Turk yozuvchisi Ahmad Lutfi Qozonchining „O’gay ona“ romanidagi Fotima ona obrazi



Download 25,1 Kb.
Sana15.12.2019
Hajmi25,1 Kb.
#30266
Bog'liq
Ahmad Lutfi Qozonchi M. Turg'unova 110



Turk yozuvchisi Ahmad Lutfi Qozonchining „O’gay ona“ romanidagi Fotima ona obrazi

Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi bo’limi 1-bosqich 110-guruh talabasi Turg’unova Maloxatxon Xusanboy qizi

Ilmiy rahbar: f.f.n. dot. Sh. S. Imyaminov

“O’gay ona” so’zini eshitganimizda, avvalo, hammamizning ko’z oldimizga salbiy ma’no kasb etuvchi, yaxshilikdan bir qadar yiroq inson namoyon bo’ladi. Nimagadir ularni ham “ona” deymiz, lekin ijobiy baholay olmaymiz. Ammo ular orasida ham farzandiga o’z onasidek bo’lolmasada, mehr ko’rsata oladiganlari mavjud. Men so’z yuritmoqchi bo’lgan kitobimda aynan shunday ona ifodalangan deb o’ylayman. Yozuvchining ham maqsadi shu bo’lsa kerak: o’gay ona borasidagi fikrlarimizni ijobiy tarafga o’zgartirish.

Men bu kitobni o’qishimga Kitobxonlar forumi sabab bo’lgandi. Ushbu forumda ishtirok etadigan yoshlarning deyarli barchasi ushbu kitobni o’qib chiqishgan va birgalikda uni muhokama qilishardi. Har kim bu roman to’g’risida o’z fikrini bayon etardi. Keyinchalik bu muhokamalarni bevosita kuzatgach, men ham ushnu romanni o’qishga qaror qilgandim va amin bo’ldimki, u haqiqatdan ham muhokamaga arzirli, eng muhimi, tarbiyaviy jihatdan juda foydali kitobdir.

Avvalo so’z yuritmoqchi bo’lgan kitobim muallifi haqida aytib o’tadigan bo’lsam, Ahmad Lutfi Qozonchi 1936-yili Turkiyaning Churum tumanida tug’ilgan. Boshlang’ich maktabni va imom-xatib litseyini shu tumanda bitirgan. 1964-yili Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Churum, Siirt, Isparta shahr va tumanlarida din xizmatlrida ishlagan. 1977-yili Bursa Oliy Islom universitetiga arab tili va adabiyoti boýicha asistent bo’lib ishga kirgan. Hozir Bursadagi Uludog’ universitetining Ilohiyot fakultetida Islom tarixi bo’limida xizmat qilayotir. Professor. Din tarixiga, diniy masalalarga, hazrati Payg’ambar (s.a.v.) va sahobalarining hayotlariga bag’ishlangan yigirmadan ortiq nomdagi (30 jildga yaqin) kitoblarning muallifidir. Bulardan tashqari yana to’rtta roman ham yozgan. Uning “Saodat asri qissalari”, “Abu Bakr Siddiq r.a.”, “Hazrati ibn Hattob r.a.”, “O’gay ona”, “Qaynona” asarlari o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

Ahmad Lutfi Qozonchining “O’gay ona” asarini turkchadan Yo’ldosh Eshbek o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Tarjimon umumislomiy iboralar, turkiy izofalarning asliyatdan uzoqlashmasligiga e’tibor qaratdi.

Bevosita romanga to’xtaladigan bo’lsak, u o’n to’qqiz yoshli go’zal Fotimaning ikki yetim bor farzandi bor erkakka turmushga chiqishi, yetimlarni hech kimdan kam qilmay parvarish qilishi va ibratli hayotiga bag’ishlanadi. Ho’sh, uni bunday qurbonlikka nima majbur qildi? Gulday yoshligini o’ziga munosib tarbiyali, bilimli, yosh yigit bilan o’tkazsa ham bo’ladiku?! Bu bilan biz uning eri o’ziga munosib emasdi, degan fikrni yiroqman.

Fotimaning qo’shnisi Ismoil uch yoshida onasidan yetim qoladi. Keyingi hayoti esa o’gay onasining zulmi ostida o’ta boshladi. Ayniqsa, singlisi Salima tug’ilganidan so’ng ikkisiga bo’lgan ayro munosabat Ismoilning dardiga dard qo’shadi. Hali murg’ak bolaning ushbu yoshida ko’rgan azoblariga hammamiz achinamiz. Shu o’rinda Fotima ona ham uning ko’nglini ozgina bo’lsada ko’tarish uchun qo’lidan kelgan yaxshiliklarni qiladi. Biroq bir bolaning azobli kechmishlari yoshgina qizning birdaniga ikki farzandning onasi bo’lishiga to’laqonli sabab bo’la olarmikan? Ha, bu haqiqatga yaqin sabab. Aslida, Fotimaning yetimlarga bu qadar rahmi kelishiga undagi diniy bilimlar, islomiy qarashlar taqozo etmaganmikin? Mana asarning mohiyati, yozuvchining bu asarni yozishdan maqsadi qayerda! Diniy bilimlar haqiqiy insonni tarbiyalovchi, unga to’g’ri yo’lni ko’rsatuvchi shamchiroqdir.

Fotima ona obrazi ushbu asarda faqat yaxshi ona bo’libgina qolmay, balki aql-u farosatda tengsiz turmush o’rtoq ham ekanligini ko’rishimiz mumkin. Piyoz va sarimsoq yegani uchun ehromga borishga uyalgan turmush o’rtog’iga: “Men masjidga borish uchun ulardan voz kechgan bo’lardim”, - deya unga ham tarbiya bergan, Alloh ko’rib turganini har doyim yodida saqlagani uchun yolg’iz qolganda ham ro’molini yechmagan qizdan yetimlar tugul boshqalarga ham zarracha yomonlik kelishi mumkinmi?! Quyidagi buyuk so’zlar uning hayotidagi shioriga aylangan edi: “Har yetimga qilingan yaxshilik Alloh huzurida payg’ambarimizga qilingan yaxshilik singaridir deb qabul qilinsa, yetimlarga zarar yetmaydi.”

Fotima deyarli barchaning qarshiligiga qaramay Odilbekka turmushga chiqadi va uning ikki yetim bolasini bag’riga oladi. Odilbekning, qolaversa o’quvchilarning ham “haqiqiy ona – inson, o’gay ona – uning soyasi” kabi qarashlarini o’zgartiradi. Uni chekishdan qaytaradi. Bu yo’ldan qaytishiga birgina so’z sababchi bo’ladi. Yuqorida aytilgan fikrning isboti uchun shu bir so’zning o’zigina kifoya qiladigan insonni qanday qilib Fotimaga munosib emas deyish mumkin. Ayoli ham unga munosib albatta. Fotima yetim bolalarining o’z onalarini unutishlarini ham istamaydi, kechalari u ayol haqqiga duo qilar, erini ham bunga undar, kun kelib farzandlarini ham shunga o’rgatadi. Fotima o’zi ham bir qizlik bo’ladi, lekin hech qachon o’z qizi va ikki yetimiga nisbatan ayro munosabatda bo’lmaydi, barchasini birdek ko’radi.

Fotima ona asarda shunday buyuk ayol sifatida tasvirlanadiki, asarda bayon etilgan bir vaziyatda, menimcha, farzandning haqiqiy onasi ham bunday yo’l tutishi mushkul. Ikki yetim farzandning onasiga aylangan Fotima o’zi ham qiz farzandli bo’ladi, kunlarning birida bir necha oylik bo’lgan qiziga katta “o’gay” qizi qarab o’tirgan edi. Qizaloq yig’lab qolgan go’dak og’ziga o’zi yeb o’tirgan no’xatdan bir donagina soladi. Hali ona sutidan bo’lak narsani o’g’ziga olmagan chaqaloq tiqilib, o’lib qolishiga bir bahya qoladi. Buni ko’rib Fotima jaxl ustida qizaloqqa tarsaki tushirib yuboray deydi, lekin ilohiy bir kuch bilan o’zini bu ishdan to’xtatadi, qizaloqqa qo’l ko’tarmaydi. E’tibor bering, bunday vaziyatda, hatto, chin ona ham o’zini tutib turishi mushkuldir.



Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, yozuvchi asarida hali hech kim qalam urmagan haqiqiy onadanda afzalroq o’gay onani tasvirlab bera olgan. Uning ishonchli chiqishini ta’minlay olgan va haqiqiy inson qanday bo’lishi kerakligini isbotlab bera olgan. Hammamiz ham bunday ishlar yaxshi ekanligini bilamiz, biroq hammamiz ham kuchli iroda ila ularni bajara olmaymiz.

Maloxat Turg’unova


Download 25,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish