MUNDARIJA:
KIRISH ....................................................................................................................2
I BOB. ETNOGRAFIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR VA UNING ASOSIY VAZIFALARI............................................................................4
1.1 Etnografiya haqida umumiy tushunchalar .....................................................4
1.2 Etnografiyaning asosiy vazifalari.................................................................14
II BOB. O'ZBEKISTONDA ETNOGRAFIYA VA ETNOGRAFIK TADQIQOTLAR...................................................................................................20
2.1 O’zbekistondada Etnografiya tarixi..............................................................20
2.2 O'zbekistonda etnografik tadqiqotlar............................................................26
XULOSA ...............................................................................................................35
ADABIYOTLAR RO'YXATI .............................................................................36
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida yosh avlod qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimining o‘rni yuksakligiga alohida e’tibor qaratib “... farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”1, - deb ta’kidlab o‘tadi.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish mushkul vazifa hisoblanadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘z ustida mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. Tarixchilikning katta yutuqlaridan biri arxeologiyaga katta e`tibor berganligi bilan belgilanadi. Jamiyat tarixi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji va shu asosda ishlab chiqarish munosabatlarining turli davrda o`zgarib borishidan iborat ekanligi fanda e`tirof etilgach, tarixni ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarga ajratib davrlash masalasi kun tartibiga qo`yildi. Tarixchilikda butun insonyyat tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi: 1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davri. 2. quldorlik davri. 3. Feodalizm davri. 4. Kapitalizm davri. Hozirgi fanning aniqlashiga ko`ra, kishilik jamiya-ti tarixi bir million yilga yaqinlasha boradi. SHu uzoq davrning oxirg`i ming yillaridangina sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik jamiyati vujudga kelgan bo`lib, unga qadar o`tgan davrlar ibtidoiy jamoa davrini, ya`ni sinf paydo bo`lgunga qadar o`tgan davrni o`z ichiga oladi. O`zbekistonda tarix fani rivoj topgunga qadar, birinchidan, tarixni ishlab chiqarish usullariga qarab davrlashtirish yo`q edi. O`zbekistonda, umuman O`rta Osiyoda ibtidoiy jamoa davri bo`lganligiga shubha bilan qaralgan edi
Do'stlaringiz bilan baham: |