M U N D A R I J A
I. Kirish
1. Birinchi bob. Ingliz iftixori W.SHekspir hayoti va ijodi
I – BOB. Asosiy qism
1.1. Jahon adabiyotida tragediyaning yaratilish tarixi
1.2. “Romeo va Juletta” tragediyasining yaratilish tarixi
II – BOB.
2.1. “Romeo va Juletta” tragediyasida optimizm.
2.2. Juletta jahon adabiyotidagi eng yosh ma’shuqa
III – BOB.
3.1. “Yuliy Sezar” tragediyasining yaratilishi
3.2. W.SHekspirning “Hamlet” tragediyasi
IV – BOB
4.1. “Otello” tragediyasiga optimizm.
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
K I R I SH
Muxtarama prezidentimiz Islom Karimov istiqlolning dastlabki kezlaridanoq kelajagi buyuk davlat barpo etish haqidagi hayotbaxsh g‘oyani o‘rtaga tashlab bu tom ma’nodagi ulug‘ maqsadni amalga oshirishning asosiy sharti, mezoni sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ekanini har tomonlama chuqur asoslab berdi. Bu o‘z navbatida xalqimizning insoniy komillik haqidagi qarashlarini ro‘yobga chiqarish uchun misli ko‘rilmagan ufq va imkoniyatlar ochib berdi. Inson yaralibdiki, mudom kamolotga intiladi, tinch, erkin va farovon hayotni orzu qiladi. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolararo totuvlik, turli millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasida hamjihatlikni yanada kuchaytirish kundalik hayotimizning qoidasiga aylanishi lozim. Bizning buyuk donishmand ajdodlarimiz, qadim zamonlardan boshlab ilg‘or fikr va g‘oyalarni ilgari surishgan. Masalan, ulug‘ bobokalonimiz Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” haqidagi orzu intilishlarining o‘ziga xos ifodasi edi.
Mustaqil taraqqiyotimizning har bir yili ana shu g‘oyani amalga oshirish – kelajagi buyuk davlat poydevorini mustahkamlash yo‘lida ulkan qadam bo‘lmoqda. Ayniqsa barkamol avlod yilida bu boradagi intilish va va harakatlarimiz alohida ma’no va mazmun kasb etmoqda. Chunki buyuk davlatni barkamol avlodsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, mana o‘n to‘qqiz yildirki, Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asoslanib, izchil joriy etilayotgan yurtimizda kelajagi buyuk davlat barpo etish, O‘zbekistonni dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish g‘oyasi har birimizga beqiyos kuch, g‘ayrat shijoat bag‘ishlamoqda, o‘tgan tarixan qisqa davr mobaynida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuq va marralar bizning haqiqatdan ham buyuk davlat barpo etishga qodir ekanimizni, mana shunday qat’iyat bilan xarakat qiladigan bo‘lsak, ulug‘ maqsadimizga albatta yetib borishimizni yaqqol namoyon etmoqda.
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5 dekabrь kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhtaram prezidentimiz 2010 yil “Barkamol avlod” yili deb nom berishni taklif etdilar1. “Yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga lishga qodir bo‘lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz, deydi prezidentimiz”.2
Muayyan milliy adabiyot rivoji o‘sha millatning umumiy taraqqiyot darajasining ham ifodasidir.
Prezidentimizning “Adabiyotga e’tibor, ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” asaridagi “Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarranum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak,” degan fikrlari yoshlarimizda ijodiy tafakkurni tarbiyalashda dasturilamaldir.
Axir, ijodiy tafakkur bo‘lmagan joyda, tarixdan yetarli ibrat olinmaydi, yorug‘ kelajakka ishonch tuyg‘usi shakllanmaydi, buyuk yozuvchi shoirlar, ijodkorlar yetishib chiqishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
Zero, ijodiy tafakkur – jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch, uning ravnaqini ta’minlovchi bebaho omil. Shuning uchun ham Yurtboshimiz ijodiy tafakkurga qanot beruvchi asosiy manba bo‘lgan adabiyotimiz rivojiga katta e’tibor beryaptilar.
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Asarida buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimligi, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lishi haqidagi so‘zlarini keltirar ekan, Yurtboshimiz! “Hozirgi vaqtda dunyoviy ilm – fan va texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirmasak, faqat tariximiz, olis ajdodlarimizning kashfiyotlari bilan maqtanib, ularga mahliyo bo‘lib yashasak, ana shu noyob merosni asrab – avaylab, yanada boyitib, unga o‘z hissamizni qo‘shmasak, zamon bilan hamqadam bo‘lib yurmasak, bizning jahon maydonida munosib o‘rin egallashimiz qiyin bo‘ladi”, degan haqqoniy xulosaga keladi. Darhaqiqat, dunyo ilm – fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ajdodlarimizning ilmiy merosi bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelyapti. Endigi biz yoshlarning vazifamiz bu bebaho merosn chuqur o‘zlashtirishi, ularni yangi yutuqlar bilan boyitish, rivojlntirish, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishdan iboratdir.
Buyuk kelajakning qisqa tarixiy fursat ichida barpo etib ulgurilgan poydevorini yanada mustahkamlashimiz, milliy mustaqilligimiz asoschisi – Yurtboshimiz atrofida yanada jipslashmog‘imiz, yorug‘ istiqbolning muhtasham inshootni bunyod qilishga har – birimiz hissa qo‘shmog‘imiz lozim. Siyosiy partiyalarning mamlakatimiz oliy qonunchilik organi, joylardagi hokimiyat vakillik organlari faoliyatidagi roli va ta’siri sezilarli darajada oshdi. Qonunchilik palatasida birinchi marta parlamentdagi ko‘pchilik – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va shuningdek, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi fraksiyalarini birlashtirgan Demokratik blok shakllandi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi timsolida parlamentdagi muxolifat tashkil topdi.3 Shuni ta’kidlash kerakki, parlamentimiz sud – huquq tizimini chuqur isloh qilish va liberallashtirish, sud hokimiyatining amaldagi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosli ishlarga ham salmoqli hissa qo‘shdi. O‘tgan besh yil mobaynida qabul qilingan 58 ta qonunga muvofiq, sud – huquq tizimidagi islohotlar yanada chuqurlashtirildi. Mamlakatimizda 2008 - yil 1-yanvardan boshlab o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida, shuningdek fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuraturadan sudlarga o‘tkazish to‘g‘risidagi 2007 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari butun dunyoda ulkan qiziqish va e’tibor uyg‘otdi.
2008 yilning iyulь oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi har ikki palatasi kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab – quvvatlashni kuchaytirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Bu xujjat nodavlat notijorat tashkilotlarning, fuqarolik jamiyati institutlarining mustaqil rivojlanishini bosqichma-bosqich ta’minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi. Keyingi besh yil mobaynida Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan 297 ta qonun loyixasidan atigi 44 tasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan.
Ayni paytda, 42-ta qonun loyixasi bevosita O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan taqdim etilgan, 160-tadan ziyod qonun loyihasi esa mamlakatimiz hukumati tomonidan kiritilgan bo‘lib, ularning aksariyat qismi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmonlari va qarorlarning ijrosini ta’minlash munosabati bilan taqdim etilgan.
Senat – bu vaqillik organi va uning ko‘pchilik qismi halq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining deputatlari sifatida mamlakatimiz oliy qonun chiqaruvchi organida ana shu mahalliy kengashlarning vakolatli vakillari hisoblanadi. Va ularga hisob beradi. Shu sababli ham senatorlarning o‘z faoliyatida, qonunlarni muhokama etish va qarorlar qabul qilishda, birinchi navbatda, umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, bu qonunlarni o‘zlari vakili bo‘lgan hudud va mintaqalar manfaatlari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishlari to‘liq qonuniy asosga egadir. 2009 – yil mohiyat e’tiboriga ko‘ra, avvalo, eski ma’muriy – buyruqbozlik, taqsimlash tizimidan bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruv tizimiga o‘tish bo‘yicha biz tanlagan, mashhur besh tamoyilni o‘z ichiga olgan o‘zbek modeli, davlatimiz va iqtisodiyotimizni bosqichma – bosqich, izchil isloh etish va tadrijiy rivojlantirish strategiyasi uchun tom ma’noda sinov yili bo‘ldi deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Amalga oshirgan tadbirlarimiz qatorida moliya bank tizimini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
So‘ngi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar kupaydi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida yetakchi banklarning nizom jamg‘armalarini oshirishi uchun qo‘shimcha ravishda 500 milliard so‘mdan ortiq davlat mablag‘lari ajratildi. Bugungi kunda O‘zbekiston bank tizimi qat’iy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biri bo‘lib, ayni paytda u belgilangan qator normativlar bo‘yicha mustahkam pozitsiyalarga ega.
Banklarimiz kapitalining yetarlilik darajsi 23 foizdan oshadi. 29-yanvarь kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.
2009 yilda mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar hajmi 2,3 barobarga ko‘paydi, mahsulotlarning 120 tadan ortiq yangi turini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 2009 – yilda avtomobilsozlik, qurilish materiallari sanoati, kimyo, oziq-ovqat, yengil, farmatsevtika sanoatida va boshqa tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushurildi.
Mamlakatimiz bo‘yicha, yirik korxonalarni ham qo‘shganda jami 240 ta korxona bankrot deb e’lon qilindi. Ayni paytda ularning 154 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, budjet va ish haqi bo‘yicha umumiy miqdori 1 trilion so‘m kreditorlik qarzini uzish, bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo‘shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini berdi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo‘nalish mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan amaliy choralar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag‘batlantirish va qo‘llab – quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. 2009 – yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o‘rtacha 1,3 barobar kamaytirildi. 2010 yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi – bu islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan. Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir.
O‘tgan yili 2010 yilga nisbatan o‘rtacha ish haqi 28.5 barobar, pensiyalarning o‘rtacha miqdori qariyb 18 barobar oshdi. Joriy yilda ham ish haqini kamida 30 foizga, real daromadlarni esa 23 foizga oshirish mo‘ljallanmoqda. Bugun hayotning o‘zi oldimizga fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va rolini yanada mustahkamlash vazifasini qat’iy qilib qo‘ymoqda. Ommaviy axborot vositalarini yanada erkinlashtirish darkor.
KIRISH
Ушбу малакавий битирув ишимни ёзишда мен инглиз драматурги буюк даҳо Вильям Шекспирнинг трагедияларини мавзу тариқасида танладим.
Малакавий битирув ишимни ёзишнинг асосий мақсади жаҳон адабиёти хазинаси ҳисобланган Вильям Шекспирнинг “Ромео ва Жульетта”, “Ҳамлет”, “Қирол Лир”, “Отелло” трагедияларининг яратилиш тарихи, моҳияти асардаги қаҳрамонларнинг кечинмалари, характерларини таҳлил қилишдан иборат. Инсон қалбининг яхши – ёмонлиги масаласи Шекспирни бутун ҳаёти давомида қизиқтирган деярли ҳамма асарларида шу масалани ёритади. Трагедияларнинг қайси бир қаҳрамонини олманг улар қалбида яхшилик билан бир қаторда қисман бўлсада камчиликлар бор.
Ҳаётда мутлоқ идеал ва мутлоқ ёмон одамлар бўлмаганидек, буюк драматург ҳам персонажларни мутлоқ яхши ёки мутлоқ ёмон қилиб яратмайди. Бу асарларни таҳлил қилиш билан бирга мен Вильям Шекспир ҳақида, унинг ҳаёти ва ижодий фаолияти ҳақида ҳам бир қанча маълумотлар бериб ўтганман. Биз немис шоири Гётенинг “Шекспир бепоён ...” деган фикрига қўшиламиз. Ҳақиқатан, унинг поёни йўқ. Ҳар бир давр, ҳар қайси миллат унинг асарларида маънавий озиқ оладилар. Шекспир тафаккури яратган ҳар қандай ёмонликка нисбатан келишмовчи образлар ҳаёт қонунияти ва инсоний муносабатлар моҳиятини англаб етишга ёрдам беради. Гёте, Шиллер, Стендаль, Бальзак, Скотт, Пушкин, Горький каби жаҳон адабиётининг намоёндалари Шекспирни ўз устозлари деб билганлар.4
Шекспир дўсти, қаламкаш ва илк танқидчиси Бен Жоксон “У фақат ўз давридаги эмас, балки ҳамма даврларга таалуқли” деб башорат қилган эди. Асрлар ўтиши, жамият тузумидаги ўзгаришларга қарамай, Шекспир ўз замонавийлигини йўқотмади. Шекспир ҳақида турли даврлар ва тилларда яратилган илмий танқидий монография ва мақолларни хеч қандай ахборотлар, библиографик асарларга сиғдириб бўлмайди. Мамлакатимизда Шекспир асарлари деярли ҳамма тилларга таржима қилинган. Ажойиб ақл эгаси бўлган Шекспир ижтимоий ҳаётни ўз замондошлари, ҳатто давр донолари пайқаб етмаган томонларини шунчалик тўғри тасвирлаганки, ҳозиргача мутаҳассисларни ҳайратда қолдириб келмоқда. Файласуфлар унинг борлиқ, ҳаёт зиддиятлари диалектикасини нақадар тўғри тушунганига, тарихчилар – давлатлар, халқлар идора этиш қонунларини фаҳмлашига, психологлар эса инсон қалбининг энг нозик томонларини билиб, очиб беришига қойил қоладилар.
Шекспирда, айниқса, ҳаёт конфликт ва фожеали зиддиятларни фаҳмлаш ва ўз асарларида ифодалаш қобиляти ниҳоятда кучли, ҳаёт драмасини тўғри тасвирлашда ҳали ҳеч ким унинг олдига туша олмаган. Шунинг учун В.Белинский “шоир сифатида Шекспирни умуминсоният шоирларидан устун қўйиши тўла жасурлик ва ажабланарли бўлур эди, лекин драматург сифатида у ҳалигача ҳам тенгсиздир, унинг номи ёнига қўйиш мумкин бўлган ном йўқдир” дейди. Белинский айтганидек, Шекспир шоирларнинг энг кучлиси эмас, лекин буюк инглиз шоирларининг биридир. Унинг шеърларида мусиқийлик, мазмун ва шеър гармонияси бор, шеър оҳанги персонажлар ҳарактери асар воқеасидаги ҳолат билан боғлиқдир. Шунинг учун француз ёзувчиси Анде Моруа “ҳеч қандай таржима шеър мусиқийлиги ҳақида узоқ тасаввур ҳам бера олмайди... Шекспирга арзийдиган таржима қилиш учун иккинчи Шекспир керак,” – деганда ҳақли эди.
Малакавий битирув ишимнинг объекти сифатида мен бир қанча адабиётларнинг асл нусхаларидан яъни 1972-йилда Москвада чоп этилган “Ромео ва Жульетта”, О.Қаюмовнинг “Чет эл адабиёти ва тарихи”, “Ромео ва Жульетта” асарининг ўзбекча талқини – Ғ.Ғулом номидага Адабиёт ва санъат нашриётида 1981 йилда чоп этилган адиб Мақсуд Шайхзода таржимасидан фойдаландим. Шу билан бирга кўпгина олимларнинг: Гёте, Моруа, Белинский, Хондамир, Соҳиб Доро каби олимларнинг фикрларидан фойдаланиб мисоллар келтирганман.
Малакавий битирув ишимни ёзишдан мақсад, Шекспирни етиштириб чиқарган тарихий шароит, Англияда театр санъати, драматургиянинг шаклланиш ҳусусиятлари, драматург ҳаёти, ижоди айниқса, ўзбек тилига ағдарилиб, ўзбек саҳнасига қўйилиб келаётган трагедиялар таҳлили билан батафсил театршунос сифатида эмас, адабиётшунос сифатида таништириш, уларнинг ўзбек тилига таржима тарихи ва таржимонлар ижодига таъсири билан таништиришдир. Малакавий битирув ишимнинг амалий аҳамияти ҳар бир китобхон учун алоҳида ўринга эгадир. Шекспир асарларида ҳар бир кишини доимо олға интилишига, ҳеч қачон ҳақ ҳуқуқларини поймол эттирмасликка, ҳамиша мустақил йўл топа олишга ва янгича фикр юритишга, ҳар бир нарсани чуқур мушоҳада қилишга ундайди. “Ромео ва Жульетта” трагедиясини амалий жиҳати шундан иборатки, нафақат ўзбек балки бошқа миллат йигит қизларини Жульетта каби иродали, матонатли, покиза бўлишига, Ромео каби мард, жасур ва ҳар нарсага содиқ бўлишига ундайди. Мен бу асарларни ўрганиб чиқар эканман ҳудди шу асар қаҳрамонлари каби ҳозирги оилаларимиз унда етишиб чиқаётган ҳар бир фарзандларимизнинг, ҳар бир авлодларнинг қалбида шундай самимий севги, вафо, ватанга содиқлик, меҳр-мухаббат каби туйғулар сақланиб қолади деган умиддаман.
Do'stlaringiz bilan baham: |