www.ziyouz.com
kutubxonasi
60
Inchunin, ayolimizdan rang ketdi. Bet-boshi zahildan-zahil bo‘ldi.
Ko‘zlari suzilib qoldi. Darmondan qoldi.
Ko‘nglim hadik oldi. Eshagimni mindim-da, Rasul do‘xtirga bordim.
Rasul do‘xtir qutisini kovladi. Oldimga bir-ikkita dori tashladi.
— Mana shularni bir kunda uch martadan ichirasiz, — dedi, — uch kun ichsa, o‘zidan-o‘zi yaxshi
bo‘p ketadi.
— Oldin o‘zini borib ko‘ring-da, do‘xtir.
— Ko‘rish shart emas, ko‘rmasdai bilaman.
— Nimani bilasiz?
— Dardini bilaman. Hozir kun qiziyapti. Vitamin yetishmayotganda, vitamin.
— Vitamin bor, do‘xtir, vitamin bor.
— Vitamin yetishmaydi, vitamin! Shunday kun tig‘ida paxtada ishlashni o‘zi bo‘lmaydi. It azob, it
azob! Bari dard ana shundan.
— O‘ynab qo‘yay, do‘xtir, o‘ynab qo‘yay, vitaminlaringizdan. O‘zlarimiz paxta ichida o‘sdik.
Xudoga shukur, mana, otdaymiz. Vitamin tugul, hamma narsamiz bor! Yuzimizga qarang, kim aytadi,
bizda vitamin yo‘q deb?
— Endi, siz erkak odamsiz.
— O‘lmang, bir ro‘zg‘orda bir odamda vitamin bo‘lsa bo‘ldi-da. Ro‘zg‘orboshida vitamin bo‘lsa
bo‘ldi-da. Yuring-e, do‘xtir-e, ayolimiz ko‘p yomon bo‘p qoldi-e!
— Xo‘p, boraman, qanday borib kelaman?
— Mana, eshagimda g‘ir etib olib borib, g‘ir etib olib kelib qo‘yaman.
— Xo‘p, unda, yuring.
Rasul do‘xtirni mingashtirib keldim.
Shiyponda ayolimizni ovoz berib chaqirdim.
Dalada tizilishib ketmon chopmish ayollar qad rostladi. Qo‘llarini qoshlariga soyabonlab qaradi.
Men qo‘limni peshlab, ayolimizni ko‘rsatdim. Ayolimizni aytib yuboringlar, degan bo‘ldim.
Kun ketdi.
Osmon zig‘ir gulday-zig‘ir gulday bo‘ldi.
Qiblatohda uch kunlik oy bo‘y-bo‘yladi. Oy o‘roqday bel-bel bo‘yladi.
Ayolimiz daladan keldi. Shiypon ketida iyak-chakkasini ro‘moli bilan o‘rab turdi. Menga qarab
iyak siltadi — nima deysiz, degan bo‘ldi.
— Berman kel, — dedim. —Mana, do‘xtir bovani olib keldim, seni bir ko‘rsatayin, dedim.
Ayolimiz ro‘molini bo‘ynidan oshirib o‘radi, yerga qaradi. Kalishi uchi bilan yer chizdi.
— Berman kel, deyman! — dedim.
Ayolimiz bosh siltadi — bormayman, degan bo‘ldi.
— Ay, senga aytayapman! — dedim. — Do‘xtir seni odam deb keldi! Do‘xtirni sendan boshqa-da
ishlari mo‘l!
Ayolimiz yerdan ko‘z olmayin zayli shiypon ichkariladi.
Rasul do‘xtirdan iymanayapti, deya o‘yladim. Ketidan kirib bordim.
— Ay, nimadan uyalasan, do‘xtir o‘zimizni Rasulboy-ku, yur, — dedim.
Ayolimiz shahodat barmog‘ini chakkasiga nuqib-nuqib ko‘rsatdi.
— Ha, kallang og‘riyaptimi? — dedim.
— O‘-o‘y, bu kishida kalla bormi o‘zi? — dedi ayolimiz.
— Bor, nima edi, bor?
— Kallasi bo‘lsa, do‘xtir chaqiradimi?
— Dardga do‘xtir chaqirmay, kimni chaqiradi? Ayolimiz tag‘in chakkasiga barmoq nuqib
ko‘rsatdi.
— Bo‘lmasa, dardingni menga ayt, — dedim. — Men Rasul do‘xtirga borib aytaman. Do‘xtir,
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
61
shunday-shunday ekan, deyman.
Ayolimiz bosh chayqab kuldi. Ayolimiz yerga qarab kuldi. Ayolimiz og‘iz ushlab kuldi.
Ayolimiz derazadan uch kunlik oyga ishora berdi...
Do'stlaringiz bilan baham: |