Huqna
Huqna
, klizma — toʻgʻri ichakka
anusdan
maxsus asbob yordamida suyuqlik (koʻpincha suv)
yuborishdan ibo-rat tibbiy muolaja. Tozalovchi H. (ichakdagi narsalarni chiqarib tashlash uchun
qoʻllanadi), dori H. va oziq H. farq qiladi. H. faqat vrach koʻrsatmasiga muvofiq qilinadi, chunki
baʼzi hollarda (appenditsit, ichak buralib qolishi va h.k.) u ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. H.
uchun maxsus noksimon rezina ballon (baʼzan maxsus qattiq uchlikli qisqichi yoki joʻm-ragi
hamda uchligi bor rezina naychali voronka) qoʻllanadi, shuningdek, Esmarx krujkasidan
foydalaniladi, unga suyuqlik bir meʼyorda borishi uchun joʻmrakcha, biriktirish naychasiga esa
uchlik oʻrnatilgan. Tozalovchi H. qabziyataa, oziqovqatdan zaharlanganda, meʼda-ichak yoʻlini va
kichik chanoq aʼzolarini rentgenologik tekshirishdan, operatsiyadan, tugʻishdan, dori va oziq
H.dan oldin qoʻllanadi. Baʼzi bir davo H.si ayni vaqtda tozalovchi H. funksiyasini ham oʻtaydi (mas,
moychechak-li, gipertonik, yogʻli va boshqalar). H.ning taʼsiri suyuqlik miqdoriga, uning tezlik
bilan bosim ostida yuborili-shiga bogʻliq. Katta yoshdagilar uchun oʻrtacha 1 l ga yaqin toza iliq
suv kerak boʻladi. Suv yuborib qilinadigan tozalovchi H. qabziyatda ichak shil-liq pardasini
taʼsirlab, ichakning toʻlqinsimon harakati (peristalti-kasi)ni kuchaytiradi, natijada bemorning ichi
keladi. Agar bemorning qimirlashi mumkin boʻlmasa uni chal-qancha yotqizib H. qilinadi,
bemorning ostiga tuvak qoʻyiladi. Qorip muskullari haddan tashqari tarang boʻlsa, H.
qilinayotganda bemor tizza va tirsaklariga tayanib turishi kerak. H. qilishdan oldin uchlikka
vazelin yoki glitserin surtiladi. bemorni kleyonka solingan oʻrin chetiga chap yonboshi bilan
yotqiziladi. Chap qoʻlning birinchi va ikkinchi barmoqlari yordamida dumba kerilib. oʻng qoʻl
yordamida uchlik aylanma harakat bilan toʻgʻri ichakka 10—12 sm kirgiziladi. H.dan soʻng mumkin
qadar 5—10 min. hojatga chiqmay turgan maʼqul. Yogʻli H. uchun oʻsimlik moyini 200 ml
(bolalarga 30 — 50 ml) hajmida kechqurun yuboriladi. Bunda noksimon rezina ballon ishlatiladi.
Dori H. dori moddalarining ichak shilliq pardasiga taʼsir etishi va dorining organizmga ichak orqali
soʻrilishi maqsadida qoʻllanadi. Dori moddalari 10 ml va undan oz miqdorda yuborilganda yaxshi
soʻriladi. Dori H. qilishdan oldin albatta tozalovchi H. oʻtkazish kerak. Oziq Huqna — sunʼiy
Soʻnggi tahrir 3 yil avval
Umarxon III
tomonidan amalga oshirildi
ovqatlantirishning bir turi. U organizmning suyuqlikka, osh tuziga va oz miqdorda boʻlsa-da, oziq
moddalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qoʻllanadi. Oziq H. uchun osh tuzining
fiziologik (izotonik) eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi va aminokislo-talar eritmalaridan
foydalaniladi. Bunday H. tozalovchi H.dan keyin qilinadi. Oziq H. faqat vrach koʻrsatmasiga
binoan davolash muassasalarida qoʻllanadi.
[1]
1.
OʻzME
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Tibbiyotga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?t
itle=Huqna&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Huqna&oldid=2030193
"
dan olindi
Manbalar
Do'stlaringiz bilan baham: |