www.ziyouz.com
kutubxonasi
51
— Mash’al brigadiringiz shumi, o‘rtoq rais? — dedi ayol.
— Shul-shul, — dedi raisimiz. — Dehqonqul shul!
— Dehqonqul... klassicheskiy ot! Lekin shu…
— Chin, picha o‘qimagan, chin.
— Gap o‘qishda emas, o‘rtoq rais. Yuqoridan partiya-hukumat arboblari tashrif buyurib, ilg‘or
paxtakoringizni ko‘rsating desa, qanday qilib ko‘rsatamiz?
— Ko‘rsata beramiz, nima qipti?
— Institutda estetikadan necha baho olgansiz? To‘g‘ri, avvalo mehnat. Lekin mehnat o‘z yo‘liga;
Ilg‘or paxtakor uchun tashqi ko‘rinish ham kerak. Ilg‘or paxtakor partiya-sovet arboblari bilan qo‘l
olib-qo‘l beradi. Ilg‘or paxtakor majlislarda, matbuotda chiqishlar qiladi. Bu ko‘rinish bilan qanday
qilib chiqish qiladi?
— Bet-boshi tuppa-tuzuk-ku, Klara Xodjaevna?
— Ilg‘or paxtakoringiz betidan buzilgan pes-ku? Ko‘nglimni aynitib yubordi-ya!.. Raisimiz... bet-
boshimni oqladi.
16
O‘zbekiston o‘z oti o‘zi bilan janub bo‘ldi.
Bizning Surxon janubni janubi bo‘ldi.
Surhon jaziramasi jaziramani jaziramasi bo‘ldi.
Surxon saratoni saratonni saratoni bo‘ldi.
Toshkent radiosida harorat o‘ttiz bo‘ldi, bizning Surxonda qirq bo‘ldi.
Toshkent oynaijahonida harorat qirq bo‘ldi, bizning Surxonda ellik besh bo‘ldi.
Surxon saratoni ko‘z ochirmadi. Surxon saratoni kiprik qoqtirmadi.
Ko‘z ochmasa, tag‘in bo‘lmadi — g‘o‘za qarab turmadi!
G‘o‘za kun sanadi! G‘o‘za uchun har bir kun g‘animat bo‘ldi.
Men ko‘zlarimni qisib-qisib ketmon chopdim. Men qo‘zlarimni qisib-qisib g‘o‘za o‘toqladim. Men
ko‘zlarimni qisib-qisib paxta terdim.
Jazirama jingirtob-jingirtob qafsiga oldi.
Men bor hol-quvvatim bilan ko‘z qisdim. Men bor diqqat-e’tiborim bilan ko‘z qisdim. Men bor
aql-farosatim bilan ko‘z qisdim.
Shunda, peshonamda chuqur-chuqur ajinlar chiziq tortdi. Shunda, yonoqlarimda uzun-uzun ajinlar
chiziq tortdi. Shunda, lablarimda mayda-mayda ajinlar chiziq tortdi.
Butun bet-boshim bij-bij ajin bo‘ldi. Butun bet-boshim g‘uj-g‘uj ajin bo‘ldi.
Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi — darz-darz yer bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi — qaqroq-
qaqroq yer bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi — sho‘r-sho‘r yer bo‘ldi!
Men qirq daraja saratondan ana shu ajinlarim ostida kun ko‘rdvm. Men ellik daraja jaziramadan
ana shu ajinlarim ostida jon omonladim.
Men chilla deya atalmish do‘zaxdan ana shu ajinlarim ostida jon hovuchladim.
Saraton kuydira berdi-kuydira berdi — o‘lmagan ana shu ajinlarim bo‘ldi.
Men soya-salqinda bet-boshimni bo‘sh-bo‘sh qo‘ydam. Men soya-salqinda ko‘zlarimni emin-emin
ochdim.
Ana shunda qop-qora ajinlarim yoyildi. Ana shunda qop-qora ajinlarim ostida tilim-tilim yo‘llar
ko‘rinish berdi. Ana shunda qop-qora ajinlarim ostida taram-taram yo‘llar ko‘rinish berdi. Ana shunda
qop-qora ajinlarim ostida halqa-halqa yo‘llar ko‘rinish berdi. Tilim-tilim yo‘llar qizg‘ish-qizg‘ish
bo‘ldi. Taram-taram yo‘llar oqish-oqish bo‘ldi. Halqa-halqa yo‘llar oqimtil-oqimtil bo‘ldi.
Ilk bor ko‘rmish odam betidan buzilibdi, deya o‘yladi...
Do'stlaringiz bilan baham: |