M u n d a r e j a


INGLIZ ADABIYOTI IFTIXORI VILYAM SHEKSPIR HAYOTI VA IJODI



Download 161,5 Kb.
bet2/11
Sana31.12.2021
Hajmi161,5 Kb.
#227100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
V. Shekspir tragediyalarida optimizm

INGLIZ ADABIYOTI IFTIXORI VILYAM SHEKSPIR HAYOTI VA IJODI.

“SHekspir bepoyon ... ” (Gyote)

“Dramaturg sifatida u bilan ham hech kim tenglama olmadi, uning nomi yoniga faqat o‘zinigina nomini yozish mumkin”.

(V.Belinskiy)

“... Hech qanday tarjima she’r musiqiyligi haqida uzoq tasavvur ham bera olmaydi ... SHekspirga arziydigan tarjima qilish uchun ikkinchi SHekspir kerak ...”

(Andrey Morua)

“Agar g‘ayritabiiy holat bo‘lib SHekspir asarlaridan bir kun ayrilib qolsak, insoniyat qanchalik qashshoqlashib qolgan bo‘lur edi.”

(M.Shaginyan)

Bildirilayotgan bu fikrlarning barchasi uyg‘onish davri ingliz adabiyotining atoqli adibi, aktyori va dramaturgi mutafakkiri, shoiri, katta iqtidor va badiiy mahorat egasi Vilyam SHekspir haqidadir. Haqiqatdan ham SHekspir o‘z halqi, o‘z davrining vakili, shu bilan birgalikda davr yaratgan madaniyatning timsolidir.

SHekspir hayoti haqidagi ma’lumotlar nihoyatda kam. Chunki uyg‘onish davrida drama asarlari yaratuvchilar shoir deb hisoblanmas, ular yaratgan asarlar teatrlarning xususiy mulkiga aylanar, sahnadan tushgan esa qolib ketaverar, yoki boshqa mualliflar tomonidan qayta ishlanar edi. Teatr shunchalik ommaviy joyga aylanib ketgan, Angliyada dramaturglar shaxsi bilan hech kim qiziqmas, ular aktyorlar soyasida qolib ketar edilar. SHekspir vafotidan yuz yilcha vaqt o‘tgandan keyingina uning asarlari nashiri Nikez Rou dramaturg haqidagi turli xil ma’lumotlarni, afsonalarni yig‘adi.

Aktiyor Betterton Stratford shahriga borib, dramaturgning hamshaharlaridan, Londondagi teatrlardan uning hayoti haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi. Ko‘p vaqt o‘tmay Rou va Betterton qatoriga boshqalar ham qo‘shila boshlaydilar. Buyuk ingliz dramaturgi hisoblangan SHekspir hayoti va ijodi, yashagan davri, muhitini o‘rganish uchun turli kasbdagi olimlar ikki, ikki yarim asrdan ortiq vaqt sinchkovlik bilan izlanishda davom etdilar Ular o‘sha davrga oid hamma arxiv materiallari, cherkov, sud, maktab, savdo, tipografiya, sayyohlar xujjatlari, umuman olganda o‘sha davr yozuvlari, urf odatlarini qunt bilan o‘rgandilar. Natijada SHekspir hayot yo‘lini qisman bo‘lsada aniqlashga muyassar bo‘ldilar.

SHekspirning bobolari fermer bo‘lishgan. Otasi jon SHekspir esa 1552 – yili Eyvon daryosi bo‘yidagi Stratford shaxriga ko‘chib keladi. U 1557-yili shahar yaqinida yashovchi kichik dvoryanning qizi Mere Ardenga uylanadi. O‘sha paytlarda jonning otasi Ardenlar yerini ijaraga olar edi. Ularning o‘nta bolasi bo‘lib, yoshligida vafot etgan ikki qizidan keyingisi Vilyam ismli o‘g‘il edi.

Bolaning tug‘ilgan yili aniq emas. Stratfordning Troitsa cherkovi daftarida “Jon SHekspirning o‘g‘li Vilyam 1564 yilning 26-aprelida cho‘qintirildi,” deyilgan.

O‘sha davrdagi odatga ko‘ra bola uch kunlik bo‘lganida cherkovga olib borilgan. Shu odatga asoslanib buyuk dramaturg olim Vilyam SHekspir 1564 yil 23 aprelda tug‘ilgan deb hisoblanadi. Stretford shahri Angliyaning markazida Uorker grafligida joylashgan, o‘rmonzor, daryo, dalalar qurshagan, mingdan ortiqroq aholisi bor shahar edi. SHekspirning yoshligi Stretfordda o‘tdi.5 Ona shahrining go‘zalligi tabiati uning asarlarida o‘z aksini topgan. Stretford London yo‘lida joylashgan bo‘lib, o‘z zamonasi uchun ancha yirik, madaniy va siyosiy markaz hisoblanadi.

Stretfordga yaqin bo‘lgan Koventri shahrida har yili tomoshalar qo‘yilar va unga kattayu-kichik yig‘ilar edi. Otasi shahar hokimi vazifasiga saylanganidan SHekspirning Londonga ketishigacha to‘qqiz yil orasida shaharga kamida yigirma to‘rt marta sayyoh truppalari kelgan.

O‘sha davr odati bo‘yicha, aktyorlar hokimga uchrashar, ma’qul kelsalar birinchi spektalni uning uyida, oilasi va do‘stlari uchun ko‘rsatar edilar.

Mamlakatda katolik dini bekor etilgach, maktab ham cherkovdan ajratilgan edi. Stratfordda Angliyadagi eng yaxshi maktablardan biri bo‘lgan “Grammatika maktabi” bo‘lib, unda shahar boshliqlarining bolalari o‘qishar edi. Bu maktabda universitet ma’lumotini olgan kishilar dars berar edilar.

Maktabda asosan lotin, qisman grek tillari o‘rgatilar edi. Yosh SHekspir yetti yoshida grammatika maktabiga kirib o‘qiydi, lotin tilini o‘rganadi, grek tili bilan tanishadi, va antik miflar adabiyotini o‘qiydi.

SHekspir o‘n uch yoshdaligida otasining ishlarida qandaydir muvaffaqiyatsizlik ro‘y bergan bo‘lsa kerak, u xotini Mere Ardenning yerlarini kafilga qo‘yadi, keyin sotadi, shahar ma’murlari yig‘inlariga qatnashmay qo‘yadi, qarzlari tufayli sudga tushadi va 1586 yilda shahar ma’murlari safidan chiqariladi. O‘n besh yoshida maktabni tamomlagan SHekspir nima ish bilan shug‘ullanganligi aniq emas, faqat turli taxminlar bor xolos. Ba’o‘ilar Nikez Gou afsonasiga ko‘ra, otasi bilan qassoblik qilgan desalar, ba’zilar esa maktab o‘qituvchisi yordamchisi bo‘lib ishlagan deydilar ikkinchi taxmin haqiqatga yaqinroq, chunki dramaturgning zamondoshi bo‘lgan aktyor Biston aytishicha, “... SHekspir lotin tilini ancha puxta bilgan, chunki yoshligida qishloqda o‘qituvchilik qilgan edi...”.

Vilyam SHekspir 1586 yili ona – yurtini tashlab Londonga ketadi. Yuqorida aytilgan afsonalarga ko‘ra, SHekspir Ser Tomas Lyusi o‘rmonida ov qilgani uchun ta’qibdan qochib ketgan. So‘ngi yillarda bu xabarni haqiqat emasligi aniqlandi. Ser Lyusi bu o‘rmonni dramaturg vafotidan ikki yil keyin sotib olgan ekan. Ikkinchi xabarda u Stratfordga kelgan sayyoh truppalariga qo‘shilib ketgan; bu taxmin to‘g‘riroq bo‘lsa kerak.

SHekspir Londonga kelgach, qaysi teatrda, qanday vazifada ishlagani noma’lum. Har holda avvaliga aktyor yoki rejissiyor yordamchisi sifatida ishlay boshlagan. Tez orada aktyor sifatida emas, dramaturg sifatida tanilib ketadi.

SHekspir o‘n sakkiz yoshida otasining do‘sti, boy dehqon Xetueyning yigirma olti yoshlik qizi Ennga uylangan va ikki qiz, bir o‘g‘il ko‘rishgan. O‘g‘il Hamnet 1596 yili vafot etadi, qizlari dramaturg vafotidan keyin ancha yashaydilar va ulardan so‘ng SHekspirlar familyasini davom ettiruvchilar qolmaydi. SHekspir birinchi asarini 1590 – yilda yozgan deb tahmin qilinar edi, lekin tekshirishlarga binoan u 1588 – yildan yoza boshlagan. Ijodini yigirma besh, yigirma olti yoshlarida boshlagan dramaturg o‘ttiz yoshida “Genrix VI” trilogiyasi, “Pit Andronik”, “Richard III”, “Adashishlar komediyasi,” “Qaysarning buysundirilishi” kabi besh yuz yildan beri jahon sahnalaridan tushmay kelayotgan pyesalarini yaratdi.

1593 yili Londonda vabo tarqalib, teatrlar yopiladi, aktyorlar viloyatlarga ketadilar. Markazda qolgan SHekspir dramalar o‘rniga poeziya bilan shug‘ullanadi. Shu yili uning “Venera va Adonis”, 1594 yili esa “Lukretsiya” poemalari bosilib chiqadi. Muallif “Venera va Adonis” poemasini “fantaziyamning birinchi mahsuli” deydi.

SHekspir pyesalari birinchi marta 1594 yil nashr etildi. Noshir Jon Denter “Tit Andronik” haqidagi achinrali tragediya va “Genrix VI” ning ikkinchi qismini muallif nomsiz yashirincha chop ettiradi. 1594 yili teatrlar Londonga qaytgach, truppalar tarkibi o‘zgaradi. Aktyorlar katta – katta ikki kollektiv tashkil etadilar.

Ularning biri aktyor Eduard Apleyn bo‘lib, ikkinchisi esa Lord-kamerir homiyligida edi. SHekspirning bundan keyingi ijodi shu truppa bilan bog‘liq bo‘lgan. Oz vaqt ichida SHekspir anchagina daromad qiladi. Stratforddagi ota-onasi, ukalari hamda o‘z oilasini ta’minlaydi. 1597 yili ona shahridagi eng katta uyni sotib oladi, otasiga dvoryanlik unvonini ham olib beradi. 1594 yilda SHekspir London dramaturglari orasida yetakchi o‘rin egallaydi. Ilk bor ingliz adabiyoti tarixi obzori “Aqllar xazinasi”ni yaratgan olim Merez SHekspir haqida ham bir qancha qimmatli xabarlar, ayniqsa, o‘n ikki asar xronologiyasini, zamondoshlarining dramaturgga bo‘lgan munosabati haqida ma’lumotlar beradi. Merez ingliz she’riyati haqida yozar ekan, “Evforbning ruhi xushohang va shirinsuxan SHekspirda yana jonga kirda, uning isboti “Venera va Adonis,” “Lukretsiya” dostonlari va yaqin do‘stlariga ma’lum bo‘lgan yoqimli sonetlaridir, deydi.

Merezning ayniqsa SHekspir dramatik faoliyatiga bergan bahosi diqqatga sazovor: “Plovit bilan Seneka rimliklarda eng yaxshi komediya va tragediya yozuvchilar deb hisoblansalar, SHekspir inglizlarda sahnaga mo‘ljallangan pyesalar har ikkala turining mohir muallifidir, uning komediya sohasidagi “Veronikalik ikki yigit”, “Adashishlar”, “Muhabbatning mahsulsiz urinishlari”, “Muhabbatning foyda keltirgan urinishlari”, “Yoz kechasining tushi”, “Venetsiyalik savdogar” lari buning isboti bo‘lsa, tragediya sohasida esa “Richard II”, “Richard III”, “Genrix IV”, “Qirol Jon”, “Tet Andronik” “Hamlet”, “Otello”, “Yuliy Sezar” va “Romeo va Julyetta” lari buning yorqin isbotidir.

1599 yili yangi teatr binosi “Globus” uchun yangi pyesalarga zarurat tug‘iladi, bu ishga SHekspir astoydil kirishadi. Uning so‘ngi hamma asarlari shu teatrda qo‘yiladi. SHekspir dramaturg sifatida ijod etishi bilan bir qatorda aktyor sifatida ham rol uynaganini unutmasligimiz darkor. SHekspir so‘ngi yillar ichida umuman sahnaga chiqmay qo‘ygan.

Qirolicha Yelizaveta 1603 yil 24 martda vafot etadi, taxtga esa Mariya Styuartning o‘g‘li Shakov I o‘tiradi. Shundan keyin SHekspir deyarli butunlay Stratfordga jo‘nab ketadi. Ona shahriga qaytishning sababi balki sog‘ligining yomonlashishidir, chunki u 1614 yildayoq vasiyatnoma yozib qo‘ygan edi. Oradan ikki yil o‘tib, ya’ni 1616 yilning 23 aprelida SHekspir vafot etdi. Uning jasadi Stratforddagi Troitsa cherkovi ichiga, Mehrob ostiga qo‘yiladi. SHekspirning iltimosiga binoan qabr ustiga quyidagi mazmundagi she’r yozilgan tosh: “Rahmdil do‘st, Iso haqqi bu yerga ko‘milgan jasadni joyidan ko‘chirma. Bu toshga tegmagan kishi xudo marhamatida bo‘lsin, mening suyaklarimni bezovta qilgan kishiga la’natlar bo‘lsin”, (Qadimgi odat bo‘yicha bir qabrdagi suyaklar olib tashlanib, o‘rniga ikkinchisi qo‘yila bergan). Keyinchalik o‘sha tosh ustiga dramaturg haykali o‘rnatilgan. Qabr yoniga xotini Enn Xetuey, qizlarining jasadlari ham qo‘yilgan.

SHekspirning qizlaridan tarqalgan avlodi XVIII asr o‘rtalarigacha yashagan.

Vasiyatnomada adabiy meros,qo‘l-yozmalar, avtograflar haqida hech nima deyilmaganligi keyingi davr vakillarini hayratda qoldiradi. SHekspir pevsalari ’Globus’ning xususiy mulk sifatida teatr binosida saqlangan va yong‘in vaqtida kuyib ketgan bo‘lsa kerak degan taxmin haqiqatga yaqinroq.

SHekspir vafotidan yetti yil keyin J.Xeming va G.Kondel Jonsin ishtiroki va rahbarligida dramaturg asarlarini to‘plab, nashirga tayoyrlaganlar. SHekspir asarlari xronologiyasini aniqlash masalasi bilan olimlar XVIII asrdan boshlab qiziqadilar, ingliz olimi E.K.Chembers haqiqatga eng yaqin bo‘lgan xronologiyani aniqladi.

Quyidagi xronologiya 1930 yilda Chembers tomonidan tuzilgan o‘ttiz yettti pesaning xronologiyasi:

1590 – 1501 “Genrix VI” 2-qism

“ Genrix VI” 3-qism

1591 – 1592 “Genrix VI” 1-qism

1592 – 1593 “Richard III”, “Adashishlar” komediyasi.

1593 – 1594 “Andronik”, “Qaysarning bo‘ysundirilishi”.

1594 – 1595 “Veronalik ikki yigit”, “Muhabbatning mahsulsiz urinishlari”, “Romeo va Julyetta”.

1595 – 1596 “Richard II”, “Yoz kechasining tushi.”

1596 – 1597 “Qirol Jon”, “Venetsiyalik savdogar”.

1597 – 1598 “Genrix IV” (1-qism), “Genrix IV” (2-qism).

1598 – 1599 “Bekordan bekor to‘polon”, “Genrix V”.

1599 – 1600 “Yuliy Sezar”, “Bu sizga yoqadimi”, “O‘n ikkinchi kecha”.

1600 – 1601 “Hamlet”, “Vindzoriyalik hazilkashlar”.

1601 – 1602 “Troil va Kressida”.

1603 – 1604 “Yaxshilik bilan tugagan ish yaxshi”.

1604 – 1605 “O‘chga o‘ch”, “Otello”.

1605 – 1606 “Qirol Lir”, “Makbet”.

1606 – 1607 “Antoniy va Kmopatra”.

1607 – 1608 “Karmolan”, “Afinalik Timon”.

1608 – 1609 “Perikl”.

1609 – 1610 “Simbelin”.

1610 -1611 “Qishki ertak”.

1611 – 1612 “ Bo‘ron”,

1612 – 1613 “Genrix VIII”.

Demak, SHekspirning adabiy merosi o‘ttiz yetti pyesa, ikki poema va sonetlar to‘plamidan iborat. SHekspirning vafoti butun dunyo adabiyot ahlini larzaga soldi. Dramaturg vafotiga yosh shoirlar qasidalar bag‘ishladilar, bular orasida yosh Milton ham bor edi. U SHekspirga, senga monument haykal kerak emas “Sen o‘zinga buzilmas haykal o‘rnatding”, deydi. Dramaturg vafotiga bag‘ishlab yozilgan asarlar orasida 1623 yil to‘plamiga yozilgan (asarlar orasida) B.Jonsonning she’riy so‘z boshisi ayniqsa diqqatga sazovordir. Jonson SHekspirni “Davrning yuragi” deb ataydi: “... bizning Lili, Jasur Kid, Marloning” ulug‘vor she’riyati uning ko‘lankasida qolib ketadi”. Deydi. U faqat o‘z asrigagina emas, balki butun davrlarga taluqli. SHekspir hayoti, ijodini o‘rganishda boshlang‘ich ma’lumotlarni Merez, Jonson kabi zamondoshlari bergan bo‘lsalar, mana dramaturg vafotiga to‘rt asr bo‘libdiki, shu davr ichida SHekspir faoliyati turli mamlakat olimlarni xamon qiziqtiib kelmoqda.6 Har qaysi davr, jamiyat, xalq buyuk dramaturg ijodidan o‘ziga yaqin tomonlarini topadi, ta’tbiq etadi, yangicha ma’no mazmun beradi.

Jonson yuqorida aytib o‘tilganidek o‘zining so‘z boshisida “Sen o‘zingga o‘zing xalkalsan, sening kitobining bor ekan uni o‘qishga va seni maqtashga bizga yetarli aql bor ekan, sen yashayverasan” degan edi. Do‘stning bu aytganlari amalga oshdi.

SHekspir asarlari tildan – tilga dildan – dilga ko‘chib kelmoqda. Uning asarlari butun dunyo adabiyoti hazinasidan alohida o‘rin ellab kelmoqdadir.




Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish