Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘paytirish rezervlarini umumlashtirish
Rezervlar manbasi
|
Ishlab chiqarishni ko‘paytirish rezervi
|
Sut, ts
|
Mol go‘shti, ts
|
va sh.k.
|
Chorva mollari bosh sonining o‘sishi
|
—
|
143
|
|
Chorva mollarini oziqlantirish darajasini yaxshilash
|
2346
|
407
|
|
Ozuqadan foydalanish samaradorligini oshirish
|
2010
|
220
|
|
Podaning zot bo‘yicha tarkibini yaxshilash
|
414
|
24
|
|
Podaning yosh bo‘yicha tarkibini yaxshilash
|
506
|
—
|
|
Qisir sigirlar ulushini qisqartirish
|
700
|
—
|
|
Mollarning nobud bo‘lishini qisqartirish
|
—
|
40
|
|
J a m i
|
5976
|
834
|
|
Mahsulot ishlab chiqarishning haqiqatdagi hajmiga nisbatan, %
|
13,5
|
25,3
|
|
8.7. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish rejasining bajarilishini tezkor tahlil qilish
Tezkor tahlil yordamida chorvachilikda mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini, chorva mahsuldorligini, poda aylanishi va yem-xashakdan foydalanishni nazorat qilish amalga oshiriladi.
Sut va tuxum ishlab chiqarish rejasining bajarilishini tezkor tahlil qilish har kuni (8.20-jadval); qo‘ychilik fermalarida-yoppasiga mahsulot olish davrida (qo‘ylarni junini qirqish va qo‘zilatish); cho‘chqachilik fermalarida hamda yirik shoxli qoramollarni o‘stirish va burdoqiga boqish fermalarida har 10 kunda, har oyda mollar og‘irligini nazoratdan o‘tkazish ma’lumotlari asosida amalga oshirish mumkin.
Sut sog‘ib olinishi to‘g‘rsidagi ma’lumotlarni fermalar va butun xo‘jalik bo‘yicha har besh kunlikda guruhlash lozim, bir sigirdan olinadigan sut ko‘rsatkichini esa o‘tgan yilgi ushbu sanadagi ma’lumotlar bilan taqqoslangan holda yil boshidan o‘sib boruvchi jami bilan ko‘rsatish zarur (8.21-jadval).
8.20-jadval
Sut sog‘ib olish rejasi bajarilishining tezkor tahlili
Sut sog‘uvchining familiyasi
|
Ko‘rsatkichlar
|
Sana
|
Jami bir oyda, kg
|
1
|
2
|
3
|
va h.k.
|
Solieva G.A.
va h.k.
|
Sut sog‘ib olish rejasi, kg
|
190
|
190
|
200
|
|
8500
|
haqiqatda sog‘ilgan sut, kg
|
185
|
193
|
205
|
|
8670
|
Rejaga nisbatan, %
|
97
|
101,6
|
102,5
|
|
102,0
|
Jami ferma bo‘yicha
|
Sut sog‘ib olish rejasi, kg
Haqiqatda sog‘ilgan sut, kg
|
4000
3900
|
4000
4050
|
4050
4070
|
|
125 000
126 300
|
Rejaga nisbatan, %
|
97,5
|
101,2
|
100,2
|
|
101,0
|
Sigirlar bosh soni:
|
|
|
|
|
|
rejada
|
400
|
400
|
400
|
|
400
|
haqiqatda
|
396
|
398
|
400
|
|
402
|
Bir sigirdan sog‘ib olinadigan sut, kg:
|
|
|
|
|
|
rejada
|
10
|
10
|
10,125
|
|
312,5
|
haqiqatda
|
9,9
|
10,2
|
10,2
|
|
314,2
|
Sog‘ilgan sut o‘zgarishi, kg
|
-90
|
+50
|
+20
|
|
+ 1300
|
Jumladan:
|
|
|
|
|
|
bosh soni
|
-40
|
-20
|
—
|
|
+625
|
mahsuldorlik hisobiga
|
-50
|
+70
|
+20
|
|
+625
|
1 ozuqa-kuniga ketadigan ozuqa sarfi:
|
|
|
|
|
|
rejada
|
12
|
12
|
12
|
|
360
|
haqiqatda
|
11,5
|
12,5
|
12
|
|
380
|
Rejaga nisbatan, %
|
95,8
|
104,1
|
100
|
|
105,5
|
1 ts mahsulotga ketadi-gan ozuqa sarfi, o.b.:
|
|
|
|
|
|
rejada
|
120
|
120.
|
120
|
|
115
|
haqiqatda
|
116
|
122
|
118
|
|
!21
|
rejaga nisbatan, %
|
96,6
|
101,6
|
98,3
|
|
105,2
|
Sut sog‘ib olish va mollar mahsuldorligi bo‘yicha oylik rejalarning bajarilishini o‘rganishda besh kunlik tahlil ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.
Ozuqa xarajatlari chorvachilik mahsulotlari tannarxining asosiy qismini tashkil qiladi hamda chorva mollari mahsuldorligi o‘sishining asosiy omillaridan hisoblanadi. Shu bois, har bir fermada boqish darajasi va ozuqalardan foydalanish samaradorligini har oyda tezkor tahlil qilib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday tahlil chorva mollaring har bir turi va guruhi bo‘yicha yem-xashak sarfi qaydnomasining ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Tahlil jarayonida boqish darajasi va sarflangan ozuqalar o‘z-o‘zini qoplashining pasayish sabablari o‘rganiladi, ozuqalardan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tahlili qanday tartibda amalga oshiriladi?
2. Chorvachilik mahsulotlari hajmiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi?
3. Chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish tahlilining ahamiyati nimada?
4. Poda tuzulmasi va uning o‘zgarishi tahlili qanday olib boriladi?
5. Chorva mollarining mahsuldorligi qanday hisoblanadi?
6. Chorva mollarining mahsuldorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar nimalar?
7. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishini ko‘paytirish rezervlari qanday aniqlanadi?
8. Qanday omillar chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga ta’sir yetadi?
9. Parrandachilikda mahsuldorlik ko‘rsatkichi bo‘lib nima hisoblanadi?
10. Olinadigan mahsulotga poda tuzulmasi ta’sirining hisob –kitobi qanday tartibda amalga oshiriladi?
11. Cho‘chqachilikda mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘lib nimalar hisoblanadi?
12.Chorva mollari mahsuldorligini oshirishning muhim omillari qaysilar?
13. Balanslashtirilgan oziqlantirish deganda nimani tushunasiz?
14. Eksperimental usulning ahamiyati nimada?
15. Korrelyatsiya koeffitsienti qanday hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |