Ona tili test 3-sinf 4
1. O'zak deb nimaga aytiladi?
A) Barcha yaqin so'zlarning umumiy qismi
B) Bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan so'zlarning qismi
D) Bir-biriga o'zakdosh so'zlar.
2. Gapning bosh bo'laklari qaysilar?
A) Ega B) Kesim D) Ega va kesim
3. O`zakdosh so'zlar qatorini toping?
A) Sirli, mazali, ma'noli B) Do`st, do'stlik, do'stona
D) Binokor, shifokor. dutorchi.
4. O`rganilgan so'z turkumlari nechta?
A) 4 B) 3 D) 5
5. Sifatlar qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
A) Kim? Nima? B) Nechta? Qaysi? D) Qanday? Qanaqa?
6. Traktor haydashga qiziqib qoldim. Bunda traktor so`zi qaysi so`z turkumiga kiradi?
A) Son B) Ot D) Fe’l
7. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar… deyiladi. Qoidani to`ldiring.
A) Ot B) Sifat D) Fe’l
8. Fe’l qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
A) Kim? B) Qancha? D) Nima qildi?
9. Fe’l yasovchi qo`shimchalarni toping.
A) -ning, -ni B) –la, -illa D) –li, -zor, -chi
10. Bog`bon daraxtning ortiqcha butoqlarini arra…di. Nuqtalar o`rniga qaysi qo`shimcha qo`yilishini belgilang.
A) ma B) lay D) lama
11. Qaysi so’z ko’plikda berilgan?
a) oftob b) o’quvchilar d) bulbul
12. Birlikdagi otlar qanday qo’shimcha oladi?
a) lar b) on d) qo’shimcha olmaydi
13. Qaysi so’zda ot yasovchi qo’shimcha bor?
a) qancha b) beshinchi d) ishchi
14. Bino…. nuqtalar o’rniga qaysi qo’shimcha qo’yiladi/
a) zor b) kor d) loq
15. Sifat deb nimaga aytiladi?
a) Predmetni bildirgan so’z b) belgini bildirgan so’z
d) sanoqni bildirgan so’z
16. Topishmoqning javobini toping
Ikki aka – uka yashaydi, bir-birini ko’rmaydi
a) ko’z b) qosh d) burun
17. Yigit kishiga …. Hunar oz. Nuqtalar o’rniga tegishli raqamni qo’ying
a) 70 b) 40 d) 7
18. Sifat (belgi bildirgan) so’z qatorini toping
a) chiroyli, ot, nafis b) go’zal, ikki, besh
d) xushmuomala, tiniq, oq
19. Gap nimalardan tuziladi?
A) so’zlardan B) harflardan D) Bo’g’inlardan
20. Matn nimalardan tuziladi?
A) harflardan B) gaplardan D) so’zlardan
21. Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?
A) Tutuq belgisi B) harflar D)
22. Unli tovush nimadan tashkil topadi?
A) ovozdan B) so’zdan D) harfdan
23. Undosh tovushlarni talaffuz qilganimizda havo to’siqqa uchraydimi?
A) yo’q B) ha D) bilmayman
24. Tartib berilgan harflar nima deb ataladi?
A) harflar B) tovush birikmasi D) Alifbo
25. Tutuq belgisi tovush bildiradimi?
A)bildirmaydi B) bildiradi D) talaffuz qilinadi
26. Sh, ch, ng harflar birikmasi nechta tovushni ifodalaydi?
A) bir B) uch D) ikki
27. Samarqan… so’z oxirida kelgan undosh aytilmay qoladi lekin yoziladi?
A) t B) d D) s
28. Qaysi so’zlardan ikkita bir xil undosh harflar ketma-ket kelgan?
A) mard B) choynak D) telegramma
29. Gapning maqsadga ko’ra turlari nechta?
A) 2 ta B) 3 ta D) 5 ta0
30. Undov gap oxiriga qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
A) nuqta B) so’roq belgisi D) undov belgisi
Do'stlaringiz bilan baham: |