2. Chaqaloq parvarishi. Bola yashaydigan xona iloji bo'lsa alohida, ozoda, quruq va yorug', t° 20-25°S atrofida bo'lishi zarur.
Derazalardagi katta pardalar, gilam, turli yumshoq mebel, tuvakdagi gullar va shu kabi narsalar boshqa xonaga chiqarilishi lozim, chunki bular o'ziga chang yig'ib bolaga allergik reaksiya berishi mumkin. Xonada faqat bolaning beshigi yoki krovatchasi va shkafcha bo'lishi kerak. Krovat yohud beshik xonaning yorug', issiq joyida turishi kerak.
Chaqaloq uchun zarur parvarish buyumlari: Vannacha, ko'zacha yoki krujka, 3 ta termometr (suv, tana va uy havosi uchun), mochalka, bolalar sovuni, sochiq, №1 klizma ballonchasi, grelka, steril paxta, bint, vazelin, 6-dona so'rg'ich, 2 ta tomizg'ich, qaynatilgan o'simlik moyi, yod, brilliant yashili kabilar bo'lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |