Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
57
 
26
Ay, bir ayolimiz bor-da, ay, bir ayolimiz bor-da! 
Bir vaqtlar suqsurday-suqsurday qiz edi! Bir vaqtlar chikkabel-chikkabel qiz edi! 
Men ko‘nglim ketib-ko‘nglim ketib sovchi qo‘yib edim. 
Ming qilsa-da, xolamizni qizi-da —darrov ha, deya qolib edi. 
Men mana bunday to‘ynoma tarqatib-tarqatib to‘y qilib edim: 
Atirgul hidlari olamga ketdi,
Quvnoq yoshligimiz voyaga yetdi.
Hatto tengdir bo‘yimiz bo‘yga,
Sizlarni taklif etamiz to‘yga! 
To‘yimizdan buyon ayolimiz uni olib ber-buniolib ber, demaydi. Desa-da, birovni oldida demaydi. 
To‘shakda aytadi! Qo‘ynimga kirib aytadi! 
Oldin, silab-siypalaydi. So‘g‘in, suyib-erkalaydi. 
— O‘-o‘y, juhudi atlas olib bersin, — deydi. 
— Juhudi atlas otliqqa yo‘g‘-u. 
— Bor ekan. Chori mudir Dushanbadan olib kelibdi. Uyida yashirib sotayotgan emish. 
— Bir jo‘rasi qanchadan ekan? 
— Bir jo‘ra atlas ikki yuz so‘m ekan. 
— Uh-o‘-o‘... 
— Ko‘p entikmasin, atlas qo‘lda o‘zi shuncha turadi. Rais ayoliga olib beribdi. 
— Rais o‘z oti o‘zi bilan rais-da. Men bir dehqon bo‘lsam. 
— Bu kishi kimdan kam? Brigadir degich oti bor. Bir jo‘ra atlasni kuchay olmasa, brigadir bo‘p 
nima qilib yuribdi? 
— O‘ynab qo‘yay, brigadnr degich otdan, o‘ynab qo‘yay. Brigadir bir dehqon-da. 
— Shu, raisni ayoli juhudi atlas kiyadigan ayolmi? Beti qop-qora — otashkurakday! Shugina 
juhudi atlas kiyganda, menga nima qilibdi? 
— Bo‘ldi, ko‘p g‘ingshima, bolalar uyg‘onib ketadi. 
— Olib bermasa, olib bermasin!..
Ayolimiz shunday deya, chappa burilib oldi. Bunday vaqtda yo‘q deb bo‘ladimi?.. 
 
27 
Ertasi idora bordim. 
— Ikki yuz so‘m... 
Kassir betimga qayrilib-da boqmadi. Kassir cho‘tdan ko‘z olmadi. 
— Pul yo‘q! — deya shiq-shiq cho‘t qoqdi. 
— Juda zaril edi. 
— Shu, o‘qimaganligingga borasan-da, Dehqonqul. Pul yo‘q deyapman-ku, Mana, ishonmasang 
po‘lat sandiqqa qara. Po‘lat sandiqda pul bo‘lmagandan keyin, qaerdan beraman? 
— Butun bir boshli kolxozda-ya. 
— Butun boshli kolxozda pul zavodi yo‘q, Dehqonqul, pulni davlat beradi. Davlat esa pul 
bermayapti. Chekanka vaqtida beramiz, deyapti. 
— Chekanka? Chekankani pulga nima daxli bor? 
— O‘qimagansan-da, Dehqonqul, o‘qimagansan. Hozir dalada ish qo‘qigan vaqt. Davlat hozir pul 
bersa, kolxozchi kam-ko‘stimni tuzatayin deb, bozorma-bozor chopadi. Dalada ish qolib ketadi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish