BOB BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH
14.1. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish. SVR-boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos sifatidagi tahlil
Amaliy faoliyatda har qanday ishlab chiqarish korxonasi rahbari turli xil boshqaruv qarorlari qabul qilishga majbur boladi. Baholar, korxona xarajatlari mahsulot sotish hajmi va tuzilmasiga daxldor har bir qabul qilingan qaror pirovard- oqibatda korxona moliyaviy natijasida namoyon boladi. Zararsizlik nuqtasini belgilash - boshlangich vaqtidan korxona daromadlari uning daromadlarini tola qoplashini aniqlash bu kategoriyalar ortasidagi ozaro bogliqligi va ozaro aloqadorlikni aniqlashning oddiy va xiyla aniq usuli hisoblanadi.
Xarajatlar-mahsulot hajmi-foyda (Cost-Volume-Profit, SVP- tahlil) ozaro aloqadorlik tahlili uslubiyot zararsizlik nuqtasini aniqlashda menejerlarning qudratli qurollaridan biri hisoblanadi.
Tahlilning bu turi korxona faoliyatini rejalashtirish va taxminlashning eng samarali vositalaridan biri sanaladi. U korxona rahbarlariga ozgaruvchan va doimiy xarajatlar, baho va mahsulot sotish hajmi ortasidagi qulay mutanosibligini aniqlash, ishbilarmonlik imkonini tugdiradi. Mazkur usuldan foydalanar ekan, buxgalterlar, auditorlar, ekspertlar va konsultantlar moliyaviy natijalarga koproq teran baho berishlari va korxona ishini yaxshilash uchun tavsiyalarni aniqroq asoslashlari mumkin.
Marjinal daromad, rentabellik chegarasi (zararsizlik nuqtasi), ishlab chiqarish dastagi va chidamlilik marjinal zahirasi CVP - tahlilining asosiy unsurlari hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida marjinal daromad deb mahsulot (ishlar xizmatlar) sotishdan korxonaga tushgan tushum va uning ishlab chiqarish tannarxi sommasi ortasidagi tafovutga aytiladi.
Rentabellik chegarasi(zararsizlik nuqtasi) - mahsulot sotish hajmini xarakterlaydigan korsatkich bolib, bunda mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan korxonaga tushgan tushum uning barcha mushtarak xarajatlariga tengdir, yani sotishlarning shunday hajmiki, unda korxona na foyda koradi, na zarar.
Ishlab chiqarish dastagi - bu mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotish hajmining ozgarishiga bogliq holda korxona foydasi bilan boshqarish mexanizmidir.
Chidamlilikning marjinal zahirasi - bu mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan haqiqiy tushumning chegarasi (rentabellik ostonasi) dan ogish foizidir.
Doimiy va ozgaruvchan xarajatlarni qoplovchi tushum hajmini hisob-kitob qilish uchun ishlab chiqarish korxonalari oz amaliy faoliyatlarida marjinal daromat hajmi va koeffitsienti kabi korsatkichlardan foydalanadilar.
Marjinal daromad hajmi korxonaning doimiy xarajatlarini qoplash va foyda olishga qoshgan hissasini korsatadi.
Marjinal daromad hajmini aniqlashning ikki usuli mavjud.
Birinchi usulda sotilgan mahsulot uchun korxona tushumlaridan barcha ozgaruvchan xarajatlarni chiqarib tashlaydilar. Ikkinchi usulda esa marjinal daromad
hajmi korxona doimiy xarajatlari va foydasini kopaytirish yoli bilan belgilanadi.
Marjinal daromadning ortacha hajmi deganda mahsulot bahosi bilan ortacha ozgaruvchan xarajatlar ortasidagi tafovut tushuniladi. Marjinal daromadning ortacha hajmi buyumning doimiy xarajatlarini qoplashga qoshgan xissasi va olgan foydasini aks ettiradi.
Marjinal daromad koeffitsienti deb mahsulot sotishdan tushgan tushumdagi marjinal daromad hajmining ulushi yoki (alohida buyum uchun) tovar bahosidagi marjinal daromad ortacha hajmining ulushiga aytiladi.
Iqtisodiy nazariya amaliyotida CVP-tahlili otkazishning koplab usullari mavjud. Ularni sinchiklab organish shuni korsatadiki, zararsizlik nuqtasini belgilash va ularga tasir etmaydigan omillarni aniqlash uchun koplab formulalar qollaniladi (besh-ontacha). Shu bilan birga, amaliyotning oziyoq shunday bir har yoqlama formulani qollashni talab etadiki, u CVP-tahlilini tashkil etuvchi barcha baholarning ozaro aloqadorligini ornatishga va xiyla oddiy yol bilan har bir omilning tasirini aniqlashga imkon tugdirsin. Nazarimizda, bunday maqsadga erishish uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
N SЉЏ P
МЏ р
S ЉЏ P
S
ЌЌ
р ЏЏр
bunda N - tabiiy korsatkichlardan mahsulot hajmi; P - foyda sommasi;
Ts birl - doimiy xarajatlar sommasi; S doim - doimiy xarajatlar sommasi;
S birlozg - ozgaruvchan xarajatlarni mahsulot birligi sommasi; M birl - marjinal daromadning mahsulot birligiga sommasi.
S ЉЏ P
S
N
Do'stlaringiz bilan baham: |