O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR
UYUSHMASI
OMON
MATJON
MAQSUDAM
She’rlar
TOSHKENT
«ADABIYOT»
2021
www.ziyouz.com kutubxonasi
ISBN 978-9943-7106-4-1
Loyiha rahbari
Sirojiddin SAYYID,
O‘zbekiston xalq shoiri
Mas’ul muharrir
G‘ayrat Majid,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
To‘plab, nashrga tayyorlovchilar:
Marhabo QO‘CHQOROVA – filologiya fanlari doktori,
Diyor MATJONOV
O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjonning she’riyati
misralarida aytgani kabi hammaning o‘zi, o‘zligidir. Bu
she’riyat qalblarga nur, harorat bag‘ishlaydi. Takror-takror
o‘qiging, qo‘shiqlarga aylanib ketgan satrlarni tinglaging
kelaveradi. Ushbu moʻjaz to‘plamda shoirning qo‘shiqlarga
aylanib ketgan, adabiyot ixlosmandlarining tili-yu dilida
yod bo‘lib ketgan she’rlaridan tartib berildi.
© Omon Matjon, 2021
© «Adabiyot», 2021
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
YURAKKA
O‘zi yaratdi-yu seni tabiat,
Lekin tinchimadi sen yaralgandan.
Bu tor siyna ichra bandisan abad,
Tabiatning senga rashki kelgandan.
Balli! Asirlikda kechgan umring ham
Hikmatlar tikloldi fazodan yuksak.
Sig‘dirolmas edi ko‘ksiga olam,
Ozod o‘ylaringni bir-bir sanasak.
Qanday moʻjizalar ko‘rardi bashar,
Beqafas yaralgan bo‘lsayding agar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
4
SHE’RIYAT
...O‘z oroling bo‘lsin.
“Dhammapada”
She’riyat – hammaning o‘zi, o‘zligi!
She’riyat o‘zing-ku, qalbdan qalblarga
Ezgulikning beqiyos ganjin
Ishonch qog‘ozisiz eltib berguvchi!
...Men ham shoshilyapman senga, she’riyat!
Unvon, yo‘llanmalar tegmasa hamki,
Sen sari ketguvchi ulkan kemadan
Faqat yuklarimga joy topsam, mayli.
She’riyat!
Shu ishonch tinchitmas takror,
Sirli kashflar sari sudrar solimni.
Senga sodiqligim bayrog‘i shulki,
Har gal,
har she’rimda,
har tepganda qalb –
O‘zim o‘z qalbimning bo‘lsam Kolumbi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
5
* * *
Belanchakda yotar koinot,
Chayqalmasa tinmasmi yig‘i?!
Bizni chayqab turgan bu hayot
Kimlarningdir so‘nggi qo‘shig‘i.
Samovot – bir juldur dasturxon,
Somon yo‘li unda qand yuqi,
Tunga va’da etar oltin non
Yulduzlarning so‘nggi qo‘shig‘i.
Osmon ingrab chiqar goh tunda,
Qorga to‘lar bog‘lar bo‘shlig‘i.
Bahor va’da etadi unga
Bo‘ronlarning so‘nggi qo‘shig‘i.
Men na kun, na tunman samoda,
Bir oshiqman yerda bor-yo‘g‘i.
Menga nelar etasan va’da,
Ey sevgining so‘nggi qo‘shig‘i?!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
6
* * *
Boshqalardek sevishdik biz ham,
Kuyib yurdik boshqalar kabi.
Bu savdoni baxt bildik biz ham,
Baxtdir, dedik visol, yor labi.
Boshqalardek duch kelib qolsak,
Olislardek ming bor qayrilib.
Mana, biz ham bebaxt, beqarsak
Boshqalardek ketdik ayrilib.
Ishqning qoldi faqat ozori,
Qalam, qog‘oz – meros bir yalov.
Qalbimdadir ishqning mozori,
Yonib qoldi unda bir olov.
Ishqdan faqat shu qoldi menga,
Olov yonar, sen-chi, yo‘qsan, yor.
Kelolmaysan o‘z maqbarangga,
Unga gullar qo‘yar boshqalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
7
Do'stlaringiz bilan baham: |