1. Ma’lumki, dunyoning deyarli barcha davlatlarida turli dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilar yashaydi. Hatto aholisining aksariyati nasroniylar bo’lgan G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ham musulmonlar ko’p. Jumladan Norvegiya aholisining 1,8 foizi, Shvetsiyada 5 foizi, Buyuk Britaniyada 4,6 foizi, Fransiyada 8 foizi, Ispaniyada 3 foizi, Finlyandiyada 0,8 foizi, Gollandiyada 6 foizi, Belgiyada 6 foizi, Avstriyada 5,7 foizi, Germaniyada 5,2 foizi islom diniga e’tiqod qiluvchilardir. Shu bois dinlararo bag’rikenglik g’oyasini butun dunyoda targ’ib va tashviq etish insoniyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Shuning uchun ham BMT 2011-yilning 1-7-fevral kunlarini «Dinlararo munosabatlar uyg’unligi xalqaro haftaligi» deb e’lon qildi. Yuqoridagi omillarga ko’ra, bashariyat diniy tolerentlik, millatlararo totuvlikni umuminsoniy qadriyatlar sifatida e’tirof etmoqda. Millatlararo totuvlik, diniy tolerantlikning huquqiy asosini Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy huquqlari to’g’risidagi xalqaro pakt singari hujjatlar tashkil etadi.
O’zbekiston mustaqilligini qo’lga kiritgach inson, uning huquq va manfaatlarini eng oliy qadriyat sifatida e’lon qildi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi
qonunida diniy tolerantlik, millatlararo totuvlik g’oyalari mustahkamlab
qo’yildi.Bugun O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda, 16 ta diniy konfessiya faoliyat ko’rsatmoqda. Bu O’zbekiston Respublikasi ko’p millatli, ko’p konfessiyali davlat ekanligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, O’zbekiston xalqi o’z mentalitetiga ko’ra bag’rikeng, ko’p dinli xalq bo’lganligi sababli uning davlati ham ko’p dinli, ko’p millatlidir. Shu bois O’zbekiston tarixida milliy va diniy asosda sodir bo’lgan urushlar kuzatilmaydi. Bu o’zbek xalqining boshqa millat vakillariga nisbatan doimo hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo’lganligidan dalolat beradi.
Demak, diniy tolerantlik, millatlararo totuvlik o’zbek xalqining ruhiyatidan kelib chiqqan ijtimoiy hodisadir. Ammo, ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekistonda millatlararo, dinlararo to’qnashuvlar keltirib chiqarishga urinishlar o’tmishda doimo bo’lgan va bugun ham bunday harakatlar zamonaviy ko’rinishlarda bo’lib turibdi.
Respublikada Qur’oni Karim, Eski Ahdning 16 ta kitobi va Yangi Ahd to’laligicha o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Yuzlab masjid, cherkov va ibodatxonalar, shu jumladan, Toshkent, Samarqand va Navoiy shaharlaridagi pravoslav ibodatxonalari, Toshkentdagi katolik kostyoli, Samarqanddagi Arman cherkovi qurildi va ta’mirlandi.1992-yilda buyuk yurtdoshimiz, muhaddislar sultoni Imom al-Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» («Ishonarli to’plam») asarining to’rtinchi jildi tarjimasi 200 ming nusxada va uchinchi jildi 1994-yilda, ikkinchi jildi
1996-yilda 200 ming nusxadan chop etildi. O’sha yili Qur’oni Karimning
birinchi o’zbekcha tarjimasi Alouddin Mansur tomonidan amalga oshirilib,
«Cho’lpon» nashriyotida 100 ming nusxada chop etildi. 2002-yilda Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi tarjimasi nashr etildi.
Shuningdek, 2018 yil 16 aprelda O’zbekiston Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilar diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari etib belgilandi:
2. Diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik masalasi boshqa davrlarda bo’lgani kabi, O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy va huquqiy islohotlarning yangi bosqichida ham Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan ustuvor yo’nalish sifatida e’tirof etib kelinmoqda. Xususan, Prezidentning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Prezident quyidagi fikrlarni bildirdi: «O’zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik sohasida o’z an’analariga doimo sodiq bo’lib, oda’ldan hech qachon og’ishmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o’rtasida o’zaro hurmat, do’stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e’tibor qaratiladi. Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. Xabaringiz bor, yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisi tomonidan muhim bir hujjat – «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017 yil 19 sentyabrda Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida O’zbekiston tomonidan ilgari surilgan edi. Bizning taklifimizni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lgan 193 ta davlat keng qo’llab-quvvatlaganijahon hamjamiyati tomonidan O’zbekistonning sa’y-harakatlariga berilgan yuksak odaa e’tirof sifatida barchamizga katta mamnuniyat va g’urur-iftixor bag’ishlaydi.
3. Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv o’rnatishga qaratilgan siyosiy kurashning o’ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo’llaniladi. Terrorchilar aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri bunday harakat tarafdorlarining «zo’rlik – davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keluvchi maqsaddir», degan g’oyaga asoslanib harakat qilishida yaqqol ko’rinadi. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo’lmayotgan, tinchlik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat ko’rsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo’rlik bilan hal qilishga intilishida ko’rinadi.
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima va qo'rquv uyg'otishga qaratilgan siyosiy kurashning yovuz usulidir. U yashirin tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo'llanadi. Mana shunday sharoitda din niqobi ostidagi ayrim g'arazli kuchlar O'zbekistondagi vaziyatni izdan chiqarish, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag'darish orqali islom davlatini qurish g'oyalarini ilgari surmoqda. Diniy ekstremistik kuchlar jamiyat uchun an'anaviy bo'lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlar tizimini inkor etib, ularga zid bo'lgan «g'oyalar» va amallarni agressiv tarzda targ'ib qilishga intilmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, hozir dunyoda 500 dan ortiq terrorchilik tashkiloti mavjud bo'lib, ularning 80 foizi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritmoqda Avvalo kundan-kunga kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo'lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o'ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma'naviy tarbiya bilan javob berish mumkin.
4. Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi - ishonch dеmakdir. Shariatda esa janob payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom Olloh tarafidan kеltirgan barcha xabarlarga til bilan iqror bo’lib, dil bilan tasdiqlashga iymon dеyiladi. Ya’ni Qur’oni Karim va hadisi Shariflar orqali Olloh to’g’risida, jannat, do’zax, qiyomat kabilar haqida bеrilgan xabarlarga ishonch - iymondir.
Ma’naviy-axloqiy fazilat sifatida esa iymon faqat odamzotgagina xos ruhiy xodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hеch bir maxluqotda iymonning o’rni-tagi ham yo’q. Binobarin, odamzot jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas dеb bilishi, ya’ni iymon kеltirishi bilan ajralib turadi. Iymon kishi ma’naviyatining, axloqining o’q ildizi, poydеvori, nеgizidir. Iymondan mahrum kimsaning aqli nеchoqli o’tkir, irodasi naqadar cho’ng bo’lmasin va shular tufayli o’zligidan qanchalik maqrurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga hеch qachon kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zеro, iymonsiz odam na Ollohdan qo’rqadi va na bandalardan uyaladi. U o’z nafsining itoatkor quli bo’lib, har qanday razolat va pastkashliklardan qaytmaydi. Olloh hammamizni shundan asrasin. Buning uchun iymon yo’lini tutishimiz lozim.
Iymonning mohiyati azaldan olam va odamzotning kеlib chiqishi, odamning olamdagi o’rni qanday, inson umrining ma’nosi nimada, zoti bashar nimaga da’vat etilgan, u nimalarga qodiru, nimalarga noqodir singari muammolar tashkil etib kеladi.Bundan 1400 yil muqaddam Ollohning irodasi bilan Muhammad alayhissalom faoliyatlari tufayli bunyodga kеlgan islom ta’limotiga ko’ra, iymon mohiyatini Qur’oni Karimning quyidagi surasi ochib bеradi: «Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rosulihi val yavmal oxiri va qodari xayrihi va sharrihi minallohi taolo val ba’si ba’dal mavt haqqun. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashxadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh». Mazkur suraning ma’nosi esa taxminan shunday: «Chin ko’nglim ila iymon kеltirdim: Ollohi taologa va uning farishtalariga va uning kitoblariga va uning payqambarlariga ham bu dunyo yo’q bo’lib oxirat kuni bo’lmoqiga va qadarga, ya’ni yaxshi va yomon ishlar har qaysisi ilohi taolodan bo’lmoqligiga va o’lgandan so’ng qabrdan tirilib va bularning hammasi haqiqat ekaniga. Dilim birla guvohlik bеrurman, albatta Ollohdan o’zga hеch ma’bud yo’qdir. Yana guvohlik bеraman, albatta Muhammad Ollohi taoloning bandasi va barcha bandalariga din ahkomlarini o’rgatmoq uchun yuborgan payg’ambaridur».
Diniy iymon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kеlgan dunyoviy iymon ham bor. Dunyoviy iymon mazmunini olam va odam haqida so’nggi ikki yarim ming yil mobaynida kashf etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mеhnat ahlining to’plagan hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-tuman udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analar va ular zamiridagi bilimlar tashkil etadi. Dunyoviy iymonning o’zagi odamiylikdan iborat bo’lib, uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar g’oyat turli-tumandir. Odamiylik dеganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o’tib sayqal topib kеlayotgan va faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan axloqiy qadriyatlarni tushunsak bo’ladi. Odamiylik g’oyasi xalqimizning butun turmush tarziga, urf-odatlari hamda an’analariga, uning mislsiz boy oqzaki va yozma ijodiga, mumtoz adabiyotimiz va san’atimizga singib kеtgan bo’lib, hozircha chuqur o’rganilib umumlashtirilgani yo’q. «Odam bo’lish oson, odamiy bo’lish qiyin», «Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l», «O’zingga ravo ko’rmaganni boshqaga ravo ko’rma», «Yomon o’z qamida, yaxshi - el qamida» singari hikmatlarda ajdodlarimiz ardoqlagan insoniylik qadriyatlarining bir zarrasigina aks etgan, xolos.
Diniy va dunyoviy iymonning mohiyatida andak tafovut bo’lsa ham, ularning mazmuni va shakliy tuzilishi bir xil. Chunonchi, diniy iymonda ko’proq Ollohga, dunyoviy iymonda esa odamiylikka, chin insoniylikka urqu bеriladi. Ularning har ikkovi ham aslida kishini chinakam, bosh harflar bilan yoziluvchi INSON bo’lib tarbiya topishiga qaratilgan.
5. 2018 yil 16 aprelda O’zbekiston Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilar diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari etib belgilandi:
— «Jaholatga qarshi ma’rifat» ulug’vor g’oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish;
— islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo’shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o’rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish;
— dinni zo’ravonlik va qon to’kish bilan bir qatorga qo’yadigan buzg’unchi yot g’oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish;
— jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo’lgan g’oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish;
— jamiyatda bag’rikenglik, o’zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish;
— diniy-ma’rifiy tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, soha vakillari mehnatini munosib rag’batlantirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
— globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug’dirishi mumkin bo’lgan omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan axborot-tahliliy faoliyatni kuchaytirish;
— diniy va dunyoviy bilimlar uyg’unligini rivojlantirish asosida ta’lim sifatini oshirish, diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |