Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobini



Download 0,83 Mb.
bet116/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobini


tashkil etish.
Javobgarlik markazlari bo’yicha hisob g’oyasini birinchi bo’lib 1952 yilda Jon Xiggins olg’a surdi. Uning fikricha, javobgarlik markazlari bo’yicha hisob - bu bevosita, xarajatlarni boshqarish hisobidir. Bu hisob natijalari markaz hisobotida to’planadi va aks ettiriladi,. Uning quyidagi mashhur qoidasi ham J. Xiggins nomi bilan bog’liq: korxonaning har bir tuzilmaviy birligini u javob berishi mumkin bo’lgan va nazorat qiladigan faqat va faqat o’sha xarajatlar yoki daromadlar to’ldirib turadi.
O’zbekiston adabiyotiga “javobgarlik markazi” atamasi yaqinda kirib keldi va darhol qizg’in bahslarga sabab bo’ldi. Ayrim iqtisodchilar shunday hisoblay boshlashdiki, xarajatlar kelib chiqish joyi, xarajatlar markazlari va javobgarlik markazlari bir xil tushunchadir va ular faqat atamalari bilangina farq qiladi. Boshqalar esa arzimagan tafovut yuzasidan ularning bo’linishini maqsadga muvofiq emas deb o’ylashdi. Uchinchi guruh olimlar esa aksincha, ularni bittama-bitta qarab chiqishni taklif etmoqdalar. Masalan, P.S.Bezrukixning yozishicha, ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni “xarajatlarning yuzaga kelish joylari” (tsexlar va boshqa tuzilmaviy bo’linmalar) bo’yicha, keyin esa hisob ob’ektlari bo’yicha guruhlashtirish kerak Agar xarajatlarning kelib chiqish joylari-bu shubhasiz o’sha hisob ob’ektining o’zi ekanligi e’tiborga olinsa, muallif ularni bittama-bitta sanab o’tilgan boshqa ob’ektlardan ajratib olishga harakat qiladi. V.B.Ivashkevich xarajatlarni kelib chiqish joylariga (“xarajatlar joyi”) ishlab chiqarishni, uchastkalarni, bo’limlarni kiritadi, xarajatlar markazlariga esa - asbob-uskunalar guruhlarini, mashinalarni, ish joylarini kiritadi. U xarajatlar joylari va markazlari tushunchasining bir xil ma’noda emasligini maxsus ta’kidlaydi. Uning fikricha,
“xarajatlar joylarini ishlab chiqarish sohasida xarajatlar kelib chiqishining birlamchi markazlari yig’indisi sifatida qarab chiqish lozim” .
S.A.Stukov §arb hisobi tuzilmasi to’g’ri fikr yuritar “Korxonaning barcha tsex va bo’limlari odatda mutlaqo hisob-kalkulyatsion (ammo ishlab chiqarish emas) bo’linmalarni namoyon etuvchi markazlarga taqsimlangan deb ta’kidlaydi”.
Boshqa iqtisodchilar butun diqqat e’tiborlarini xarajatlar markazlariga qaratadilar, bilan ular xarajatlarning kelib chiqish joylarini birlashtirib yuboradilar. Masalan, S.S. Satubaldin fikricha, “urushdan keyingi yillarda AQSh sanoat firmalaridagi ishlab chiqarish xarajatlari ustidan nazoratni kuchaytirish uchun tsexlar yoki buyumlar bo’yicha ishlab chiqarish chiqimlari o’rniga chiqimlar markazlari bunyod eta boshladilar”. AQSh tajribasini umumlashtirar ekan, N.G. Chzionkova shunday xulosaga keldiki: “xarajatlar markazi xarajatlar tahlili hisobining bu xarajatlar ustidan nazorat o’rnatish uchun belgilanadigan birlamchi bo’g’inni o’zida namoyon etadi. Xarajatlar markazi tashkiliy birlik bilan mos kelishi mumkin (tsex, bo’lim, uchastka bilan) yoki bu tashkiliy birliklarning yanada kasrlashgan bo’linmalari bo’lishi mumkin. Foydalaniladigan asbob-uskunalar, ekspertizalar va funktsiyalarni bajarishishning yagonaligi xarajatlar markazlarining ajralib chiqishi uchun asos hisoblanadi”.
Bizning nazarimizda xarajatlar ajralib chiqish markazlarining asosiy tamoyillari tsexlarda foydalaniladigan jihozlar va bajariladigan operatsiyalar yagonaligiga erishish qiyinligiga ishora qiladi. Zamonaviy korxonalarning yirik tsexlari xarajatlar yagona maqsadli yo’nalishi bilangina cheklanib qololmaydi.
V.F.Paliy o’zining “Kalkulyatsiyalash asoslari” monografiyasida xarajatlar markazlarini o’z funktsiyalari va ishlab chiqarish operatsiyalarining bir xilligi, texnik jihatdan jihozlanishi va mehnatning tashkil etilishi darajasi, xarajatlarning yo’naltirilganligi bilan farq qiluvchi birlamchi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatuvchi birliklar sifatida ta’riflaydi. Uning fikricha, xarajatlarni yanada batafsillashtirish, xarajatlar ustidan nazoratni kuchaytirish va kal kulyatsiyalashtirish aniqligini oshirish maqsadida ularni hisob ob’ektlari miqyosida ajratish maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
V.F.Paliy korxonalar xo’jalik hisobi bo’linmalarini ham ana shu javobgarlik markazlariga kiritadi, uning fikricha, “Javobgarlik markazi-reja va me’yoriy xizmatlar ustidan nazoratni, jamoa va yakka shaxs mas’uliyati va tannarxni pasaytirishga manfaatdorlikni ta’minlovchi (javobgar shaxslar va xo’jalik hisobidagi bo’linmalar bo’yicha ishlab chiqarishga ketgan) xarajatlarni guruhlash zarur”.
Turli mualliflarning yuqorida bayon etilgan fikrlarni umumlashtirar ekanmiz, shuni ta’kidlash lozim, “Xarajatlar markazi” va “javobgarlik markazi” atamalari ikki turli tushunchani anglatadi, shu bois ularni sinonim sifatida qo’llash mumkin. Shu munosabat bilan biz L.V. Sokolovning “javobgarlik markazini xarajatlarning kelib chiqish markazidan farqlash zarur. Masalan, tsexdagi yoqiqlashmovchi- xarajatlarning kelib chiqish joyi, elektr energiya sarfini yozib boruvchi schetchik ko’rsatkichiga javob beruvchi odam javobgarlik markazidir” degan fikrini to’la qo’llab-quvvatlaymiz.
Javobgarlik markazi korxonani boshqarish tizimining bir qismini o’zida namoyon etadi va har qanday tizim kabi kirish va chiqishga ega. Kirish - bu xom- ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, mehnat va turli xizmatlar xarajatlaridir. Chiqish esa - bu javobgarlikning boshqa markaziga ketadigan yoki chetga sotiladigan mahsulot (xizmatlar)dir. Bunday sharoitlarda har bir javobgarlik markazi faoliyatini uning ishlash samaradorligi nuqtai nazarida baholash mumkin.
Javobgarlik markazlari bo’yicha hisobning asosiy maqsadi har bir javobgarlik markazi bo’yicha faoliyat xarajatlari va natijalari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va ular bo’yicha mavjud og’ishishlarni muayyan shaxs zimmasiga yuklashdan iborat.
Boshqarish nuqtai-nazaridan korxonaning javobgarlik markazlariga bo’linishi, nazarimizda, muayyan vaziyat xususiyati bilan belgilanishi va quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

  • javobgarlik markazlari korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi bilan bog’langan bo’lishi:

  • har bir javobgarlik markazida faoliyat hajmini aniqlash xarajatlarni hisoblash va ularni taqsimlash uchun baza vazifasini bajarishi;

  • har bir javobgarlik markazi menejerning vakolatlari va javobgarligi sohasini

aniq belgilashi zarur. Menejer faqat u nazorat qila oladigan ko’rsatkichlar uchun javob beradi;

  • har bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarini o’rnatish zarur;

  • javobgarlik markazi menejerlari o’tgan davr uchun markaz faoliyati tahlilini o’tkazishda va kelgusi davrga rejalar (byudjetlar) tuzishda ishtirok etishlari lozim.

Bundan tashqari, korxonani javobgarlik markazlariga bo’lishda tegishli markazlar rahbarlarining bahona va etirozlariga ta’sir qila oladigan ijtimoiy- psixologik omillarni hisobga olmoqlari zarur.
Shuni nazarda tutish lozimki, ishlab-chiqarish korxonasini javobgarlik markazlariga bo’lish tarmoq xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va tashkil etilishi, dastlabki materiallari, ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibi, texnik jihozlanish darajasi va boshqa omillarga bog’liq.
Javobgarlik markazlarini tashkil qilish jarayoniga korxona ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalari o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Korxona ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish turlarini, tsexlar, xizmatlar tarkibi va tuzilmasini, ularning quvvatini, ishlab chiqarishni boshqarishning har-bir darajasidagi tuzilish va o’zaro bog’liqlik shakllarini o’zida ifoda etadi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi esa ish o’rinlarini o’zida aks etadi. Aslida u korxona faoliyatining ayrim turlari va korxonaning asosiy vazifa va maqsadlarini boshqarish bo’yicha kelishuvini ta’minlaydi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi doirasida boshqarishni tashkil etishning quyidagi shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin: chiziqli, funktsional, chiziqli - funktsional, matritsali.
Chiziqli deganda “vertikal bo’yicha” boshqarish tushiniladi, bunda quyida turuvchi bo’g’inlar qat’iy ravishda yuqorida turuvchi bo’g’inlarga bevosita bo’ysunadi. Odatda chiziqli tizim ishlab chiqarish tsexlari va korxona uchastkalarini boshqarish uchun xarakterlidir.
Funktsional boshqarish - bu alohida funktsiyalar bo’yicha boshqarishdir (moliya, ta’minot, sotish, kadrlar, loyiha - konstruktor va texnologik ishlovlar, ish yuritish, tashqi iqtisodiy aloqalar va hokazolar). Bunda yuqorida turuvchi bo’g’in barcha yoki qisman quyilarga, ammo faqat birgina funktsiya doirasida rahbarlik qiladi. Funktsional boshqarish shartlarida bir shaxs, bo’linmada turli funktsiyalar bo’yicha ham rahbarlik qilishi mumkin.
Amaliyotda boshqarishning chiziqli – funktsional tuzilmasi eng ko’p qo’llaniladi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo’linmalar mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha asosiy faoliyat bilan shug’ullanadi, ixtisoslashgan funktsional bo’linmalar esa (marketing bo’limi, reja, moliya bo’limlari, karlar bo’limi) asosiylariga xizmat qiladi. Bu holda boshqaruvning ixtisoslashuvi, uning tamoyillari va yakkaboshchilik birgalikda to’laroq amalga oshiriladi. Tayyorlanadigan qarorlarining yuksak darajaliligi va har bir ishlab chiqarish bo’g’iniga yoppasiga rahbarlik qilish ham ta’minlanadi.
Matritsiali tuzilmada funktsional bo’linmalar bilan baravar muayyan ishlab chiqarish vazifalarini hal etish uchun maxsus organlar (loyiha guruhlari) tuziladi. Bu guruhlar boshqaruv ierarxiyasining turli darajalarida turgan alohida funktsional bo’linmalar mutaxassislaridan tarkiyu topgan.
Matritsali tuzilmaning afzalligi shunda namoyon bo’ladiki, u tashkilot ichkarisidagi to’siqlarni bartaraf etish imkonini beradi, bunda funktsional
ixtisoslashish rivojiga halal etmaydi. Funktsional qiymat tahlili (FQT) guruhning vujudga kelishi ham bunga misol bo’lishi mumkin.. Uning maqsadi eng kam xarajat qilgan holda eng yaxshi xulosali va o’lchamli (parametrli) yangi buyumni ishlab chiqarishga erishidir.
Boshqarishni tashkil etishning matritsali shakli eng ko’p darajada rahbarlarning hamjihatlikdagi faoliyatining markazlashgan guruh a’zolarining shaxsiy qobiliyatlariga namayon bo’lishi uchun sharoitlar yaratadi.
Tashkiliy tuzilmaga muvofiq javobgarlik markazlarini tuzish har bir bo’linma faoliyatini muayyan shaxslar mas’uliyati bilan bog’lashga, har bir bo’linma natijalarini baholashga va ularning korxona faoliyati natijalariga qo’shgan hissasini aniqlashga imkon beradi.
Bu bo’linmalar bo’yicha boshqaruv hisobini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun ularni quyidagi belgilaridan kelib chiqqan holda tasniflash zarur deb bilamiz:

  • vakolatlar va javobgarlik g’o’lami;

  • markaz bajaradigan funktsiyalar.

Vakolatlar va javobgarlik qo’lamidan kelib chiqqan holda javobgarlik markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investitsiyalar markazlariga bo’lmoq zarur.
Xarajatlar markazi – bu faqat xarajatlargagina javob beradigan korxonaning tuzilmaviy bo’linmasidir (masalan, ishlab chiqarish uchastkasi,ishlab chiqarish tsexi, konstruktorlik byurosi va h.k.). Shunday markaz doirasida nazorat,tahlil qilish va boshqarish maqsadida ishlab chiqarish omillari xarajatlarining rejalashtirilishi, me’yorlashtirilishi va hisobi tashkil etiladi.
Xarajatlar markazini, o’z navbatida, boshqariladigan va erkin xarajatlar markazlariga bo’lish zarur.
Boshqariladigan xarajatlar markazi uchun mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va hamma o’rtasidagi samarali munosabat belgilanadi. Masalan, ishlab chiqarish tsexida materiallar xarajati me’yorlari, mahsulot birligini me’yoriy mehnat talabiga va h.k. mavjud, materiallar va mehnat haqiga ketadigan umumiy xarajatlar me’yoriy xarajatlarni mahsulot birligiga va rejalashtirilgan mahsulot hajmiga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Shunday markazlarning xarajatlarini boshqarish oldindan tuzilgan moslashuvchan byudjetlar yordamida amalga oshriladi. Boshqariladigan xarajatlar markazining rahbari eng avvalo mahsulot birligiga ketadigan xarajatlarni eng kam miqdorga keltirishga javob beradi va uning faoliyati mahsulot birligiga ketgan me’yoriy va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan baholanadi.
Erkin xarajatlar markazi faoliyati uchun samarali o’zaro nisbat mavjud emas. Tashkilot rahbariyati bunday markazlar xarajatlari hajmiga ta’sir qila olmaydi va uni tayyor hajmi sifatida qabul qiladi. Konstruktorlik byurosi, kimyoviy-texnik nazorat laboratoriyasi va h.k. lar erkin xarajatlar markazlariga misol bo’la oladi.
Sotish markazi javobgarlik markazining bir turi hisoblanadi, rahbari faqat kirimga javob beradigan (biroq hor sotish bo’limi, ekspeditsiya, do’koni, ombor uchun emas) bo’linmadir. Bunday markaz faoliyatiga ketgan xarajatlar va tushum miqdori o’rtasida o’zaro bog’liqlik deyarli yo’q, shu munosabat bilan sotishdan tushgan tushum, shuningdek uni belgilovchi ko’rsatkichlar: sotish hajmi, sotuvdan olingan tushum va baho asosiy nazorat nazorat qilinadiganuvchi ko’rsatkich hisoblanadi.
Javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil etish shuni ko’rsatdiki, har bir bo’linma faoliyati natijalarini baholash uchun har bir muayyan javobgarlik markazining olishi kutilayotgan foyda hajmini belgilash zarur. Bunday sharoitda javobgarlik markazlari doirasida foyda markazlari tuzish alohida ahamiyatga ega.
Foyda markazi – bu bo’linma rahbari ham xarajatlar, ham foyda uchun javob beradigan bo’linmadir. Bunday markazlarda daromad ishlab chiqarilgan mahsulotning pul ifodasi, xarajat-foydalanilgan zahiralarining pul ifodasi, foyda esa- daromad va xarajat o’rtasidagi farqdir. Foyda markazi menejeri baho va sotish hajmini, shuningdek xarajatlarni nazorat qiladi. Shu bois bunday markaz uchun asosiy nazorat qilinuvchi ko’rsatkich bilan foyda belgilanadi.

Bosh texnolog xizmati


Sotish bo’limi









Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish