Boshqaruv hisobi eng qiyin va og’ir bo’lgan mavzulardan iboratdir.
Boshqaruv hisobi ikki fanni asosi hisoblanadi yani BUXGALTERIYA HISOBI va MOLIYAVIY HISOB fanlarini asosi hisoblanadi. U boshqaruv maqsadlariga hizmat qiladi. Umuman olganda uni hisob deb atash unchalik to’g’ri bo’lmaydi, ammo bu nom hozir mavjud, qo’llanishga maxkum va qo’llanilayabti desa xam bo’ladi. Umuman olganda BOSHQARISH VA HISOBLASH so’zlaridan iborat. Shundan kelib chiqib fikrlashni davom ettiramiz. Boshqaruv hisobi korxonani keying faoliyati uchun vazifalar, xarakatlar va maqsadlar rejasidan iborat bo’ladi. U moliyaviy va buxgalteriya hisobi malumotlariga tayanadi.
Boshqaruv hisobi boshqaruv personali uchun axborotlarni yig’ish, taxlil qilish, tayyorlash jarayonlari bo’lib u korxona faoliyatini to’liq ko’rib turish va boshqarish qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. To’g’rirog’I boshqaruv maqsadlariga xizmat qiladi.
Xozirgi zamon adabiyotida boshqaruv hisobi korxona resurslarini boshqarish bilan tenglashtiriladi yani xom-ashyo materiallarni zahirasi, tannarx hisobi, xom ashy ova materiallarni ombor bo’yicha xarakatini hisoblab chiqadi. Buning uchun korxonada boshqaruv hisobini olib borish uchun maxsus dasturlar mavjud va bu juda to’g’ri deb hisoblayman.
Xaqiqatdan xam sizning korxonangizni qiymatini va zahiralarni boshqarish boshqaruv hisobini asosiy qismini tashkil etadi. Siz raxbar sifatida oldinga-kelajakka qarashingiz kerak bo’ladi. Siz boshqaruv hisoboti malumotlari yordamida rejalashtirishni amalga oshirishingiz mumkin va lozim. Raxbar uchun boshqaruv hisobi aynan shuning uchun xam kerak.
Siz boshqaruv hisobi yordamida xarajatlarni qaysi meyorda ushlab turishingiz kerakligi bu ishni qanday bajarish kerakligi, qanday zahiraga ega ekanligiz, kelgusin davrda sizning korxonangiz qaysi vazifalarni bajarish kerakligini bilib boradi.
REJALASHTIRISH ishlari asosan 1 yilga, yarim yilga, chorakka va 1 oyga tuziladi.
1 oy muddatga eng aniq raqamlar, konkret vazifalar belgilanadi.
1 yilga umumiy ko’rsatgichlar chamalanadi lekin ular faqat orentir vazifasini o’taydi xalos yani ular bilan doimo solishtirib turish kerak.
Boshqaruv hisobi xamisha biznes reja bilan solishtiriladi. Shunchaki biznes reja bu loyiha, boshqaruv hisobi esa o’tgan davrning aniq ko’rsatgichlari asosida ishlab chiqiladi.
Boshqaruv hisobiga befarq bo’lmaslikni va uni tashlab qo’ymaslikni xam maslaxat bergan bo’lar edim.
U hisob kitobning 3 turi MOLIYAVIY HISOB, BUXGALTERIYA HISOBI va BOSHQARUV HISOBINING orasidagi eng murakkabi hisoblanadi. Moliyaviyn hisob va buxgalteriya hisobi faqat raqamlar bilan olib boriladi ikkinchidan ular o’tgan davr tayyor malumotlari bilan ishlaydi.
Boshqaruv hisobi esa bu oldinga yo’naltirilgan bo’ladi bu esa rejalashtirish demakdir. Mavjud raqamlarni to’gri tushunish, xulosa chiqarish va yangi vazifalarni belgilab olish kerak.
Man bekorga raqamlarni to’g’ri tushunish to’g’risida etvotganim yoq. Bu gap sarf xarajatlarga xam tegishli.
XARAJAT va DAROMADLARNI qaysi turini doimiyga va qaysi turini vaqtinchalikka kiritish kerakligini moliyaviy reja tuzayotganda o’rganiladi va raqamlar kelib chiqish mantig’ini bilish kerak bo’ladi. Bu esa og’ir mushkul.
Boshqaruv qarorlari rejadagidan yuqori yoki past xam bo’lishi mumkin. Sizga faqat bir narsani maslaxat bera olamiz. Buning uchun o’qish kerak. Boshqa retseptlari yoq.
Asosiysi bu ishni bajarishingiz aks xolda tashkilot o’z xolicha rivojlanadi. Balki achitqi (дрожа) solingandek tezlikda o’zib ketar. Lekin baribir REJALASHTIRISH ni va MALUMOTLARNI TAXLIL QILISH ni o’rganish kerak. Bu esa ish xolati yomonlashganida sizga boshqaruv qarorlarini qabul qilishda as qotadi.
Vaqti kelib vaziyat yomonlashishini esa man sizga kafolatlayman.
Xayotiy tajriba xam YAXSHI NARSALAR BIR KUN KELIB TUGAB QOLISHINI ko’rsatib turibdi.
Huddi shu narsa tinmay o’sishga ham tegishli. Bir kun kelib o’siz xam tugaydi. Raqobatli kurash ana o’sha yerda boshlanadi. Ana shu yerda sizga yaxshi odat ham kerak bo’ladi.
BOSHQARING VA HISOBGA OLING !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |