www.ziyouz.com
kutubxonasi
58
Chekanka vaqtida esa chekankadan boshqa ish bo‘lmaydi. Tushundingmi? Davlat anoyi emas.
— Ro‘zg‘orchilik — yo‘qchilik-da.
— Shu gapingga kim ishonadi, Dehqonqul? Azza-mazza brigadir! Uyal-e, shunday degani!
— Yo‘qchilik yomon-da.
— Unda, ana, kattalarning birortasidan qarz so‘ra.
Dahlizda o‘ylanib qoldim. Kimdan so‘rashimni bilmadim.
O‘yladim-o‘yladim — raisdan so‘rayin, dedim. Hamsoya degan otimiz bor, dedim.
Kelim-ketimni keti uzilishi bilan ohista kirib bordim.
— Ish vaqti idorada nima qilib yuribsiz, Dehqonqul aka? — dedi raisimiz.
— Zaril ish bilan kelib edim, rais bova.
— Zaril bo‘lsa, kecha maylisda aytsangiz bo‘lardi.
— Ro‘zg‘or ishi, rais bova.
— Ro‘zg‘or ishi bo‘lsa, ana, hamsoyamiz, devordan bo‘ylab aytsangiz ham bo‘lardi. Xo‘sh, nima
ish ekan, ayting qani, hamsoya.
— Shu... rais bova, bizga bir... ikki yuz so‘mcha zaril bo‘lib qoldi. Ro‘zg‘orchilik — yo‘qchilik-da.
— Sadqai suxaningiz, ana, kassirga ayting, beradi.
— Aytdim, yo‘q, dedi. Sandig‘ini ochib ko‘rsatdi, yo‘q eqan.
— Bo‘lmasa nima qilamiz, yo‘q bo‘lsa yo‘q-da.
— Shu... shu, qarz berib tursangiz degandim, rais bova, pul tushganda uzardim.
— E-e, Dehqonqul aka, Dehqonqul aka. Menda iul nima qiladi? U oyligim bu oyligimga arang
yetadi. O‘nta jonmiz. Toshkentda o‘qiydigan Barot o‘g‘limiz kelgan, ko‘zingiz tushgandir. Shu
o‘g‘limiz erta-indin ketadi. Hali, shunga poezd pulini o‘ylab o‘tiribman.
— Hay, mayli.
— Shu gap, Dehqonqul aka. Xafa bo‘lmaysiz. Pulim bo‘lsa jonim bilan berardim. Siz
o‘zimiznikisiz, hamsoyamizsiz.
28
Uyda ayolimizga bor gapni aytib berdim.
Ayolimiz oldin ishonmadi.
Men endi qasam ichib aytdim.
Ayolimiz ana shunda ishondi. Ishondi-da — bir boshqa bo‘ldi-qoldi.
Ayolimiz eshik-orada donlamish tovuqlarni qarg‘ab-qarg‘ab haydadi. Ayolimiz satilni yer darang-
durunglatib tashladi. Ayolimiz choynakni dasturxon do‘q-do‘qillatib qo‘ydi.
Ayolimiz ayollar ashulasini boshladi:
— Dunyoga kelib nima ko‘rdim... Kiyadigan kiyimim yo‘q...
Men issiq-issiq choy ichdim. Men og‘zim kuyib-kuyib choy ichdim.
Men ich-ichimdan xoksorlandim. Men ich-ichimdan xo‘rlandim.
Padariga la’nat bunday dunyoni, dedim.
E’tibor berib quloq soldim — ayolimiz ovozi o‘chib qoldi.
Xudo insof berdi-e, deya tashqariladim.
Ayolimiz qayrag‘och ostida beshik suyanib-beshik suyanib yig‘ladi. Ayolimiz burun tortib-burun
tortib yig‘ladi. Ayolimiz piq-piq yig‘ladi.
Og‘ilda yotmish qo‘y meni ko‘rib talpindi. Yemish umidvor bo‘ldi. Tumshuq cho‘zib pix-pix etdi.
Men qo‘yga qarab qahrimni sochdim:
— Piqillama-e-e, enag‘ar! Nima, men yeb, sen quruq qoldingmi? Ro‘zg‘orchilik — yo‘qchilik-da!
Ayolimiz piqillamay qoldi.
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |