8.2. Chorva mollari bosh soni va uni ko‘paytirish rejasining bajarilishini tahlil qilish
Har bir qishloq xo‘jalik korxonasi mahsuldor chorva mollari yetarli darajada bo‘lganda mahsulot ishlab chiqarish rejasini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Ta’kidlab o‘tilganidek, intensifikatsiyalash sharoitida ozuqa bazasini mustahkamlash yo‘li bilan chorva mollarining mahsuldorligini oshirish mahsulot ishlab chiqarishi o‘sishining asosi bo‘lib hisoblanadi. Biroq, bu ozuqa bazasi yetarli darajada mustahkam bo‘lgan va ozuqa ishlab chiqarishni ko‘paytirishni tezlashtirish sharoitlari mavjud xo‘jaliklarda parrandalar va chorva bosh sonini o‘stirish imkoniyatlarini inkor qilmaydi. Shu bois, chorva bosh sonini ko‘paytirish masalasini ozuqa bazasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda qarash lozim.
Mahsuldor chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish rejasining bajarilishini tahlil qilishda chorva mollarining har bir turi va guruhi bo‘yicha bosh sonini ko‘paytirishi rejasining bajarilishini o‘rganib chiqish lozim. Chorva bosh soni bo‘yicha rejaning bajarilishi xo‘jalikning podani takror barpo etishni qanday tashkillashtirishi, rejada ko‘zda tutilgan naslning olinishi va uni saqlab qolishga, yosh chorva mollarini asosiy podaga o‘z vaqtida o‘tkazish va sotishga tayyorlashga bog‘liq.
Chorva mollari bosh sonining o‘zgarish sabablarini aniqlash uchun poda aylanmasi rejasining bajarilishini chorva mollarining olinish manbalari va hisobdan chiqarilish sabablari bo‘yicha o‘rganish lozim (8.2-jadval).
8.2-jadval
Yirik shoxli qoramollar poda oborotining tahlili
Xayvonlarni qo‘shilish va qatordan chiqish manbasi
|
Jami YShM
|
Jumladan sigirlar
|
va sh. k.
|
rejada
|
haqiqatda
daamalda
|
+, -
|
rejada
|
haqiqatdaamalda
|
+,-
|
Yil boshiga qoldiq
|
2500
|
2500
|
—
|
1416
|
1416
|
—
|
|
Bolalashi
|
1338
|
1288
|
-50
|
—
|
—
|
—
|
|
Chorvani sotib olish
|
—
|
257
|
+257
|
10
|
10
|
—
|
|
Kichik guruhlardan qo‘shilish
|
573
|
580
|
+7
|
170
|
170
|
—
|
|
Boshqa guruhlarga o‘tish
|
573
|
580
|
+7
|
156
|
149
|
-7
|
|
Davlatga sotish:
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh soni
|
1200
|
1320
|
+ 120
|
—
|
—
|
—
|
|
Tirik vazni, ts
|
4200
|
4356
|
+ 156
|
—
|
—
|
—
|
|
Xo‘jalikda so‘yish
|
8
|
13
|
+5
|
—
|
—
|
—
|
|
Harom o‘lgan
|
—
|
17
|
+ 17
|
—
|
1
|
+ 1
|
|
Yil oxiriga qoldiq
|
2630
|
2695
|
+65
|
1440
|
1446
|
+6
|
|
8.3-jadval
Chorva mollari bosh soni va mahsuldorligining chorvachilik mahsulotlarini miqdoriga ta’sirini hisoblash
Chorva mollari turlari
|
O‘rtacha yillik bosh soni
|
Bir bosh qoramolning mahsuldorligi
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi
|
Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejadan og‘ish
|
Rejada
|
Haqiqatda
|
Ko‘rsatkich
|
Rejada
|
Haqiqatda
|
Mahsulot
turi
|
Rejadagi
|
Haqiqatda gi bosh son va rejadagi mahsuldorlik bo‘yicha
|
Haqiqatda
|
Jami
|
shu jumladan o‘zgarish hisobiga
|
Bosh soni
|
Mahsuldor
lik
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
Sigirlar
|
1400
|
1380
|
bitta sigirdan sog‘ib olingan o‘rtacha yillik sut , ts
|
30
|
32
|
Sut, ts
|
42000
|
41400
|
44160
|
+2160
|
-600
|
+2760
|
Sigirlar va g‘unajinlar
|
1650
|
1620
|
100 ta sigirdan olingan buzoq, bosh.
|
85
|
75
|
Buzoq, bosh.
|
1400
|
1377
|
1215
|
-185
|
-23
|
-162
|
Boquvdagi, yosh chorva mol-lari va sigir-lar
|
1300
|
1350
|
Bir boshning o‘rtacha 1 kunlik o‘sishi, g
|
650
|
670
|
Vazn o‘sishi, ts
|
3080
|
3200
|
3300
|
+220
|
+120
|
+100
|
Podani to‘ldirishning asosiy manbasi – sigirlardan buzoq olinishi. Qisir sigirlar va o‘lik tug‘ilgan buzoqlar hisobiga reja bajarilmasligi mumkin. Sigirlar qisirligining asosiy sabablari: bug‘oz sigirlarni boqish sharoitlarning qoniqarsizligi, oziqlantirish darajasining pastligi, sun’iy qochirishning yaxshi tashkil etilmaganligi, ko‘paytirish uchun yaroqsiz bo‘lgan sigirlarning o‘z vaqtida asosiy podadan chiqarilmaganligi va boshqalar sanaladi. Ular zootexnik hisoblash ma’lumotlariga ko‘ra aniqlanadi.
Podani to‘ldirish va tiklashning asosiy manbasi zotli xayvonlarni sotib olish hamda aholidan buzoqlarni sotib olishdir. Tahlil jarayonida podani ko‘paytirish va boqish uchun buzoqlar sotib olish rejasining bajarilishi va bajarilmaganlik sabablarini (moliyalashtirish manbalaring yo‘qligi, ozuqa va boqish joylarining yetishmasligi, bozorning noqulay kon’yunkturasi va b.) o‘rganish lozim.
Chorva mollari chiqib ketishining asosiy kanali ularni go‘sht uchun va naslchilik maqsadlarida sotish hisoblanadi. Bunda ulg‘aymagan chorva mollarini go‘sht uchun sotish sababi chorva bosh soni qisqarishiga olib kelinmaganligini aniqlash lozim.
Rejaning bajarilishi chorva mollarini hisobdan chiqarishning boshqa kanallari bo‘yicha ham tekshirilib xayvonlarni majburiy so‘yish va harom o‘lish sabablari o‘rganiladi. Bunday sabablarga yosh chorva mollarini oziqlantirish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq oshqozon – ichak kasalliklari, saqlash joylarining antisanitariya holati hamda qoniqarsiz shamollatilishi, yelvizak, sayr qildirish va chiniqtirish ishlari qilinmasligi bilan bog‘liq shamollash kasalliklari kiradi. Bu kamchiliklar bevosita xo‘jalik ishchilari tomonidan tegishli chora-tadbirlar o‘tkazish yuli bilan bartaraf qilinishi lozim.
Poda aylanmasi bo‘yicha rejaning bajarilishining tahlili asosida qisir sigirlar sonini kamaytirish, chorvaning harom o‘lishi va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni intensiv o‘stirish va boqish hamda eng yuqori vaznda go‘shtga topshirish hisobiga yil oxiriga olinadigan bosh sonini o‘stirishning ichki xo‘jalik rezervlari aniqlanadi.
Qisir sigirlarni kamaytirish hisobiga chorva bosh sonini ko‘paytirish rezervlarini hisoblash uchun 100 sigirdan olinadigan buzoqlar bo‘yicha rejaning bajarilmaganini yil boshidagi amaldagi sigirlar bosh soniga ko‘paytirib 100 ga bo‘lish lozim. Masalan, 100 ta sigirdan buzoq olinishi rejaga ko‘ra – 90, hisobotga ko‘ra – 85. Yil boshiga amaldagi sigirlar bosh soni – 1200. Natijada qisir sigirlarning rejadan ortiqligi bois har 100 sigirdan 5 ta, jami sigirlardan esa 60 ta buzok (5 • 1200 / 100) kam olingan.
Xo‘jalik aybi bilan chorva bosh sonini yo‘qotishlar chorva mollarining harom o‘lishi va nobud bo‘lishini qisqartirish hisobiga chorva bosh sonini o‘stirish rezervlari hisoblanadi. Buni aniqlash uchun harom o‘lgan chorva mollarini hisobdan chiqarish ma’lumotlaridan foydalanib, har bir holat bo‘yicha harom o‘lish sabablari o‘rganib chiqilishi lozim. Ushbu xo‘jalikda uning aybi bilan 15 ta buzoq nobud bo‘lgan.
Bir bosh chorva molining tirik vaznini rejadagi darajagacha ko‘paytirish hisobiga olinadigan bosh sonining o‘sishi rezervlari quyidagicha aniqlanadi: tirik vazndagi chorva mollari realizatsiyasining haqiqatdagi hajmini avval haqiqatdagi 1 bosh chorva tirik vazniga bo‘linadi, so‘ngra rejadagiga bo‘linib, natijalar taqqoslanadi. Misol uchun go‘shtga topshiriladigan molning haqiqatdagi hajmi tirik vaznda 4356 ts tashkil qiladi, rejaga ko‘ra 1 bosh tirik vazni – 350 kg, hisobotga ko‘ra – 330. Haqiqatda 1320 ta bosh (4356/3,3) topshirildi, 1 boshning rejaga ko‘ra vaznida esa 1245 (4356/3,5) realizatsiya qilish lozim edi. Shunga ko‘ra mol tirik vaznining kamayishi natijasida qo‘shimcha 75 ta bosh (1320 – 1245) realizatsiya qilindi va bu chorva bosh soni qisqarishiga olib kelgan. Chorva bosh sonini ko‘paytirish bo‘yicha foydalanilgan rezervlarning umumiy miqdori 150 ta boshni tashkil kiladi (60+15+75).
Do'stlaringiz bilan baham: |