Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)  www.ziyouz.com



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
52
17
Ayol bilan raisimiz oldin-ketin qaytib keldi. 
— Molodets, mash’al brigadir! — dedi ayol. — Partiya-hukumatimizga ana shunday quyoshda 
toblangan paxtakorlar kerak! 
— Qulluq, —dedim. 
— Bizga qanday xizmatlar bor? 
— Xizmat yo‘q. Bari nima to‘kin-sochin. 
— Ishlaringizga muvaffaqiyat tilayman! 
— Tag‘in bir qulluq. 
Ayol dalalarimni qaradi. Oqtuproq dalam ekuvsiz ekanini bilib qoldi. 
— Nega hozirgacha chigit ekilmagan? — dedi. Raisimiz qirinib yo‘taldi. Bayon etish uchun 
shaylandi. Yana-tag‘in menga qaradi — o‘zing ayt, degan bo‘ldi. 
Men nima deyin? 
Rahmatlik maktab direktorimizni qizginasi, chin, oqtuproq dalam ekuvsiz yotibdi, boisi — qurib-
qaqshab yotibdi, oppoq changib yotibdi, deyinmi? Oqtuproq dalam mirob marhamatini qarab yotibdi
deyinmi? 
Men miq etmayin qarab tura berdim. 
— Maza yo‘q-ku, mash’al brigadir? — dedi ayol. Endi nima deyin? 
O‘ynab qo‘yay, rahmatlik maktab direktorimizni qizginasi, o‘ynab qo‘yay, oqtuproq dalamga ayni 
shu holida chigit ekayin — chigitim unmaydi, deyinmi? Chigitim unsa-da, uch-to‘rt ko‘saklikkina 
nimjon g‘o‘za bo‘ladi, hosili bir terimdan ortmaydi, deyinmi? 
— Bu dalamiz oqtuproq dala... — dedim. O‘ynab qo‘yay, qaldirg‘och uya turmakkinangizdan 
o‘ynab qo‘yay, mirob oldin suv bersin, men oldin oqtuproq dalamni suvlayin, keyin toblayin — ana 
undan keyin ekayin, deyinmi? 
— O, tem bolee, oqtuproq! — dedi ayol. 
— Shunday, shunday, — dedim. 
— Oqtuproq yerga birinchi bo‘lib ekish kerak! Ekkanda ham tig‘iz ekish kerak! To‘g‘rimi, 
o‘rtoqlar? 
— Dono fikr! — dedi raisimiz. — Hikmatli gap!
Men nima deyishimni bilmadim - tilim aylanmay qoldi. 
Ayol o‘ng qo‘l oppoq qo‘lqopini sug‘urdi. Yerga qo‘l uzatdi. 
— Qani, ko‘raylik-chi, —dedi. 
Ayol bir siqim tuproq oldi. Yuzlari oldiga olib keldi. Sinchiklab tikildi. 
— O, mash’al brigadir! — dedi. — Bu yer emas asal, asal! Shunday asal yerni kuttirib o‘tiribsiz-a. 
Yaxshi emas, mash’al brigadir, yaxshi emas. 
— Ekamiz, ekamiz, — dedim. 
— Eking, kechiktirmay eking! Anavi turgan traktor chigit ekadimi? O‘shani tez buyoqqa olib 
keling! 
Men endi nima deyin? 
O‘ynab qo‘yay, qaldirg‘ochuya turmakkinangizdan o‘ynab qo‘yay, anavi oppoqqina kaftingizdagi 
yer emas, u bir chang, g‘o‘za changda ko‘karmaydi, g‘o‘za yerda ko‘karadi, deyinmi? 
Meni hamisha dalalarim qo‘llaydi, Meni hamisha dalalarim quvvatlaydi. Meni hamisha dalalarim 
yoqlaydi. 
Bu safar-da dalalarim qo‘lladi: ayol oqtuproqni tashlab edi — oqtuproq deyarli yerga tushmadi! 
Oq-tuproq changib-changib uchdi! 
Ayol bet burdi. Ayol bet o‘girdi. 
— Fu-u - deya kafti bilan chang quvdi. Raisimiz tirsagimdan chet tortdi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
53
— Choping, traktorni olib keling, — deya shivirladi. 
Men ketimga qarab-qarab yo‘l oldim. Men umidlanib-umidlanib yo‘l oldim. 
Ayol, mayli, qo‘ya bering, deydimikin, deya umidlandim. 
Traktordan sado chiqdi — ayoldan sado chiqmadi. 
Oqtuproq dalamga traktor soldim 
Ayol traktor ketidan mamnun-mamnun bosh irg‘ab qaradi. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish