4.1. “OTELLO” TRAGEDIYASIDA OPTIMIZM
“Venetsiyalik arab Otello” tragediyasining yozilgan yili noma’lum, lekin 1604 yil deb taxmin qilinadi.
“Otello”ning kompozitsiyasi aniq izchil rivojlanadi va voqea ma’lum intriga atrofida ustalik bilan jipslashtiriladi, uslubda ham bu tragediya boshqalaridan ajralib turadi, “Otello” bizning tushunchamizdagi eng realistik asar. Qora tanli, musofir Otello talanti, imkoniyati bilan respublikaning lashkarboshisi bo‘lishiga muvaffaq bo‘lgan: Kassio esa uning yordamchisi darajasiga ko‘tarilgan. “Otello”da tasvirlangan jamiyat o‘rta asr, feodal tabaqachiligi ta’siridan ancha xoli, lekin gumanistlar ideali bo‘lishi chin ozodlikdan hali uzoqda.
Bu yerda shaxs davlat pog‘onasida tutgan o‘rni, unga qilgan xizmatiga binoan baholanadi, shaxs davlat uchun yashaydi: Brabansio Senatga Otello ustidan shikoyat qilsa senat uning aslzodaligi, obruyiga qaramay shikoyatini rad etadi, chunki Otello Venetsiya uchun zarur shaxs, Kiprni turklarhujumidan saqlab qolishni faqat u bajara oladi, oxirida, Otello topshirilgan vazifani bajarib bo‘lgach, senat uning o‘rniga Kassioni tayinlab, uni orol hokimligidan ozod qiladi. Bu tragediyaning konflekti eskilik bilan yangilik kurashi natijasida emas, balki yangi ijtimoiy sharoit natijasida kelib chiqqan.
Otello, Yago, Kassio – avatyura ruhi hukmron bo‘lgan, har bir kishi talantiga ko‘ra yuqori pog‘onaga ko‘tarila oladigan davrning vakillari. Otella eng yuqori darajaga ko‘tarilgan, unga Yagoning hasadi keladi, ikkinchi tomondan Kipr, Rodos orollari musulmon va xristian yurtlarida. (I.I). bo‘lgan janglarda Yagoning xizmatlarini hisobga olmay, Otello o‘ziga Kassioni yordamchilikka tayinlaydi. Yagoning ayniqsa g‘azabini keltirgan narsa – raqibi unga o‘xshab jang maydonida xizmat ko‘rsatgan emas, balki
Florensiyalik buyuk arifmetik Mikel Kassio,
U xizmat qilgan jangchi emas, bironta ham vzvodni
Maydonga olib chiqmagan, jangda ip yigiruvchi xotindek
Hech nima bilmagan, nazariyani o‘qib, o‘rganib olgan quruq so‘z (I.I)
Otello ham Yago kabi jangni yaxshi bilgan, lekin nazariyadan uzoq bo‘lganligi uchun Kassioni tanlagan, lekin buni Yago tushunmaydi, o‘zini haqoratlangan his qiladi, davlat manfaatini emas, o‘z foydasini o‘ylaydi.
Xizmatning shunisi yomonki, katta – kichiklikka qarab ko‘tarilmay,
Xatlar, tanishi – bilishlar yordamida ko‘tariladilar.
Yago tilidan aytilgan so‘zlar chuqur ma’noga ega, tragediya konflikni xuddi ana shu yerdan boshlanadi. Yangi jamiyat keltirib chiqargan yomonliklarning biri raqobatchilik, xasadgo‘ylik edi. Otello shuhratparastlik yo‘lida xizmat qilmagan, uning uchun hayot kurashdan iborat, shuhrat esa o‘z – o‘ziga kelgan. Uning xizmatlari uchun eng oliy mukofot Dezdemonaning muhabbati edi. Pushkin va A.Blok SHekspir tragediyasining mohiyatini, ayniqsa qahramon xarakterini ochib berishga katta hissa qo‘shganlar.
Pushkin, “Otello aslida rashkchi emas, aksincha, u ishonuvchan”12 deydi. A.Blok, “Otello Dezdemonada o‘z qalbini topdi ... u bilan birgalikda garmoniya, tartib, xotirjamlik topdi, bular bo‘lmaganda u baxtsiz odam edi”13, deb yozadi. Otello bilan Dezdemona yosh, irq, millat, tabaqa jihatdan bir – birlariga mos emas, lekin ular ruhan bir – birlariga yaqin edilar. Otello hikoyalarini eshitgan qiz uning sof, olijanob qalbini anglaydi va ana shu qalbi uchun sevadi.
Tragediyaning birinchi pardalaridayoq SHekspir o‘z qahramonining harakterini jamiyat ishi, shaxsiy hayotga bo‘lgan munosabatini ochib beradi. Ko‘z oldimizda olijanob, jasur, hayotini jamiyatga xizmat qilishga bag‘ishlagan, ruhan go‘zal inson gavdalanadi. U SHekspir yaratgan fojiali qahramonlarning eng ko‘rkami, olijanobi, Venetsiyalik aslzodalar Rodrigo, Grotsiano, Lodoviko, Kassio nursiz, oddiy mayda odamlar orasida Otelloning yorqin bahodirona obrazi yaqqol ko‘zga tashlanib, ajralib turadi, Dezdemona ularni emas, Otelloni tanlashi, ham bejiz emas.
Yago ham Otello bilan birgalikda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirgan, katta tajribaga ega, lekin u bundan mutlaq boshqacha xulosalar chiqargan, agar Otelloni qiyinchiliklar chin inson qilib tarbiyalagan bo‘lsa, Yagoni ham tarbiyaladi, lekin Yago uchun insonning qimmati jamiyat pog‘onasida tutgan o‘rni va pul bilan o‘lchanadi.
Yago hech qanday his – tuyg‘u, muhabbatga ishonmaydi, u hayosiz uning tushunchalari nihoyatda yuzaki Dezdemonadek ayolni ham pulga sotib olish mumkin deb o‘ylaydi. Hatto uning xotini sofdil Emiliya ham Dezdemona bilan bo‘lgan suhbatda “Albatta, uzuk, bir kiyimlik mato yoki bironta ko‘ylak, yubka, qalpoq yoki mayda – chuyda narsalar uchun men sotilmas edim, lekin butun jahon bo‘lsa, albatta hamma ham o‘z erini shoh qilish uchun ham shoh qo‘yniga tayyor bo‘ladi” deydi. Yago hamma narsa qatorida muhabbatni ham pul bilan o‘lchaganidek, Emiliya ham bu masalada unga yaqin turadi. Yago Otella boshqa yo‘l bilan halok qilishi ham mumkin edi, lekin u qasosning eng mudhish turini tanlaydi: Otelloni jismoniy halok qilish emas, balki ular oralaridagi mavjud bo‘lgan ahloqiy konfliktda halok qilish kerak edi. Dezdemona sevgisiga erishgan Otello eng yuksak ruhiy garmoniyani chilparchin etib, his va ong monandligini buzib, uning yurak “bog‘ida eng zaharli o‘tlarni o‘stirish” kerak. Yago shu vazifani bajarishga butun vujudi bilan kirishadi.
Otelloning eng yaxshi xususiyati olijanoblik, oqko‘ngilligidan o‘zining qora monfaati yo‘lida foydalanadi.
Xabash soxiy va oqko‘ngil xulqli,
Yuzaki kim vijdonli bo‘lsa unga ishonadi,
Va o‘zini osongina laqillatadi, xutukka o‘xshab
Burnidan ip solish mumkin.
Otelloning insonga bo‘lgan ishonchiga zarba beradi.
1. Yevropada xotini sadoqatsiz bo‘lgan erlarni “shohi bor” deyishgan.
Dezdemona insonning eng oliy xususiyatlarini o‘zida mujassamlantirgan va Otello uchun ideal bo‘lgani tufayli Yagoning Xabashga qaratilgan zarbasi u orqali beriladi. Dezdemonani qoralash Otello ruhi, qalbiga zarba berish edi, Yago ana shu qora niyatni amalga oshiradi. Juda ustalik, zo‘r taktika bilan asta – sekin Otello qalbida masalaga qiziqish, shubha tug‘diradi, keyincha “ro‘molcha” voqeasi shubhani tasdiqlaydi, va g‘alabaga erishgandek bo‘ladi.
Asar boshida Yagoda hech qanday aniq plan yo‘q, lekin maqsad bor, u sharoitga qarab hamma imkoniyatlardan foydalangan holda harakat qiladi. Qora niyatda birinchi qilgan “ishi” Kassioni ichirib, janjal tashkil etish, oroldagi osoyishtalikni buzish va bularning hammasi Otelloga qarshi qaratilgan kampaniyaning va ayni vaqtda tragediya konfliktining boshlanishi edi:
Otelloning Kassioga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi va bundan Yago o‘zining qabih niyatini amalga oshirishda foydalanadi. Bundan tashqari, bu kichkina epizod Otelloning xarakterini undagi zaif joyni Yagoga ochib beradi:
Ollohga ma’lum, qonim
Ongli iroda kuchini ag‘darishga tayyor
Va jaholat, aqlimni xiralashtirib
Ustunlik qilmoqda. Agar bir qadam
Qo‘ysam yoki qo‘limni ko‘tarsam, g‘azabim
Eng zo‘ringizni ham jazolaydi.
Demak, Otelloning zaif joyi g‘azabida, uni chiqarsa ongi xiralanadi va undan istagancha foydalanish mumkin.
Yago Otelloning qalbida rashk tuyg‘usini uyg‘otadi, xotinining “sadoqatsizligi” qalbini larzaga keltiradi. Otello Kassio va Dezdemonaning yaqinligi haqida jirkanchsiz o‘ylay olmaydi. Na Kassio, na Rodrego va na Dezdemona Yagoni qiziqtirmaydi ular faqat, asosiy maqsad, Otelloga qarshi kurash yo‘lidagi qurol xolos. Yago Otello va Dezdemonani faqat yomon ko‘rgani uchungina o‘ldiradi. U ikki gapning birida “Men xabashni yomon ko‘raman, xabashni ko‘rishga toqatim yo‘q” deydi.
Yomon ko‘rishimning sabablari esa quyidagilar: Uni qurshagan oldi – sotti, savdogarlik ruhi bilan sug‘orilgan jamiyatga Otello begona.
Oliy insoniy xususiyatlarga ega bo‘lgan gumanistlar ma’lum vaqtgacha Yagolarga zarur bo‘lganlar, enda esa kapital jamg‘arish uchun umumiy yurishdi individualizm hukmronlik qila boshlagan davrda ortiqchalik qiladilar, xalaqit beradilar. Shuning uchun jamiyatda faqat o‘ziga o‘xshaganlar, yoki unga to‘sqinlik qilmaganlarni qoldirib, Otelloni halok qilishga urinadi. Yagoning ig‘vosi natijasida Otelloning qalbida, tartibsizlik boshlanadi, ruhiy garmoniya buziladi:
Bu bemaza muhabbatimni shamollarga uchiraman esib,
Olib ketsin jahannamdan mudhish qora qasos ko‘tarish.
Muhabbat, taxting va tojingni ko‘r dushmanlikka ber!
Bag‘rim, ilonlar zahridan ko‘pchigin!
Qalbidagi xaosdan Otelloning fikr yuritishi, so‘zlari o‘zgaradi: “Mayli u chirib va halok bo‘lib va bugun kechasi unga la’natbo‘lsin. Chunki uning yashashi mumkin emas. Yo‘q mening qalbim toshga aylandi; unga ursam qo‘lim og‘riydi.” Yagoning shuncha urinishlari, isbotlar keltirishga qaramay ba’zida Otello Dezdemonaning munofiqligini mubha ostiga oladi, qayta – qayta uning yaxshi xususiyatlarini eslab, achinadi: “Qanday ajoyib, go‘zal ayol!” Dezdemonaning yuzaki qiyofasi sof, “qilmishlari” esa “yomon”ligi Otelloni hayratda qoldiradi va ruhiy azob, shubhasini orttiradi. Otello ustidan Yago chindan g‘alaba qozongan vaqtlarda u Dezdemonani ham boshqalar oldida, ham yolg‘izlikda haqoratlab, qo‘pol muamolada bo‘ladi, unga xos bo‘lgan yumshoqlik, mayinlikdan asar ham qolmaydi. Hal etuvchi vaqt kelganda uning fikri o‘zgaradi, aldangan odam sifatida ongli ravishda Dezdemonani sud qiladi: “Boshqalarni ham aldamasligi uchun, o‘limi kerak”, degan hukm chiqaradi. Uxlab yotgan Dezdemona qanday go‘zal, qalbi uni sevishni davom ettiradi.
Uyg‘onish davrining vakili bo‘lgan Otelloda ong ustunlik qiladi va o‘zi chiqargan hukmni amalga oshirib, Dezdemonani o‘ldiradi. Lekin o‘ldirish sahnasida ham Yagoning g‘alabasi mutlaq emas. Otello qurboni ustida ko‘z yoshi to‘kib, “bu meni burchim” so‘zlari bilan o‘ldiradi. Yago Otelloni o‘z sevgilisini bo‘g‘ib o‘ldirishni hoxlaydi, lekin Otello men yovuzman, lekin har holda rahmdilman va seni uzoq qiynalishga qo‘ymayman deb xanjar sanchib o‘ldiradi. Otello Dezdemonani o‘ldirish bilan dunyoda, ahloqiy tartib o‘rnatgandek tuyuladi, lekin Dezdemonasiz hayot, butun jahon bo‘shdek tuyuladi.
Endi Otello o‘zini o‘zi sud qiladi va hukm chiqaradi. Dezdemonaning begunohligiga ishongan Otelloda insonga bo‘lgan ishonch yana uyg‘onadi, u hayotdan umidsizlangani uchun emas, balki qilgan jinoyati, begunoh, sof qalbli insonni eng og‘ir gunohda ayblab halok qilgani uchun o‘zini o‘zi o‘ldiradi. “Otello”da qarama – qarshi xarakterlar bir – biriga juda yaqin qo‘yilgan, ular hamkorlik qiladilar, fojea ro‘y bergandan keyingina haqiqat ochiladi. Va ikki qarama – qarshi kuch aniqlanadi. Otello bilan Yago orasidagi konflikt haqiqat va adolatparvar, ong va tuyg‘u talablarini garmonik ravishda mujassamlantirgan vijdonli inson bilan ana shu xususiyatlardan uzoq bo‘lgan, hatto ularga qarshi bo‘lgan jamiyat, individualizm o‘rtasidagi konflikt edi.
Tragediya voqeasi shaxsiy munosabatlarni tasvirlashga qaramay, g‘oyasi nihoyatda chuqurdir, o‘sha davrdagi ma’lum ijtimoiy munosabatlarni xarakterlaydi. G‘alaba kim tomonda? Na jamiyat va na Otello foydasiga bo‘lmadi. Chunki gumaniyatlarning ideali hisoblangan Otello o‘xshagan odamlar ham faraz qilganimizdek yetuk emas ekanlar, aks holda Yagoga aldanmagan bo‘lur edi.
O‘zbek tiliga “Otello” 1940 yili G‘afur G‘ulom tomonidan tarjima qilindi. SHekspirning tragediyasiga xos bo‘lgan jo‘shqin uslub, so‘z boyligi, salkam 20 ming so‘zdan iborat, jahon adabiyoti namoyondalari orasida shunchalik so‘z boyligidan foydalangan adiblar juda oz, personajlar xarakterini ochuvchi iboralar, o‘xshatish, tarjimon tomonidan katta maxorat bilan berilgan. “Otello” premyerasi 1941 yil yanvarida bo‘ldi. Hamza teatri sahnalashtirgan “Otello” bosh qahramoni rolini Abror Hitoyatov ijro etgan.
Sora Eshonto‘rayeva yaratgan Dezdemona obrazi latofatli, qalban Otelloga o‘xshagan samimiy, soddadir. Yago SHekspir yaratgan eng realistik obrazlarning biridir. Bu rolni O.Xo‘jayev va N.Rahimovlar maromiga yetkazib ijro etganlar.
XULOSA
SHekspir dahosi bilan yaratilgan asarlar mazmun va hayotni qamrab berish jihatidan butun bir olamni tashkil etadiki, u faqat qadimgi Yunoniston mifologiyasi bilan tenglashishi mumkin. U yaratgan komik va tragik obrazlar shunchalik ulkan va umuminsoniyki SHeylok, Falstof, Makbet va Otello, Hamlet va Lirlar Majnun va Farxod kabi majoziy ma’no ham kasb etganlar.
SHekspir yaratgan qahramonlar faqat zamonaning aktual problema va g‘oyalarini tashuvchigina bo‘lib qolmay, birinchi navbatda, to‘laqonli chin insondirlar, hayot va xarakter detallari ularni bachkanalashtirib ham yubormagan, ulkan falsafiy va ahloqiy normalar murakkablashtirib ham qo‘ymagan. Ular ham antik dunyo, ham o‘rta asrlar madaniyati, dunyoqarashidan farqli o‘laroq yangi gumanistik, bizning tushunchamizdagi insonparvar madaniyatini boshlab beruvchilardir. SHekspir asarlari hamma vaqt klassik asarlar, lekin ularning yaratuvchisi esa zamondoshimiz bo‘lib qolmoqda.
O‘zbek adabiyoti ayniqsa dramaturgiyasi va teatrining shakllanishi va rivojida SHekspir asarlarining roli nihoyatda kattadir. Biz yuqorida o‘rganib chiqqan “Romeo va Julyetta”, “Hamlet”, “Otello” asarlari haqiqatdan ham jahon adabiyotida o‘z o‘rniga ega asarlardir. Jahondagi eng fojiali hikoya hisoblangan “Romeo va Julyetta” tragediyasini 1949 yilda shoir Maqsud Shayxzoda o‘zbek tiliga tarjima qilgan. U tarjimada poeziya an’analaridan barkamol foydalandi.
Ayniqsa, asar boshidagi “oshiq” Romeoning holatini tasvirlovchi quyidagi misralarga e’tibor bering.
Here is much to do with hate, but more with love
Why then, O brawling love! O loving hate.
O any thing! Of nothing first create,
O heavy lightness! Serious vanity.14
YA’ni:
Nafrat, - mudhish: ammo sevgi undan mudhishroq.
Ey g‘arazli ishqu savdo, ey nozanin yor.
E borliklar, e hechliklar e nur va zulmat!
Yoki:
Love is a smoke rais’d with the fume of sighs
Being purg‘d a fire sparkling in lover’s eyes
Being vex’d, a sea nourish’d with lover’s tears:
YA’ni:
Muxabbat, bu faryodlardan yoyilgan tutun
Nazarimda ammo o‘tmay ko‘rinar butun,
YO ko‘z yoshdan jamg‘arilgan motam dengizi ...
Sevishganlar dialoglari ham ana shu uslubda tarjima qilingan, natijada “Romeo va Julyetta” o‘zbek kitobxoniga juda yaqin, tushunarli bo‘lib qoladi. “Romeo va Julyetta” tragediyasi 1951 yilda Hamza teatrida tomoshabinlarga havola etildi. SHekspir uyg‘onish davri ingliz teatrining atoqli arbobi, aktiyor va dramaturgi, mutafakkiri, katta talant, badiiy mahorat va jur’at egasidir. U 20-25 yilda jahon dramaturgiyasining ajoyib namunalaridan bo‘lgan 37 pyesa yaratgan, har bir asari bilan saneatning nihoyatda katta imkoniyatlarini ochib bergan, inson tabiati, xarakteri va hayotini, borliqni to‘laroq anglashga yordam bergan san’atkordir.
O‘nlab SHekspirshunos olimlarning tadqiqotlari, izlanishlariga ko‘ra, SHekspir o‘z davri va muhitida yolg‘iz ijod etmagani, bir necha avlodning mehnati uning ijodiga zamin hozirlagani, dramaturg asarlarida zo‘r mahorat bilan qo‘llangan san’atning bir qancha vositalarini o‘tmishdoshlari yaratgani, o‘zi esa ajoyib aql va talant egalari bo‘lgan dramaturglar pleyadasi orasida, ular bilan ijodiy bellashib asarlar yaratgani, g‘oyaviy va badiiy masalalardagi tortishuvlarga aktiv qatnashganining mahsuli sifatida “Hamlet”, “Qiro Lir”, “Otello”, “Makbet”, “Yuliy Sezar”, “Richard III”, “Venetsiyalik savdogar”, “O‘n ikkinchi kecha”, “Qaysarning bo‘ysundirilishi” kabi jahon dramaturgiyasi xazinasining durdonalari maydonga kelgani ma’lum bo‘ldi. Demak SHekspir o‘z – o‘zidan yetishib qolgan emas, balki o‘z xalqi, o‘z davrining vakili, davr yaratgan madaniyatning timsolidir. SHekspir haqida turli davrlar va tillarda yaratilgan ilmiy tanqidiy monografiya va maqollarni hech qanday axborotlar, bibliografik asarlarga sig‘dirib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda SHekspir asarlari deyarli hamma tillarda tarjima qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |