TOPOLMASMAN
Deysan: hayot gulgun, jonim,
Gulgunligi bugun, jonim,
Hayotim ming tugun, jonim,
Ikki uchin topolmasman.
Qara, gullar mavhum emas,
Deding: yo'llar muhim emas,
Qayerdadir olsang nafas
Seni nechun topolmasman.
Mayli, qismat qilmish judo,
Lek bag'rima qo'l uchida,
Sening rasming chizmish Xudo
...O'chirg'ichin topolmasman.
Bek ALI (Begali Eshonqulov) Агар сайлов бирор нарсани ўзгартирганида эди, бизларни унга яқин йўлатмаган бўлишарди.
© Марк Твен
"Farzandlaringizga sukut saqlashni o'rgating, gapirishni o'zlari o'rganib olishadi!"
© Benjamin FranklinЯхшилик қилаётгандек кўринманг. Яхшилик қилинг, кўринманг...
Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay,
Oʻz qora yuzini yog’ga bulaydi.
Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir, Ozgina zahar ham halok qiluvchidir.(Alisher Navoiy).
To'satdan tushgan g'am yosh bolani ham katta odamga aylantirib qo'yarkan...
✍️ O'tkir Hoshimov
"Do'stlarim sochimdan ko'p dema, ishing tushsa kal bo'lib qolasan!"
© Luqmoni Hakim
"Bu hayotda biz faqat bir bora sevamiz, keyin esa bor yo'g'i o'shanga o'xshash chehralarni qidiramiz xolos."
© Sergey Yesenin
O'RGANIB QOLDIM
Diydalarim qotdi, yuragim qotdi,
Men hissiz yashashga o'rganib qoldim.
Dilda aytilmagan so'zlarim qoldi,
Men sensiz yashashga o'rganib qoldim.
Qayerga boryapsan, ishim yo'q endi,
Seni o'ylamoqqa xohish yo'q endi.
Hatto bir ko'rishga tushim yo'q endi,
Men sensiz yashashga o'rganib qoldim.
Bir paytlar qoshingda edim parvona,
Senga boqsam bo'lar edim devona.
Endi esa menga bo'lding begona,
Men sensiz yashashga o'rganib qoldim.
Sen haqda so'zlagan tillarim toldi,
Sen haqingda yozgan qo'llarim toldi.
Yurakda axiyri shu so'zlar qoldi
"Men sensiz yashashga o'rganib qoldim!"
Baxtiniso Mahmudova
"Muhabbat unga (muhabbatga) eng muhtoj bo'lganlar tomonidan rad etiladi."
© Frederix Begbeder
* Til shirinligi — ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa — foydali.
* Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam — halvofurush kabi sevimlidir.
* Har kimningki so’zi — yolg’on,
Yolg’onligi bilingach, uyatga qolg’on.
* Yolg’onni chindek gapiruvchi so’* Yolg’onni chindek gapiruvchi so’z ustamoni — kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar.
Ahmoq - hali qilmagan ishini gapiradi
Mag'rur - qilgan ishini gapiradi
Oqil - qiladi-yu, gapirmaydi...
***
Agar bir ishingni davomli bo'lishini xohlasang, birovga aytma!
✍️ Xayrulla Hamidov
Qarashlaringiz qarashlarimni o'zgartirmaydi
Men jamiyat, Oliy, oʻrta va maktabgacha taʼlim, sport, oʻzi umuman shu mamlakat borasida garchi kam bilimga ega boʻlib koʻp norozilik va tanqidlar bildirsam-da, lekin ichimdan “qaniydi shu gaplar haqiqatdan yiroq, hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan oʻta shaxsiy notoʻgʻri qarashlar boʻlsa edi” degan oʻylar oʻtadi. Buning uchun mayli, koʻpchilikning oldida gapirgan gapim xatoligidan obroʻyim toʻkilib, boshim xam boʻlib qolishi uchun ham roziman. Ammo ming afsuslar boʻlsinki unday emas. Toʻgʻri, oʻzimni har doim 100% haq hisoblamayman, chunki har tomonlama mukammal boʻlish insonlarga emas va beayb faqatgina Oʻzi. Bir soha vakili yoki shu yoʻlda harakat qilayotgan inson har doim fikr bildirishi yoki tahlil qilish imkoniyatidan erkin foydalanishi uchun oʻsha “joy”da yashashi kerak degan tushuncha mutlaqo notoʻgʻri. Axir tuxumning mazasini bilish uchun tovuq boʻlish umuman shart emas! Qogʻozlar, har xil yolgʻonlarga botib ketgan hisobotlar bilan bugun oʻzingiz ishlab turgan, maosh olayotgan tashkilot yoki muassasani yonini olarsiz, lekin meni va menga oʻxshagan barchasiga ozmi, koʻpmi guvoh boʻlib turganlarni, qolaversa bizni yoʻqdan bor qilib yaratganni alday ol-may-siz! Shuni unutmasangiz boʻlgani. Boshqa gapim yoʻq.
©️Farrux Xudoyorov
Toshni maydalab, qumga aylantirish uchun bir daqiqa kifoya.
Ammo qumning toshga aylanishi uchun ming yil kamlik qiladi.
Do‘stlik ham shunga o‘xshaydi.
©O‘tkir Hoshimov
Kitoblar meni mutaassiblik va qoloqlikdan, g‘azab va jinnilikdan, o‘zni barbod qilishdan qutqarib , menga muhabbatni, balki bundan ham ko‘proq narsani o‘rgatdi!
- Elif Shafaq
Agar u meni yomon ko’rib qolgan bo’lsa, bu yomon ko’rishi ham o’ziga xos edi: u "sabr bilan yomon ko’rardi".
- F. Dostoyevskiy. "Telba"
"Kitob o‘qishdan ko‘ra arzonroq vaqtichog‘lik va davomiyroq rohat yo‘q."
- Meri Uortli Montegyu
Yiqilma, qattiqroq ushlagin,
Otsinlar malomat toshini.
Labingni qattiqroq tishlagin,
Ko'rsatma ko'zlaring yoshini.
© Shavkat Rahmon
“Hayot – juda oddiy, go‘yo bir bosh uzumni yeb bitirmak kabi gap, umrning shoh tomirini shart kesmak kabi murakkab, bilasanki, so‘nggi soat bor, bilasanki, senda abadiyat kabi yashamakka qanoat bor, tiriklik mevasi – Men va Sen, aytmakchimanki, onamning qoshida bo‘lay doim, aytmakchimanki, gullar o‘ssin, aytmakchimanki, Turkistonim bir butun bo‘lsin, do‘stlarimdan maktublar olayin, jirkanaman aslini yo‘qotgan oltindan, olmosdan, sotilgan xotindan, pulga chayib olingan nafasdan…"
Rauf Parfi, 1965-yil.
Yo‘q, endi ko‘nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshdek porlayveraman.
Ming yillar qa’riga ketganingda ham,
Men seni samodek chorlayveraman.
Ismingni tonglarga yozaman mahtal,
G’unchalar bargida uhlayveraman.
Yo‘q, baxting meningsiz bo‘lolmas tugal,
Men seni har lahza yo‘qlayveraman.
Otashman, dengizman, samoman, nurman,
Jismu jahoningni o‘rayveraman,
Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon Men seni Xudodan so‘rayveraman.
Men so'ngi tomchiman, yagona najot!
Faqat sen ichgin deb qistayveraman,
Yo'llarimda qoldi ohirgi hayot!
O'lsam ham ishqingni istayveraman...
✍️ Zebo Mirzo
Itga telifon ber - yuraveradi,
Lekin itligicha turaveradi.
Agar nomeriga adashib tushsang,
"Kimsan", "Nimasan" deb huraveradi.
✍️ Abdulla Oripov
Tilla baliqcha
Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tamom otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o'tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda ko'rgani shu tor havuzcha
Va gavjum tollarning achchiq hazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni !
📝Abdulla Oripov
NADOMAT…
Oppoq gullagan daraxtlar ostidagi yam-yashil o’tloqlarda gullarning yoqimli ifori-yu bahorning ajib tarovati kezib yurar, sayroqi qushlarning yoqimli ovozi butun sokinlikka barham berardi.
-Bolam,- dedi va dala o'rtasida nihoyatda yoqimtoy, butun jismidan beg'uborlik yog'ilayotgan, munchoqdek ko'zlari mehr qumsayotgan, guldan-gulga qo'nib uchib yurgan kapalak ketidan quvib yurgan farzandiga yaqinlashishga, chiroyligina, kichkinagina qo'llarini, yuzlarini siypalagisi, ko'zlaridan, yanoqlaridan o'pgisi keldi.
O'g'lim! -dedi qattiq hayojonlanib, axir bu uning birinchi farzandi emas edi-ku. "Nahot farzand shunchalar shirin bo'lsa!" deb o'yladi. U qanchalik yaqinlashmasin, afsuski, farzandi ham shunchalik uzoqlashib borardi. Birdan bolakay to'xtadida ortiga qarab, "Dada" dedi. Bolalarga xos yoqimlilik bilan aytilgan bolakayning bu sozlari otasini o'ziga mahliyo qilib qo'ydi.
-Dadadon sizi ashi ko'yaman,- dedi.
-Yana bir marta qaytargin, dada degin aytgin bolam.
-Dadadon - dedi bolakay yana beozorgina. U og'lini bag'riga bosgisi keldi. Shunchalik buni istayotgan ediki buning uchun u hatto hamma narsasini ham berishga tayyor edi. Bolaning yoniga kelganida beg'uborlikka aralash mehrga zorlik, mushtoqlik hissiga to'lgan farzandining ko'zlarini ko'rib negadir achinib ketdi. Battar, qattiqroq bag'riga bosgisi keldi. Endi uni bag'riga bosgan edi hamki, negadir u yo'qolib qoldi. Qayerdandir bir kapalak paydo bo'ldi-yu guldan-gulga qo'nib uchib ketdi.
-Bolam qayerdasan, bolam ketma yo'q, yo'q! u shu sozlarni qaytarganicha alahsirab uyg'ondi. Yugurib kelgan odamdek hansiraganicha chuqur-chuqur nafas olardi. Peshonasidan oqayotgan terlarni yengi bilan artganicha o'rnidan turib derazani ochdi. Tashqaridan ko'kragiga urilgan salqin bir shabboda shu bilan birga ufqqa bosh qo'yayotgan quyoshning qizil nurlari uning ko'zlariga tushdi. Shu payt telefoniga xabar keldi. "Salom, dadasi, operatsiya ko'ngildagidek o'tdi. Doktor -Olib tashlangan bola o'g'ilcha ekan, dedi".
Bu payt quyosh butunlay botib olam qorong`ulashgandi.
2016. 12. 21. Qarshi
✍️ Nodir Qulmatov
O'rtada qozon-tovoq,
o'rtada otu eshak.
O'rtada qoshu qovoq,
o'rtada yostiq-to'shak.
O'rtada nomu nishon,
oq-qoradir o'rtada.
Xullasi, ikki jahon,
har balodir o'rtada.
O'rtada jabduq-yugan,
o'rtada yakrang polos.
O'rtada sevgi degan
bir balo yo'qdir, xolos.
Rauf Parfi
Do'stlaringiz bilan baham: |