Aim.uz
Bola yashaydigan xonaga qo’yiladigan talablar
Reja:
1. Bola yashaydigan xonaga qo’yiladigan talablar
2. Chaqaloq parvarishi.
3. Chaqaloqni cho'miltirish.
4. Chaqaloqdagi patologik holatlar, ich dam bo'lishi, qabziyat.
Tayanch iboralar: Liqildoq- boshning suyagi yo'q joylari, chaqaloq parvarish, chaqaloqni cho’miltirish, yo'rgaklash.
1. Momolar o' giti. Onalik muborak bo'lsin! Avlodlar zanjirini jismi bekam zurriyot bilan ulashlik ulug'ligi, o’zidan yana bir o’zini yaratish qodirligini tuyush va bunday yuksalish muborak bo’lsin.
Olloh ikki jonni hamisha salomat qilsin!
Momolarimiz o'giti hech qachon esdan chiqmasin:
• Har gal chaqaloqni qo'lingizga olib emiza boshlaganingizda yaratuvchiga shukur qilib, uning ulug'ligini tan oling.
"Bismillahir rohmanir rohim" bilan ko'krak tuting.
Keksalarimiz shundan bolaning yuzi farishtali qalbi nurli bo'ladi deyishadi.
• Hadislarda ayollarga homilador bo'lish, bola tarbiyasidan tashqari erlari bilan yaxshi muomilada bo'lib, namoz ham o'qisalar jannatga kirishlari shubhasiz deyilgan.
• Chillali chaqaloq xonasida ham tunlari chiroq yonib tursin.
• Momolarimiz asraydi deb chaqaloqning yostig'i ostiga kulcha non qo'yishgan, keling yaxshi irimni biz ham tark etmaylik.
• Chaqaloqqa ism qo'yganda xosiyatli kunlarni tanlash lozim.
Qarindoshlar ismini qo'ymaslikka odatlangan ma'qul.
• Bolani emizishdan oldin poklanib olish kerak.
• Emizikli ayol oldida ovoz ko'tarilmaydi, aks holda sut qochadi deyishadi.
• Bolani emizib bo'lgach qolgan sutni sog'ib oling va uni duch kelgan yerga to'kmay, gulning ostiga ohista to'king.
• Keksalar bolaning sochini gulning tagiga tirnoqlarini toza joyga ko'mish darkor deydilar.
• Chaqaloqning kiyimlari alohida sovunda, alohida tog'orada yuviladi. Uning kiyimlari qorong'ida qolmasin, yo'qsa uchinadi deydi momolarimiz.
• Bolaning idish-tovog'ini alohida tutib, ustiga toza sochiq yopib qo'yiladi.
Pichoq, qaychi, bolta kabi keskir narsalarni va issiq choy, choynak-piyola, ovqat solingan boshqa idishlarni boladan uzoqroq tuting.
Bolani emizayotganda, yo'rgaklayotganda sochlarni turmaklab, ro'mol o'raladi.
Kechasi emizayotganda uxlab qolmang.
Bola tug'ilgandan keyin 3 haftagacha davr kichik davri, 6 ti haftagacha davr katta chilla davri deyiladi. Bola 1 yoshga to'lguncha go'daklik davri deb yuritiladi. Yoshigacha kasalga chalinmagan bola sog'lom o'sadi deydi momolarimiz.
Homiladorlikni 39 haftasidan keyin tug'ilgan bola yetilib tug'ilgan hisoblanadi. Uning vazni o'rta hisobda 3, 300 bo'ladi. Lekin vazni 2, 500dan 4-5 kg gacha bo'lishi mumkin.
Chaqaloq dastlabki kunlari boshini tutib tura olmaydi. Boshi yumshoq, suyaklar birikkari joylarda liqildoqlar bor. Katta liqildoq 18 oyda kichigi esa 8 oyda bitadi, terisi yupqa, pushti rangda. Ko'pincha bolalar tug'ilgan zahotiyoq siyadi. Dastlabki 2 kunda ichagidan yashilroq, deyarli qop-qora, qora moyga o'xshash modda mekoniy keladi.
Chaqaloq ko'radi, lekin uning sezgisi kattalarga nisbatan 20 marta pastroq bo'ladi. U yaltiroq, qizil narsalarni ko'radi. 10 kunlik bo’lganida hididan, 5 haftada ovozidan, 3-5 oylikda ko'zi bilan taniydi.
Eshitish: olimlarning aytishicha chaqaloq ona qornidayoq eshita boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |