Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
7


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
62
Uyqumda birov yig‘ladi. Men oldin tushim, deya o‘yladim. Yig‘i haminqadar zo‘raydi. 
Shunda, uyqum qochdi. Nimkala ko‘z ochdim. Uyquli qaradim. 
Beshikdagi chaqalog‘imiz yig‘ladi. Men ayolimizni uzala turtdim. Ayolimiz ing-ing eta jimib 
qoldi. Men endi ayolimiz biqinidan nuqiladim. 
— Ay, tur, bolang yig‘layapti, — dedim. Ayolimiz to‘lg‘ondi. Ayolimiz uyqusiradi. 
— U-u-u... — dedi. 
Yotmish zayli beshikka qo‘l uzatdi. Beshik tebratib-tebratib uxladi. 
Chaqalog‘imiz uzmadi. Chaqalog‘imiz mijja qoqtirmadi. Chaqalog‘imiz quloq-miyani yedi! 
Men zada-zada turib o‘tirdim. Ayolimizni tebratdim. 
— Ay, joning bormi? Anavi yig‘layapti deyapman! — dedim. 
Ayolimiz dast turib o‘tirdi. 
Beshik pardani ochdi. Beshik tebratgichda osilmish o‘yinchoqlarni shaldiratdi. 
— Ha, jonim?! — dedi. — Nima deysan, jonim?! O‘chir, bo‘ldi, o‘chir! 
Chaqalog‘imiz shunda-da o‘chirmadi. Big‘g‘-big‘g‘ yig‘lay berdi. 
Ayolimiz yomon qiliq qildi-yov — chaqalog‘imiz endi chirr-chirr yig‘ladi. 
Ayolimiz chimchilab oldi-yov! 
Men xit-xit bo‘ldim — ayolimiz yelkasidan itarib tashladim: 
Ayolimiz bir munkib oldi. 
— Ha?! — dedi. — Nimaga uradi?! 
— Nimaga bolani urasan? 
— Kim urayapti?! 
— Sen urayapsan. 
— Urmadim! 
— Urding. Bo‘lmasa, bola bundayin chinqirib yig‘lamaydi. 
— Urmadim deyapman-ku! 
— Urmagan bo‘lsang, chimchilading. 
— Bo‘lmasa, nima qil, deydi?! 
Bolani chimchilama, yig‘loqi bo‘p o‘sadi. Erkalat, suy! 
— Mayli, bo‘ldimi, maylimi?! Ayolimiz beshik tebratdi. 
— O‘chir deyman, o‘chir! — dedi ayolimiz. — Senlardan qachon qutulaman-a, qachon qutulaman! 
Tag‘in chaqalog‘imizga bo‘lishdim. Tag‘in chaqalog‘imiz tarafini oldim. 
Bolani jerkma, — dedim. 
— Nima qilayin, hadeb bo‘kira bersa?! 
— Emchak ber. 
— Og‘ziga emchak tutsam, olmasa nima qishayin?! Bo‘lmasa, o‘zi kelib emchak bersin?! 
— Bir emchak berish qo‘lingdan kelmasa, ayol bo‘p nima qilib yuribsan? 
— Uf-f, o‘chir! Ma, em! O‘chir, em! Uf-f, senlardan o‘lsam qutulamanmi-a, o‘lsam qutulamanmi!.. 
Ayolimiz zahar bilan-zahar bilan beshik tebratdi. 
Beshik yo‘rg‘a gurs-gurs borib keldi. Beshik yo‘rg‘a do‘q-do‘q borib keldi. 
Sag‘al o‘tdi — chaqalog‘imiz tindi. 
Ko‘zim ketdi. 
Tushimda nimadir... nimadpr bir nima yo‘q bo‘ldi. 
Yalt etib uyg‘ondim. Dast turib o‘tirdim. 
Chin, qabatimda ayolimiz yo‘q bo‘ldi. 
Ayolimiz beshik osilib uxladi. Ayolimiz pish-pish uxladi. 
Bir ko‘nglim—uyg‘ot, dedi. Bir ko‘nglim — qo‘y, uxlasin, hademay tong otadi, dedi. 
Yotdim-yotdim — ayolimizga rahmim keldi. Tag‘in, uyqusida ag‘nab tushmasin deya, sochlaridan 
ohista tortdim. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
63
— Ay, tur, joyingga yot, tur, — dedim. Ayolimiz bir seskanib tushdi. 
Ayolimiz chaqalog‘im yig‘layapti deya, gurs-gurs beshik tebratdi. Ayolimiz chaqalog‘im 
yig‘layapti deya, aytib-aytib beshik tebratdi: 
— Uf-f, senlardan o‘lsam qutulamanmi-a, o‘lsam qutulamanmi!.. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish