Mavzu: chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tahlili


-rasm. Chorva mollarini oziqlantirish darajasi bilan mahsuldorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik



Download 219,26 Kb.
bet6/13
Sana27.06.2022
Hajmi219,26 Kb.
#709082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13-Маъруза машғулоти материали

8.2-rasm. Chorva mollarini oziqlantirish darajasi bilan mahsuldorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik

Chorva mollari mahsuldorligini oshirishning muhim omillaridan biri ozuqa sifatini va birinchi navbatda protein va quvvatlilini oshirish. Yem xashak sifati past bo‘lsa to‘yimliligi ham past bo‘ladi va bu chorva mollarining zarur kerakli mahsuldorlini ta’minlamaydi.


Ozuqaning sifati uni g‘amlash va saqlash usullari va muddatlariga, yedirish uchun tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq. Masalan, pichanni quritishda havoning yaxshi aylanishi va zichlangan pichan tayyorlashda kimyoviy konservantlardan foydalanish uning to‘yimliligini 15 – 20% oshiradi. Silos va senaj kapital omborxonalar, havo yaxshi aylanadigan pichan saroylari, o‘t uni, ozuqabop don va omuxtalangan ozuqalarni saqlash uchun omborlar ildizmevalilar va kartoshka saqlash uchun omborlar qurilishi ozuqa sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ozuqa tayyorlashda maxsus ishlov beriladigan (maydalash, bug‘lash, xushta’m qiladigan) ozuqa tsexlarining qurilishi, ozuqalarning chorva mollari organizmida hazm bo‘lishini sezilarli darajada oshiradi.
Ozuqa sifatini oshirishda uni baholash kursatkichlarining yangi tizimi muhim ahamiyatga ega. Ulardan asosiysi quruq moddadagi energiya almashinuvi va ho‘l proteinning kontsetratsiyalashuvi hisoblanib, oziqlantirish samaradorligi asosan shunga bog‘liq. Birinchi ko‘rsatkich 1 kg quruq modda hisobiga megadjoulda o‘lchanadi, ikkinchisi esa quruq moddaga nisbatan foizda o‘lchanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar ozuqa sifatini ozuqa birligi va hazm bo‘ladigan proteini bo‘yicha baholashning amaldagi tizimiga qaraganda yem-xashakning to‘yimliligini aniqroq aks ettiradi va chorva uchun ozuqa ratsionini tuzishda juda muhim ahamiyatga ega.
Chorva mollari mahsuldorligini oshirishning muhim omillaridan biri balanslashtirilgan oziqlantirish bo‘lib, bunda chorva molining mahsuldorligi va fiziologik holatiga muvofiq holda ularning organizmiga kerakli barcha oziqa moddalari ratsionda mavjud bo‘ladi. Ba’zi elementlar (hazm bo‘ladigan protein, karatin, kaltsiy, fosfor, lizin, vitaminlar va b.) yetishmaganda chorva mollarida moda almashinuvi buziladi va nafaqat ularning mahsuldorligi pasayishiga balki turli xil kasalliklar chalinishiga olib keladi. Ozuqalar sifatining pastligi va ratsiondagi mutanosiblikning yo‘qligi sababli, mutaxasislar hisoblashicha, chorvachilik mahsulotlari 20 – 30% kamayishi mumkin. Demak, ozuqa ratsioni va ozuqa ishlab chiqarishning ratsional tuzulmasini o‘rnatish chorva mahsuldorlikni oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirishning muhim rezervi hisoblanadi.
Podaning zotlar bo‘yicha tarkibi ham chorva mollari mahsuldorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Chorva mollarining zotdorligini yaxshilash, yangi zotlar, yo‘nalishlar va gibridlar yaratish chorva mahsuldorligi oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishning muhim sharti hisoblanadi.
Sigirlar mahsuldorligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri sog‘in sigirlar podasining yosh tarkibini yaxshilash hisoblanadi. 6-7 laktatsiyadan so‘ng sigir sutining kamayishi bois, qari, mahsuldorligi past sigirlarni 3000 kg. dan ko‘p beradigan zotdor, yangi tuqqan sigirlar bilan almashtirish sigirlarning o‘rtacha mahsuldorligini oshirishning muhim rezervi bo‘lishi mumkin. Yirik shoxli qoramollar asosiy podasini har yili 25 % yangilash zarur.
Sigirlar mahsuldorligi ko‘p jihatdan ularning qisirlik foiziga bog‘liq bo‘lib tuqqan sigirlarga nisbatan ular 2 baravar kam sut beradi. Bundan tashqari qisirlik fozining yuqoriligi xo‘jalikda buzoq olinishini kamaytiradi.
Chorva mollarining mahsuldorligiga chorva mollarini boqishning sharoiti va turi, chorvachilik fermalarida mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish texnologiyasi hamda fermer xo‘jaliklarining chorvador, zootexnik, veterinar kadrlar va injener texnik xizmatlari bilan ta’minlanganligi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, mehnatga haq to‘lash tizimi, ishchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, xususiylashtirish shakllari ham muhim ahamiyatga ega.
Tahlil jarayonida har bir omilning mollar mahsuldorligiga ta’sir darajasini aniqlash muhim va omilli tahlil asosida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishning foydalanilmagan, joriy va istiqbolli rezervlari miqdorini belgilash lozim.
Chorva mollari mahsuldorligining sanab o‘tilgan omillarga bog‘liqlik darajasini aniqlash uchun eksperimental va korrelyatsiya-regressiya usullarini qo‘llash maqsadga muvofiq.
Eksperimental usul ahamiyati shundan iborat-ki, bunda tajribadagi va nazoratdagi chorva mollari guruhlari uchun bitta, masalan, oziqlantirish darajasidan tashqari, barcha sharoitlar bir xil holatda yaratiladi. Tajribadagi va nazoratdagi chorva mollari guruhlari mahsuldorligi o‘rtasidagi farq ushbu guruhlar chorva mollarini oziqlantirish darajasidagi farqqa bo‘linadi.
Biroq, bunday usulni har doim qo‘llash imkoniyati yo‘q bo‘lib, taqqoslash uchun bittadan tashqari, barcha bir xil sharoitlarni yaratish juda qiyin. Shuning uchun chorva mollari mahsuldorligi darajasiga omillar ta’sirini aniqlashda korrelyatsion tahlil usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ko‘p sonli kuzatishlar dinamikasida yoki bir turli ob’ektlar (xo‘jalik, ferma) guruhi bo‘yicha mahsuldorlik va o‘rganilayotgan omillar ma’lumotlarini to‘plash lozim. Hisoblash usulini 8.7-jadvalda berilgan misolda ko‘rib chiqamiz.
8.7-jadval

Download 219,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish