M u n d a r e j a


JULYETTA – JAHON ADABIYOTIDAGI ENG YOSH MA’SHUQA



Download 161,5 Kb.
bet7/11
Sana31.12.2021
Hajmi161,5 Kb.
#227100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
V. Shekspir tragediyalarida optimizm

2.2. JULYETTA – JAHON ADABIYOTIDAGI ENG YOSH MA’SHUQA.

“Romeo va Julyetta” tragediyasidagi yana bir asosiy qahramon – bu Juyettadir7. U hali o‘n to‘rt yoshga ham to‘lmagan yoshgina bir qiz. Kopuletti xonim ya’ni, Julyettaning onasi “SHe is not fourteen”, deganda, enaga Julyettaning tug‘ilganidan boshlab to shu kungacha bo‘lgan hatini ko‘z oldiga keltirib, dalillar ko‘rsatgan holda, uning o‘n to‘rtga hali to‘lmaganini aniqlab beradi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay, asarda yoshlik va ruhiy barkamollik ajoyib shaklda uyg‘unlashgan. O‘z qahramanini shunchalik yosh tasvirlash bilan SHekspir haqiqatdan chekinmaydimi? Degan savol tug‘ilishi mumkin. Yo‘q italiyadek iqlimi issiq mamlakatlardagi yosh qizlarda Julyettadagi kabi chin muhabbat bo‘lishi aniq.

Julyetta ham Romeoga o‘xshab butun borlig‘ini egallab olgan his ta’siri ostida asar davomida yuksaladi, balog‘atga yetadi. Pyesa boshidagi yuvosh, sodda qizcha o‘z baxti uchun kurashish yo‘lida hech narsadan toymaydigan, ruhan kamolatga erishgan chin qahramonga aylandi. Julyetta o‘z sevgilisi uchun oilasi, muhiti, yaqinlaridan ham voz kechishga tayyor, hatto shu tufayli o‘z hayotini xavf ostida qoldiradi va pyesa oxirida hech ikkilanmay hayot bilan vidolashadi.

Butun pyesa davomida Julyetta Romeoga nisbatan faolroq harakat qiladi, o‘z muhabbatini himoya qilishda tashabbuskorlik ko‘rsatadi. Romeoga nisbatan Julyetta sidqidilroq, iliqroq va ruhan boy. Uyg‘onish davri gumanistlariga hos bo‘lgan shaxs olijanobligi haqidagi so‘zlar Julyetta tilidan aytiladi:

What’s Montague? It is nor hand nor foot,

Nor arm, nor face, nor any other part

Belonging to a man. O! be some other name:

What’s in a name? that which we call a rose

By any other name would smell as sweyet.

YA’ni:


“Montekki” bu nima? Axir bu na qo‘l, na oyoq, na yuz, na sening boshqa bir qisming emasku.

Sen o‘zinga boshqa nom top!

Ismda nima bor? Gulning nomi o‘zgargani bilan na

hidi, na go‘zalligi o‘zgararmidi?.

SHekspir tragediyasining oxirgi misralariga agar e’tibor qilgan bo‘lsangiz, “Romeo va Julyetta” haqidagi hikoya demay, “Julyetta va Romeo” haqidagi hikoya deyishga o‘tadi, bu bejizga emas, albatta. Xotin – qizlar kamsitilgan, ularning huquq tengligi masalasi kun tartibiga hali qo‘yilmagan bir davrda Julyettani asosiy qahramon sifatida birinchi o‘ringa chiqarish tasodifiy hol emas edi.

SHekspir bu masalada ham progressiv g‘oyalar tashuvchisi ekanini yana bir bor isbot etdi. Mana yana bir misol: asardagi Julyettaning qaylig‘i graf Paris obrazi ham dramaturg tomonidan juda ustalik bilan chizilgan. Bu odobli, nozik, xushmuomala, xushbichim yigit ham Julyettani sevadi, lekin uni Romeoga tenglashtirib bo‘lmaydi, u ruhan quruq, qalbi chin muhabbatga layoqatli emas. Shuning uchun qalbi olov Julyetta u bilan hayot qurishni tasavvur ham qila olmaydi.

Tragediyada shu mavzuga bag‘ishlangan asarlarga xos bo‘lgan sentimentallik yo‘q, undagi ishq qandaydir qahramonona ruh bilan sug‘orilgan.

Agar keyingi davr qahramonlari o‘z taqdirlaridan shikoyat qilib, boshqalarni achinishga chaqirsalar, Romeo va Julyetta achinishga emas, hurmatga sazovar bo‘ladilar va kishini hayratda qoldiradi.

Gyote “SHekspir asarlarida odamlardan ko‘ra tabiyroq yana nima bo‘lishi mumkin”, - deb taajublanganda mutlaqo haq edi. Julyetta obrazi shunchalik jonli chiqqanki beixtiyor bu muallif yaratgan qahramon ekanligini ham unutasan. Julyetta asarda go‘zal bir farishta misoli tasvirlangan. Uni ko‘rish ishtiyoqida borgan Romeo derazadan ko‘ringan Julyettani ko‘rib, uning go‘zalligi haqida shunday deydi8:

But soft! What light through younder Window breaks?

It’s she east and Juliet is a sun Arise, fair sun, and kill the

Envious moon, who is already sick and pale with grief, that

Thou her maid art far more fair than she:

But not her maid since she is envious;

Her vestal livery is but sick and green,

And none fools do wear it; last it off.

It is my lady; O! it is my love;

O! that she knew she were.

SHe speaks, yet she says nothing:

What of that?

Her eye discourses:

I will answer it.

I am to bold, this not to me she speaks;

Two of the fairest stars, in all the heaven,

Having some business do inveat her eyes

To tWinkle in their spheres till they return.

What if her eyes were there they in her head?

The brightness of her cheek would shame those stars

As daylight doth a lamp: her eyes in heaven

Would through the airy region stream so bright

That birds would sing and think it were not night

Jim bo‘ling! Derazada yaraqlagan qanday nur bo‘ldi?

Axir bu sharq – ku, Julyetta quyosh,

Uyg‘on qushyo rashq qiluvchi oyni o‘ldir

Shusiz ham u juda bemor, g‘amdan oqargan,

Unga xizmat qilsang hamki, sen undan go‘zal

Rashkli oyga ortiq xizmatkor bo‘lma.

Egningdagi yashil libos masxarabozga xos,

Sen undan xolos bo‘l. Bu mening malikam ox!

Mening sevgim ox! U bilarmikan shundayligin

U gapirdimi? Yo‘q u hamon sukut saqlar.

Uning ko‘zi gapirmoqda javob bermayin

Men surbetman, gaplashmaydi hech kim men bilan.

Osmondagi eng chaqnoq ikki yulduz

Uning oy chehrasidagi ko‘zlar. Kunduz nur chiroq shu’lasini

So‘ndirgani kabi uning yulduz ko‘zlari ko‘kdagi yulduzlarni

Sundira olgay. Shunchalik yoriturki, qushlar hatto tunni

Kun deb o‘ylab sayrab yuborar.


Romeoning bu gaplari deraza oldida ko‘ringan haqiqiy Julyettaga qaratilgan edi. Romeoning diqqatini tortgan narsa, bu Julyettaning ko‘zlari edi. Va Julyetta ko‘zlarining yulduzlarga qiyos qilinishi SHekspirning shoirona mahoratidan yana bir bor darak beradi.

“Romeo va Julyetta” SHekspir talanti to‘liq naoyon bo‘lgan birinchi asardir. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, Julyetta obrazi asarda xuddi farishta misoli go‘zal qilib tasvirlangan. Julyetta obrazi hamma uchun har doim sevimli qahramon bo‘lib qoladi. U o‘zbek o‘quvchilariga ayniqsa qizlariga Layli kabi yaqin va sevimlidir.




Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish