“Ilhaq” filmi tahlili
Urush davri haqida suratga olingan bu film bir mushtipar onaning birdaniga, bir emas, ikki emas, beshta o’g’lidan ayrilgan ayol haqida. Ushbu film besh o’glidan ayrilgan onaning jasorat va sabr timsoli ekanligini ko’rsatadi. Har qanday film estetik zavq baxsh etishi bilan birga ma’naviy ozuqa ham berishi kerak. Ana shunda tomoshabinni o’ziga jalb qila oladi, menimcha. Tomoshabin filmni ko’rish davomida film qahramonlari kulganda kulib, yig’laganida birga yig’lasa, g’amlarini o’zinikiday his qilsa shunda film yutuqqa erishadi.
Urush haqidagi kinolar ko’p, ulardan eng shedevrlari etib “Sen yetim emassan”, “Hur qizlar” filmlarini aytishimiz mumkin. Ularni oq-qora tasvirda suratga olingan bo’lsa ham 30-40 yildan beri sevib tomosha qilamiz. “Ilhaq” filmida to’q ko’k ranglardan foydalanilgani odamni e’tiborini tortadi. Ranglar mavzuga mos tushgan, rassom mahorati sezilgan. Ammo ayrim sahnalar urush mavzusida suratga olingan ilgarigi filmlardagi an’analarni eslatadi.
Masalan, qahramonlarning qamalda qolishi va “Qarg’alar uchsa qaraylik…” qo’shig’ini aytib, dushmanni chaqirishi biroz bo’rttirilgan va bu kabi sahnalar urush mavzusida suratga olingan boshqa filmlardagi ayrim sahnalarni ham yodga solidi. Bir so’z bilan aytganda, ona obrazi, ayollar obrazi urush sahnalariga nisbatan ko’proq haqqoniy, ishonarli ochib berilgan. Shungga qaramay, so’nggi paytlardagi filmlar ichidan alohida ajralib chiqqan “Ilhaq” filmi o’zbek kinosini ma;lum ma’noda bir pog’onaga ko’tara oldi.
Bugun xalq orasida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda katta e’tibor va e’tirofga sazovor bo’lgan “Ilhaq” filmi o’zbek kinosidagi yaxshi yangilik bo’ldi. Uning, ayniqsa, prezidentimiz tomonidan alohida e’tirof etilishi keng jamoatchilikda katta qizizqish uyg’otdi. “Iste’dodli yosh rejissor Jahongir Ahmedov suratga olgan ushbu ajoyib filmni men juda katta qiziqish va hayajon bilan tomosha qildim. Xalqimiz hayotining eng og;ir, eng fojiali davriga bag’ishlangan bu asar qahramonlik qasidasi bo’lib, har qanday, odamninmg ham qalbini larzaga solidi. Dahshatli urush tufayli beshta bshodir o’g’lidan ayrilgan, umrining oxirigacha farzandlarini ilhaq bo’lib kutgan Zulfiya Zokirova siymosida o’zbek onalari, o’zbek ayollariga mansub eng buyuk fazilatlar nihoyatda teran ifoda topgan”, deydi davlatimiz rahbari. Rejissorga bundan keying ishlarida omadlar tilab qolamiz va o’zbk kinosida shunday e’tirofga loyiq filmlar soni ko’payaversin.
( ustoz uzr faqat umumiy fikrladan uyog’iga o’tolmadim. To’rsni etsam zo’rg’a yozdim shuniyam umuman yozomadim.)
Do'stlaringiz bilan baham: |