira boshlashiga imkon berish uchun sotiladigan buyumga uni qanday belgilash kerak Bu savolga javob berish uchun quyidagi misoldan foydalanamiz.

    1. misol. Korxona 5 dona tovar sotmoqchi ishlab chiqarish va sotishga ketadigan o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar 800 so’mni tashkil etadi. Doimiy xarajatlar-1 mln. so’m. Korxona 1, 5 mln. so’m miqdorida foyda olishi mo’ljallangan. Tovarni qanday bahoda sotish kerak

Marjinal daromad kattaligini topamiz, doimiy xarajatlarga foydaning rejalangan hajmini kutamiz. .
1mln. so’m+1, 5 mln. so’m=2, 5 mln. so’m
2. Marjinal daromad o’rtacha kattaligini topamiz, marjinal daromad summasini sotiladigan tovarlar miqdoriga bo’lamiz:

  1. 5mln. so’m:5 ming dona=500 so’m. dona

Tovar bahosini topamiz, marjinal daromad o’rtacha kattaligiga o’rtacha o’rgatuvchan xarajatlarni qo’shamiz.
800 so’m+500 so’m=1300 so’m
Transport baholar mexanizmini ishlab chiqish ham korxona baho schyotining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Transfert baho- bu bir tashkilot ichida bir markazdan boshqa markazga o’tkaziladigan mahsulot (materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar) yoki xizmatlar bahosini aniqlash uchun foydalaniladigan bahodir.
Transport bahosini belgilash ishlab chiqarishni tashkil etishning mavjud shakllari: markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan shakllariga bog’liq bo’ladi.
Ishlab chiqishni markazlashtirilgan holda tashkil etish sharoitlarida javobgarlik markazlari o’rtasida mahsulot va xizmatlar almashinuvi ko’proq haqiqiy (andazali) tannarx asosida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni nomarkazlashgan holda tashkil etish sharoitlarida javobgarlik markazlari nisbatan mustaqil bo’lib, firma ichidagi uzatuv bahosi shunday hisob-kitoblar bilan belgilanishi kerakki, uning yordamida har bir bo’linma uchun foydaning aniq va ishonchli ko’rsatkichini aniqlash mumkin bo’lsin. Firma ichidagi uzatuv bahosini tanlash nafaqat bo’linma faoliyati natijalarini aniqlash uchun, balki “qanday qilib ishlab chiqarish va sotib olish”, “sotish va bundan keyin ishlov berish” kabi savollar bo’yicha qarorlarni qabul qilish uchun ham, shuningdek ishlab chiqarishning muqobil variantlarini ko’rib chiqish chog’ida katta ahamiyat kasb etadi.
Transfert (firma ichida) bahoni belgilash quyidagi asosiy talablarga javob bermog’i kerak:

  • ishlab chiqarish korxonasining maqsadiga erishishni ta’minlash va bo’limi maqsadlarining tashkilot umumiy maqsadlari bilan uyg’un holda birikib ketishini ta’minlash;

  • boshqaruvning turli darajalari menejmenlari uchun moslashuvchan va bir xilda bo’lishi kerak. Transport baho sotuvchiga bo’linmagan u mahsulot va xizmatlarni bo’linma-xaridorga topshirish chog’ida etarli miqdordagi natijani berishi kerak, bunda shu narsani ko’zda tutish kerakki, topshirish (uzatuv) bahosi bo’linma- sotuvchi faoliyatini samaradorligiga salbiy ta’sir qilmayotganmikan?

  • ham sotuvchi, ham sotib oluvchi bo’linmalari rahbariyatlariga ularning nomarkazlashgan asosida boshqarilishiga imkon beruvchi mustaqillikni saqlab qolishga imkon tug’dirishi kerak;

  • ichki va tashqi bozorlarning o’zgaruvchan sharoitlarni tez ilg’ab olish, foydani undan yaxshigina foydalaniladigan joyga yo’naltirish imkonini berish. Masalan, eng yuqori foydalarni soliqlari past bo’lgan sohalariga, yuqori bo’lmagan foydani soliqlari yuqori bo’lgan sohalariga yo’naltirish lozim, zero ulardan yangi ishlab chiqarish quvvatlari qurilishida foydalanish darkor;

  • qonunlar talablariga mos kelish;

  • ishlab chiqarish tuzilmaviy va mintaqaviy tiplari o’rtasidagi rivojlantirishga xamkorlik qilish.

O’zaro almashuvlar chog’ida pul qiymati kattaligi qanday bog’liq bo’lmog’i kerak? Firma ichidagi uzatuv chog’ida transport baholarni belgilashning ko’pdan- ko’p usullari mavjud shu jumladan:

  • bozor qiymati;

  • to’liq tannarxdan foyda, to’liq xarajatlardan  sifatida;

-o’zgaruvchan xarajatlardan foyda, o’zgaruvchan xarajatlardan  sifatida;

  • bo’liq yoki qisqartirilgan tannarx;

  • tomonlarning o’zaro shartlashishi asosida

Afsuski, barchani olib rahbariyatni ham, bo’linma-sotuvchini ham, bo’linma xaridorni ham birdek qoniqtiradigan yagona transfert bahosi bo’lmaydi. Amaliyotda korxonalarning bir qismi bahodan shartnomali bozor qiymatida foydalanadi, boshqa bir qismi esa - bahodan tannarx plyus foydaga qo’shimcha bo’yicha foydalanishni afzal biladi.
Mahsulot yoki xarajatlarning shartnomali bozor qiymati kattaligi qulay transfert baho hisoblanadi, chunki bu baho o’zaro maqbul sanaladi va foydaning har bir markazini mustaqil xo’jalik birligi sifatida qarab chiqish imkoniyatini beradi. U ana shunday xizmatlar ko’rsatish uchun mukofot miqdoriga yoki tashqi bozorda operatsiyalar ichki xarakatlari oqibatida (transport xarajatlari, bank kreditlari bo’yicha foizlar va h. k) xarajatlar iqtisodidan ichki daromadlar summasini chiqarib tashlab, xuddi shunday buyum uchun sotish bahosiga teng keladi.
Agar tashqi bozorda baho ancha aniq bo’lsa (masalan, yangi mahsulot turiga muqobil tovarlar bozori bo’lmaganda va baho oldindan belgilanmagan yoki firma ichidagi topshiruv bahosi sifatida foydalanish uchun haddan tashqari baland bo’lsa), unda bahoni smeta tannarxidan foydaga qo’shimcha negizida qo’llash joiz bo’ladi, chunki bunday baho bozor qiymatiga yaqin hisoblanadi va bo’linmalar faoliyati kamchiliklarini aniqlashga imkon tug’diradi. Foydaga qo’shimcha (nagbavka)ni belgilash chog’ida butun tashkilot foydalilik koeffitsentini emas, balki mazkur bo’linma uchun xarajatlarni xususiyatlarini hisobga olish joiz. Foydani ko’pincha qo’yilgan kapitaldan tushgan daromadlar foizi sifatida hisoblaydilar, qo’yilgan reja ko’rsatkichini o’zida namoyon etadi, bu ko’rsatkich ishlab chiqarishning smeta yoki o’rtacha hajmi negizida doimiy xarajatlarni unifikatsiyalash (bir xillashtirish) chog’ida foydalanishga mo’ljallangan bo’ladi. Bu foizni tashkilot hisob siyosati tamoyillaridan kelib chiqqan holda belgilaydilar. U ishlab chiqarish bo’linmasi, ta’minot bo’limi yoki umuman tashkilot faoliyatidan keladigan o’rtacha kutilgan daromad sifatida aniqlanadi. Agar transfert baho sifatida smeta tannarxi plyus foydaga qo’shimcha (nagbavka) dan foydalanilsa, xom-ashyo, materiallar, xizmatlar va ish haqi miqdorlari bahosining o’zgarishlariga tuzatishlar kiritadigan qoidaga amal
qilish zarur. Foydaga qo’shimcha miqdori shu qadar aniq bo’lishi kerakki, unda bo’linma ishlab chiqarish faoliyati va u ishlab chiqaradigan mahsulot xarakteri aks ettirilsin.
Transfert baholari haqiqiy tannarx plyus foydaga qo’shimcha negizida belgilanishi mumkin. Mazkur usul xususan menejerlar o’z bo’linmalarida mablag’lar xarajati uchun javobgar bo’lgan joylarda qo’llaniladi. Biroq bu usul mablag’larni isrof qilishga olib keluvchi kamchilikka ega. Ґaqiqiy tannarx qancha yuqori bo’lsa, bo’linma sotuvchi sotish bahosini shuncha baland belgilaydi, bunda u baho boshqa bo’linmalarini mablag’larni bunday ketishi ham isrof qilishga turtki beradi.
Shu narsani nazarda tutish zarurki, tannarx negizida transfert baholarni belgilash chog’ida tashkilot tarkibiga kiruvchi korxonalar foyda yoki investitsiyalash markazlari sifatida emas, balki xarajatlar markazlari sifatida qarab chiqiladi. Shu bois bunday mezonlar qiymatlarni kapital qurilishiga qaratilgan mablag’ foydasi yoki qoldiq foyda sifatida baholanishi uchun bunda foydalanishi mumkin emas. Bunday sharoitlarda o’zgaruvchan xarajatlar asosida belgilangan transfert baholar afzalligi shubhasizdir. O’zgaruvchan xarajatlar negizida firma ichidagi topshiruvlar chog’idagi baho usuli to’liq xarajatlar asosidagi usul oldida shunisi bilan afzallikka egaki, u avval boshdanoq tashkilot zahiralaridan yanada samaraliroq foydalanishini ta’minlashga qaratilgan. Bu shunday omil bilan izohlanadiki, ega boshdanoq doimiy xarajatlar o’zgarmas bo’lib qoladi va mablag’lardan doimiy qo’shimcha xarajatlarsiz har qanday foydalanish butun tashkilot foydasini ochirib boradi.
Keltirilgan ma’lumotlar korxona tomonidan moslashuvchan baho siyosati o’tkazilganda uning asosiy axborot negizi hisoblangan boshqaruv hisobi samaradorligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.

  1. Boshqaruv hisobi tizimida investitsion loyihalar bo’yicha qarorlar qabul qilish. (1‚2‚5‚7‚8‚9‚10‚11‚12‚14‚)

Xo’jalik faoliyati jarayonida har bir korxona o’z investitsion faoliyatiga muttasil e’tibor qilishi kerak.
Investitsion faoliyat kapital xarajatlashining korxona iqtisodiy qudratini qaratilgan eng samarali shakllarini asoslash va ro’yobga chiqarish jarayonini ifoda etadi.
Investitsiyalar yo’naltiriladigan sohaga bog’liq ravishda ular ishlab chiqarish va moliya investitsiyalariga bo’linadi.
Ishlab chiqarish investitsiyasi – bu faoliyatning muayyan sohasi va turiga real kapital o’sishiga ya’ni ishlab chiqarish vositalarining, moddiy – buyum boyliklar va zahiralar oshishiga omil bo’luvchi xarajatlardir.
Moliyaviy investitsiyalar qimmatli qog’ozlar va moliyaviy boyliklarga qilingan xarajatlarni o’zida namoyon etadi. Bunday xarajatlar o’z-o’zidan real moddiy kapitalni o’stira olmaydi, biroq foyda keltirishga qodir. Shu jumladan turli joylardagi oldi-sotdilarda qimmatli qog’ozlar kursining vaqtga qarab o’zgarishi yoki pullar tafovuti holatiga olib sotarlikdan kelgan foyda ham.
Investitsiya pul, boyliklarni uzoq muddatga qo’yish deganidir. Biroq bu muddatlar g’oyat xilma xil bo’lishi mumkin, shu munosabat bilan uzoq muddatli investitsiyalar (1 yildan ortiq) va qisqa muddatli investitsiyalarga farqlanadi.
Investitsiyalar haqidagi masala odatda har qanday tashkilot uchun eng
murakkab hisoblanadi, chunki investitsion xarajatlar faqat kelajakda daromad keltirishi mumkin. Shu bois, to’g’ri investitsion qarorlar qabul qilish uchun tashkilotlar taklif etiladigan loyihalarning eng avvalo iqtisodiy jozibadorligini baholashlari, odatda uning erkin pul mablag’larini anchagina ulushi jalb etiladigan jarayonlar haqida ko’proq aniq taxminlar olishga xarakat qilishlari zarur. Zayom vositalar investitsiyalar manbalari bo’lishi mumkin. Bunday holda tashkilotlarga ularni qo’llashning mufassal hisob-kitobi zarurki, u bunday qo’yilmalarning maqsadga muvofiqligiga investorni ishontirsin $$$$$
Muayyan ishga kapital kuyish, odatda, kuyiladigan, mablag’larni ma’lum turiga oid zamonaviylashtiriladigan, kelishtiriladigan iqtisodiy sub’ektga yoki oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur ob’ektlar guruhi, jarayonlarga, yuzaga kelgan muammolarni hal etishga bog’lash vositasida sodir bo’ladi. Aniq yo’nalish, mo’ljalga ega qo’yilma loyiha qo’yilmalari deyiladi. Bir tomondan, bu uning mohiyatini ochib beruvchi va uning amaliy faoliyati imkoniyatini tasvirlovchi tafsilotlar, hisob-kitoblar, chizmalar, tasvirlar ko’rinishidagi ob’ekt fikri, g’oyasi va ramzidir. Ikkinchi tomondan, iqtisodiy ma’noda loyiha – bu aniq, g’oyaviy ijtimoiy- iqtisodiy fikrni amaliy jihatdan ro’yobga chiqarish bo’yicha amallar tadbiriy choralar dasturidir.
Investitsion loyihalar ikki ma’lum belgiga ega: loyihaga yirik qo’yilmalar zaruriyati va qo’yilmalar va ulardan foyda olish o’rtasida vaqtinchalik masofa mavjudligi.
Investitsion loyiha bir qancha bosqichda amalga oshiriladi. Eng avvalo loyihani ishlab chiqish va ruyobga chiqarishni farqlaydilar.
Loyihani ishlab chiqish – bu loyiha maqsadlariga erishish bo’yicha ish-xarakat tarzi, modeli, hisob-kitoblarni amalga oshirish, variantlarni tanlash, loyiha qarorlarini asoslashdir. Investitsion loyihani ishlab chiqishda eng asosiy narsa - loyihani amalga oshirish haqida qaror qabul qilish va shu loyihaga investitsiya ajratish asosida asosiy xarajat bo’lib hisoblanuvchi xar taraflama texnik – iqtisodiy asoslanishni tayyorlashdir. Texnik-iqtisodiy asoslanishga qo’shimacha ravishda yoki uning tarkibida agar loyiha tijorat xarakteriga ega bo’lsa, loyihaning biznes rejasi ishlab chiqiladi.
Loyihani amalga oshirish. Uni amaliy jihatdan ro’yobga chiqarish, loyiha tarzini muayyan iqtisodiy voqelikka aylantirish, loyihada qo’yilgan maqsadlarga erishishdir.
Ko’rib chiqilgan har ikkala bosqich bir butunlikka birlashtiriladi, kelishiladi va ishlab chiqarish va loyihani ro’yobga chiqarish jarayonini boshqarish vositasida muvofiqlashtiriladi, buning uchun boshqarish organlari mavjud yoki yuzaga keltiriladi.
Ko’rsatilgan bo’linish bilan bir qatorda va u bilan uzviy aloqada investitsion loyiha investitsiyalar xarakteri ajratilishi yo’nalishi va ulardan foydalanishga, shuningdek mablag’larni ob’ektga qo’yishdan foyda olishga bog’lik ravishda fazalarga bulinadi.
Investitsion loyihalashtirishga bag’ishlangan adabiyotda to’liq investitsion jarayonni uch asosiy fazaga bo’lish qabul qilingan. Bu butun davrni loyiha xayoti muddati yoki xayotiy jarayon deb ataladi. Loyiha investitsion jarayonining fazalari
mohiyati va farqini to’ldirgan va tugalroq tasavvur qilish uchun grafikda (chizma- 6. 6) vaqtda loyihani amalga oshirishda xarajat qilinadigan investitsion zahiralar hajmi (grafikning kuyi qismi) va daromadning (foydaning) loyihaga (grafikning yuqori qismi) kapital xarajatlashdan keladigan foyda samarani tavsiflovchi kattaligi qanday o’zgarishini tasvirlaymiz.
Jarayonning birinchi fazasiga mos keluvchi bosqichda loyihani asoslashda tadqiqot va ishlovlar o’tkaziladi, loyiha xujjatlari ham tayyorlanadi. Bu fazada loyihaning tadqiqot va ishlovlar o’tkaziladi, loyiha hujjatlari ham tayyorlanadi. Bu fazada loyihaning iqtisodiy, texnik va texnologik ishlovi bir-biriga uyushib ketadi. Uni amalga oshirishning tashkiliy asoslari ishlab chiqariladi va investitsiyalash manbalari mo’ljal kilinadi. Birinchi fazaning investitsiya oldi deb atash qabul qilingan, chunki u loyihaga asosiy investitsiyalar qo’yilishdan oldin keladi.
Ikkinchi faza. Odatda investitsion deb ataladi. Bu fazaning asosiy mazmuni zudlik bilan ajratilayotgan va singib ketayotgan pul investitsiyalarining loyihada ko’zda tutilgan mahsulot ishlab chiqarishning yaqqol omiliga aylanishiga olib keladi. Bu faza davomida imoratlar va inshoatlar tiklanadi, jihozlar sotib olinadi va rostlanadi, ishlab chiqarish infrastrukturasi tuziladi, tajriba va undan keyin mahsulotni turkumli ishlab chiqarish va sotish boshlanadi. Bu investitsiyalar asosiy hajmini sotib yuboruvchi xarajatlar fazasidir. Biroq, qanchadir vaqtdan boshlab tovarning birinchi turini sotilishi barobarida foyda keltiradigan loyiha nafaqat xarajatli balki daromadli bo’lib qoladi.
Investitsion faza tugallanishi barobarida ob’ekt qurila boshlagach investitsion xarajatlar hajmi kamaya boshlaydi, loyiha keltiradigan daromad hajmi esa ortadi, chunki u asta-sekin loyiha quvvatiga chiqa boshlaydi, bu ishlab chiqarish chiqimlari kamayib sotish hajmining xiyla ortishiga imkon beradi. Loyihaning bu tariqa rivoji uning foydalanish deb ataluvchi uchinchi hal qiluvchi fazasida kuzatiladi. Chunki u ishlab chiqarishdan foydalanish loyihaga ko’ra yaratilgan ob’ktni ishlatish vaqti va rejimiga muvofiq keladi. Investitsiyaning uchinchi fazasida odatda pasayib boruvchi hajmda ishlab chiqarishni tutib turish uni orttirish uchun xam jihozlar amortizatsiyasi zarur. Biroq mahsulot sotishdan keladigan daromad bu fazada investitsion xarajatlardan ancha-muncha oshadi. Buning oqibatida T1 vaqtning bu shuncha muddatda daromadning umumiy summasi loyihaga qo’yilgan kapital qiymatiga teng bo’ladi. Bu loyiha qoplash nuqtasiga etgandan guvohlik beradi.
Keyin loyiha asta-sekin eskira boshlaydi. Uning mahsulotiga bo’lgan talab tushib ketadi. Mahsulot bahosi pasayadi. Bu loyiha daromadliligini susaytiradi shu bilan bir vaqtda loyihani asosiy vositalari ahloqiy va jismoniy jihatdan eskiradi. Shu munosabat bilan ularni saqlab turish investitsiyalar hajmining ortishini talab etishi mumkin.
Shu narsa ravshan bo’ladiki, loyihaning xayot jarayoni intixoga eta boshlaydi va loyihaning zararliga aylanishini chetlab o’tishi uchun uni yo’qqa chiqarib qo’ya qolish maqsadga muvofiq deb topiladi.
Shuni ta’kidlash joizki, loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirish jarayonida uning barcha fazasida uning moliyaviy ahvoli balanslashtirishini tekshirish nuktai nazaridan loyihani moliyaviy jihatdan baholash zarur. Buning uchun loyihaning ayni holda to’lov qobiliyati deb ataladigan kadrliligini o’tkaziladi. Loyihani ishlab
chiqaruvchi, amalga oshiruvchi, moliya bilan ta’minlovchi shaxslar shu narsani kuzatishlari kerakki, xar bir daqiqada loyihaga to’lash uchun zaruriy pullar, keladigan to’lovlar loyihani moliya bilan ta’minlash manbalari mablag’lari tushumi bilan ta’minlangan bo’ladi. Investitsiyalarga qattiq extiyoj ularning yaqqol etishmasligi har doim investitsion zahiralardan oqilona samarali foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu vazifa 2 xil turda kuzatilishi mumkin. Agar iqtisodiy loyihani amalga oshirish uchun investitsiyalar hajmi ma’lum bo’lsa, xarajatlanadigan investitsiya hajmidan ehtimol tutilgan eng ko’p iqtisodiy samara olishga intilish kerak, binobarin, investitsion zahiraning xar bir birligidan xam. Agar kapital xarajatlash hisobiga zaruriy natija olish ma’lum bo’lsa, unda qo’yilgan moliyaga etishga imkon beruvchi investitsion zahiralarning eng kichik xarajatini qidirib topish kerak. Investitsiyalar samaradorligini baholashda “iqtisodiy samara” va “iqtisodiy samaradorlik” tushunchalarini farqlamoq lozim bo’ladi. Samara bu investitsiyalash kapital xarajatlash hisobiga erishiladigan natija bo’lsa samaradorlik bu samara va samara olishni shart qiluvchi investitsiyalar kattaligi o’rtasidagi nisbatdir.
Xarajatlangan kapitaldan (K) olinadigan mutlaq iqtisodiy samara (E) xarajatlangan kapital hisobiga olingan daromad (D) va qo’yilmalarning o’z kattaligi o’rtasidagi tafovut ko’rinishida belgilanadi, ya’ni E=D-K.
Mutlaq samara vaqt funktsiyasi hisoblanadi. Avvaliga u manfiydir (salbiydir), chunki qo’yilgan (xarajatlangan) kapitalga hali daromad olingan yo’q. Keyin esa kapitaldan kelgan foyda barobarida asta-sekin ortib boradi va nisbat ijobiyga aylana boshlaydi va kapital xarajatlanishidan kelgan daromad qo’yilmaning o’zidan ortib ketadi. Investitsion xarajat qo’yilmalar mutlaq iqtisodiy samarasi o’zgarishi jadalligi 6.6.-chizmada yaqqol ko’rinib turibdi. Qo’yilmalardan kelgan daromad qo’yilmalarga teng bo’lgan davr davomida ilgari aytganimizdek investitsiyalarni qoplash muddati deb ataladi. Bu iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektoridagi kapital xarajatlash samaradorligining eng izchil ko’rsatkichidir. Kichik biznesga qo’yilmalar tez ishga tusha biladigan ob’ektlar odatda 2-3 yil ichidek qoplanadi, uzoq muddatli qo’yilmalarni qoplash uchun esa 10-15 va undan ko’prok yil kerak bo’ladi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi yoki nisbiy iqtisodiy samara daromad munosabati, qo’yilgan kapital qaytishiga nisbatan investitsiyalardan tushgan foyda belgilanadi. Korxona alohida iqtisodiy loyiha darajasidagi investitsiyalar samaradorligi



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish