Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Kalkulyatsiyaning tamoyillari‚ ob’ekti va usullari. Jarayonli‚ bo’limli va buyurtmali tannarxni hisoblash usullari



Download 0,83 Mb.
bet120/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Kalkulyatsiyaning tamoyillari‚ ob’ekti va usullari. Jarayonli‚ bo’limli va buyurtmali tannarxni hisoblash usullari

Ishlab chiqarish korxonalarida xarajatlar hisobini turli usullar bilan tashkil etish mumkin.


        1. Xarajatlarni baholash usuli bo’yicha;

        2. Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga nisbatan xarajatlar nisbati bo’yicha;

        3. Xarajatlarni mahsulot tannarxiga kiritishning to’liqligi bo’yicha. Xarajatlarini baholash usuli bo’yicha haqiqiy, normativ va rejaviy (taxminiy)

tannarx bo’yicha xarajatlar hisobi usullarini ajratib olish zarur.
Ґaqiqiy tannarx bo’yicha xarajatlar usulidan foydalanishda hisobot davridagi haqiqiy xarajatlar hajmi qo’yidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Hx=Mz x Fzx


bunda Hx - haqiqiy xarajatlar, Mz - foydalanilgan zahiralarni haqiqiy miqdori Fz - foydalanilgan zahiralarni haqiqiy bahosi.
Ushbu usul afzalligi hisob-kitoblarning oddiyligidadir. Quyidagi sabablarni ushbu usul kamchiliklariga kiritish mumkin:

  • foydalanilgan zahiralar miqdori va ularga qo’yilgan baholar nazorati uchun me’yoriy hujjatlar mavjud emasligi;

  • og’ishishlarni aniqlash, sabablari, aybdorlari va joyini aniqlash va tahlil etishning imkoniyati yo’qligi;

  • ishlab chiqarish jarayonida xarajatlarni hisob-kitoblari faqat hisobot davri oxirida o’tkazilishi mumkin va h.k.

Birinchi usulga nisbatan xarajatlar hisobining me’yoriy usuli nafaqat qanday xarajatlar bo’lishi, balki ular qanday bo’lishi kerakligini ham baholashga imkon beradi.
Me’yoriy xarajatlar deganda texnologiya o’zgarishiga tuzatishlar kiritish bilan bog’liq xarajatlarning joriy me’yorlari ta’kidlanadi. Amaliy faoliyatda ma’lumot operatsiyasi ishlab chiqarish korxonasidagi turli normalardan foydalanishlari mumkin: faqat miqdor bo’yicha, faqat baholar bo’yicha, miqdor va baholar bo’yicha birgalikda.
Faqat miqdor bo’yicha me’yorlardan foydalanishda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

Hx=Fzx(Kf+Mhx)


bunda Mhx - haqiqiy xarajatlarning foydalanilgan zahiralarning me’yoriy o’zgarishdan kelib chiqqan og’ishishlar.
Foydalanilgan zahiralarni faqat keragi bo’yicha normadan foydalanganda quyidagi formulani qo’llash mumkin:

Hx=(Tsn +Hhi)xKf


bunda Hhi - haqiqiy xarajatlarning normalardan baho zahiralari tufayli kelib chiqqan bo’lishi:
Foydalanilagn zahiralarning ham miqdori, ham bahosi bo’yicha normalardan foydalanganda quyidagi formula qo’llaniladi:

Hh=(Tsn +Hhi)x(Kn +Hhi)


Xarajatlar hisobini normativ usuli normativ kalkulyatsiyalarni har bir buyum bo’yicha majburiy dastlabki tuzilishni ko’zda tutadi, ular hisobot davrida boshi amal qiluvchi xarajatlar normalari bazasida hisob-kitob qilinadi. Tashkiliy va ilmiy-texnik tadbirlarni tatbiq etish, normalari va normativ xarajatlar yangilanish barobarida normativ kalkulyatsiyalar ham yangilanadi.
Normativ usul chog’ida xarajatlar roli belgilanish normalari doirasida va ulardan og’ishishlar bo’yicha olib boriladi. Mavjud og’ishishlar haqidagi axborot mahsulot tannarxini shaklantirish jarayonida tezkor ta’sir o’tkazish maqsadida boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun katta ahamiyatga ega.
Ushbu usulda mahsulotning haqiqiy normativ tannarxi har bir modda bo’yicha normalardan og’ishishlarini ulushiga qo’shish (olib tashlash) yo’li bilan belgilanadi.
Normativ usuldan muvaffaqiyatli foydalanish uchun quyidagi shartlar zarur:

  • zahiralar barcha turlari xujjatlarini belgilash;

  • normativ kalkulyatsiyalarni oldindan tuzish;

  • ham normalar doirasida, ham ulardan yuzaga kelish joyi, sabablari va aybdorlari nuqtai-nazaridan og’ishishlar o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini qayd etishga imkon beruvchi birlamchi xujjatlarni ishlab chiqish;

  • har bir ishlab chiqarish bo’linmasi va butun korxona bo’yicha mahsulot tannarxini shakllantirish ustidan o’rnatilgan nazorat natijasi bo’yicha tezkor boshqaruv qarorlari qabul qilish va yakunlar chiqarish bo’yicha ishlarni tashkil etish.

Me’yoriy usul ombor xo’jaligini to’g’ri tashkil etishni ham talab qiladi: omborda og’irlik o’lchov jihozlari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish baholarini esa - suv, gaz bug’, elektr quvvatini iste’mol qilish hisobi uchun asboblar bilan ta’minlash; korxonalar nomenklaturasini ishlab chiqarish; birlamchi xujjatlar va boshqa tashkiliy-texnik tadbirlarni sifatli rasmiylashtirishdan iborat.

  • normativ usul umuman xarajatlarni boshqarish vazifasini samarali hal etadi. Bu usulning asosiy afzalligi quyidagilardan iborat:

  • normativ kalkuliyatsiyalar tuzish yo’li bilan xarajatlar ustidan nazorat o’rnatish imkoni;

  • haqiqiy miqdorlarni normativ miqdor bilan taqqoslash yo’li bilan xarajatlar ustidan nazorat o’rnatish imkoni;

  • haqiqiy xarajatlarni normativ xarajatlardan og’ishishdagi yuzaga kelishidagi joy, sabablar va aybdorlarini aniqlash va tahlil qilish imkoni;

  • faqat hisobot davri oxiridagina emas, ishlab chiqarish jarayonida ham tezkor choralar ko’rish imkoni va h.k.

Ushbu usul kamchiliklari sohasiga hisob-hisoblash ishlari mehnat talabligining ortishi va xarajatlar normalari doirasida bo’ladigan ulardan og’ishishlar bo’yicha ham hisobni tashkil etish zaruriyatini kiritish mumkin.
Rejaviy (taxminiy) tannarx usuli bilan xarajatlar hisobini tashkil etishda mahsulot va buyum birligiga ketadigan taxminiy xarajatlarni olishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Bunda texnologiyaning ilg’or tajribali va ishlab chiqarishni, tashkil etishni, shu maqsadga mavjud zahiralarni hisobga olib materiallar, yoqilg’i, energiya, ish haqi xarajatlari va boshqa xarajatlarni progressiv normalaridan kelib chiqiladi. Ushbu usulning asosiy afzalligi shundan ibortki, rejaviy xarajatlar erishilgan darajaga emas, balki kelajakdagi taxminga asoslangan. Bunda texnologiya
xarajatlaridan, kelgusi davrga etkazib beruvchilarning baholar haqidagi ma’lumotlari, ekspert baholari va h.k. dagi foydalaniladi.
Asosiy faoliyatda xarajatlar rejaviy normalari sifatida eng yuqori darajadagi andozalardan va qo’lga kiritilgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
Qo’lga kiritilgan andozalar korxonalar faoliyatini aniq sharoitlarining nazarda tutilishi bilan belgilanadi: qabul qilinadigan zahiralarning sifati, chiqindilar, braklar foizi va h.k. Bunday standartlar korxonaning kelajakdagi xarajatlarini ancha aniq baholash imkonini beradi, biroq ularni pasaytirish qudratiga ega emas. Shu bois korxonada xarajatlar standartlarini shunday belgilash tavsiya etiladiki, ularga etishish uncha oson bo’lmasinu ammo mumkin bo’lsin.
Xarajatlarning standartlari nisbatan uzoq davrga belgilanadi, ham menejerlar qarorlar qabul qilishda ularga tayanib ish ko’ra olishadi. Biroq standartlarni dolzarbligini yo’qotmaslik uchun ularni vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqish zarur.
Amalda yillik rejani byudjetni ishlab chiqish jarayonida tez-tez shunday qilinadi.
standartlar xarajatlarning barcha turlariga belgilandi. Xarajatlar hisob-kitob formulasi normativ tannarx o’rtacha hisobda foydalanadigan formulaga o’xshab ketadi:

Zf=(Tsp=Ots)x(Xn+Ok)


bunda n - tegishli hajmlarning reja ma’nosidan indeksi.
Rejaviy (taxminiy) tannarx bo’yicha xarajatlar hisobi usulini barcha ijobiy xususiyatlarini saqlab qoladi, biroq ularga qaraganda ko’proq qo’shimcha afzalliklarga ega: normativ hajmlarga nisbatan rejaviy hajmlarni chuqurroq asoslanganligi taxminlar aniqligi nazorat samaradorligini oshirishini ta’minlaydi.
Texnologik jarayoniga nisbatan xarajatlar hisobini xarajat usullari nuqtai- nazardan tashkil etish mumkin: qayta taqsimlash bo’yicha (xarajatlar bo’yicha) va buyurtmalar bo’yicha.
Xarajatlar hisobini qayta taqsimlash (jarayonlash) bo’yicha usuli shunday ishlab chiqarishda qo’llanadiki, u erda tayyor mahsulot dastlabki normaini alohida texnologik tanaffusli bosqichlarda, foizlarda yoki qayta taqsimlashda obdon ishlov berish natijasida olinadi.
Qayta ishlov ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini shunday malakasiga aytiladiki, u oraliq mahsulot (yarmi tayyor mahsulot) ga ishlov berish yoki tugal tayyor mahsulot olish bilan nihoyasiga etadi.
Qayta ishlov usuli mohiyati shundan iboratki, xarajatlar hisobi qayta ishlovlar (jarayonlar) bo’yicha, ularning ichkarisida esa kalkulyatsiya moddalari va mahsulot turlari bo’yicha olib boriladi. Bu usulda bevosita xarajatlar har bir qayta ishlov bo’yicha,bevosita xarajatlar esa tsex, ishlab chiqarish, butun korxona bo’yicha hisobga olinadi, keyin esa bazalar qabul qilgan taqsimotga binoan qayta ishlov berilgan mahsulot tannarxi o’rtasida taqsimlanadi.
Ma’lumot koordinatsiyasida qayta ishlov bo’yicha usul kolbasa, konserva, pivo, alkogolizm mahsulotlari ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Xarajatlar hisobi qayta ishlov usulning ikki varianti mavjud: yarim mahsulot va yarim tayyor mahsulotsiz.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish