SUYUNOVA YULDUZ REJA: 1. Ishlab chiqarishni ilmiy-texnik tayyorlashning mohiyati va ahamiyati 2. Mahsuloti loyihalashtirishni tashkil etish 3. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning mazmuni va uni tashkil etish 4. Ishlab chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy tayyorlash Bozor munosabatlariga o‘tish sanoat korxonalari mahsulotini doimiy yangilab turishga olib keladi. Ishlab chiqarishni tayyorlashga korxonaning ishlab chiqarish moddiy — texnik bazasini rivojlantirish, mehnatni, boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha faoliyati, chunonchi: - tayyorlanayotgan mahsulot, texnika, texnologiya, terma materiallarni, ishlab chiqarishni, mehnat va boshqarishni tashkiliy takomillashtirish bilan bog‘liq amaliy tadbirlarni o‘tkazish; - yangi mahsulotni loyihalashtirish va oldingilarini zamonaviylashtirish; - mahsulot tayyorlashning texnologik jarayonlarini tanlash; - ishlab chiqarish, mehnat va boshqarishni tashkil etish usullarini ishlash; - instrumentlar, asbob-uskunalarni loyihalashtirish va tayyorlash; - ishlab chiqarishning moddiy-texnik ta’minoti; - xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; - texnologik, texnik va tashkiliy hujjatlarni ishlash kiradi. Ishlab chiqarishni tayyorlash jarayonini quyidagi ikki qismga bo‘lish mumkin: - ilmiy izlanishlar davri; - ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarishda ishlatish, ya’ni ishlab chiqarishni texnik tayyorlash. Ishlab chiqarish konstruktorlik jihatidan tayorlash yangi mahsulotni loyihalashtirish va chiqarilayotgan mahsulotni mukammallashtirish bo‘yicha ishlar yigi’ndisidir. Mahsulotni konstruktorlik jihatidan tayyorlashning maqsadi uni ishlab chiqarish va sotish foydali ekanligini,aholining tegishli ehtiyojlarini qondira olishni aniqlash va ixtisoslashtirishdir. Ishlab chiqarishni konstruktorlik jihatdan tayyorlashni tashkil etishga qator talablar qo’yiladi: - qayta loyihalashtirilgan mahsulotlarning texnik-iqtisodiy tavsiflarini fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlariga muvofiqligi; - ishlab chiqarishni konstruktorlashning iqtisodiy jihatdan afzalligi; - konstruktorlik ishlarining muntazam olib borilishi; - ishlab chiqarishni konstruktorlashning yuqori sifatliligi. Yangi mahsulotni loyihalashtirganda konstruksiyaning yuqori texnologiyaliligi, ya’ni standartlash va unifikatsiyalash darajasini oshirish yordamida loyihalashtirish va tayyorlash, mehnat va moddiy xarajatlar qisqartirilishini ta’minlash kerak. Konstruktorlik unifikatsiyasi detal shakllari va o‘lchovi, xom-ashyo markasi, mahsulot turlari va konstruksiyalari dalilsiz ko‘pligini yo‘qotish chora-tadbirlar to‘plamidir. Konstruktorlik unifikatsiyasining muhim yo‘nalishlardan biri bir xil yoki o‘xshash ishlatish mohiyatiga ega mahsulot va ularning elementlari miqdorini qisqartirishdir. Unifikatsiya mahsulot nomenklaturasini qisqartiradi, konstruksiyaning texnik darajasini oshiradi, mahsulot o‘rganiladigan vaqt hamda unifikatsiyalashgan uzel va detallar tayyorlash jarayonini qisqartiradi. Standartlash aniq soxada hamma qiziqadigan tomonlarning foydaliligi uchun olib borilgan tarkibiy faoliyatining aniq talab va qoidalarini, birliklarini belgilash, ayniqsa, ishlatish sharoitlari va xavfsizlik talablari qat’iy amal qilgan holda maqbul tejamga erishishdir. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash quyidagi ishlardan iborat: - texnologik jarayonlarni loyihalashtirish; -texnik tomondan dalillangan zarur normativlarni aniqlash; - texnik nazorat usullarini tanlash; - amaldagi texnologik jarayonlarni mukammallashtirish; - texnologik jarayonlarni tashkil etishni yaxshilash; - maxsus instrumentlar, asboblar va hokazolarni konstruksiyalash, tayyorlashning texnologik jarayonini ishlash, tajribada tekshirish va ishlab chiqarishga kiritish. Tashkiliy-iqtisodiy tayyorlash yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va hamma zarur nar-salar bilan ta’minlash bo‘yicha choralar yig‘indisidir. Mavjud bosqichda ishning hajm va mazmuni ishlab chiqarish turi, mahsulot ishlab chiqarishning qiyinligi, uni tayyorlash vaqti bilan bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy tayyorlashning asosiy vazifalari quyidagilar: - ishlab chiqarishni zarur asbob-uskuna va anjomlar bilan ta’minlash; - asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni, mehnat va ish xaqini tashkil etish; - sex va uchastkalarning ixtisoslash va kooperatsiyalash shakllarini tanlash; - oqim-ishlab chiqarishni konsruksiyalashtirish uchun kalendar rejali normativlar ishlab chiqish; - qayta konstruksiyalashning hajm va mazmuni talab qilsa boshqaruv bo‘linmalarini qayta qurish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |