M u n d a r e j a


VILYAM SHEKSPIRNING “HAMLET” TRAGEDIYASI



Download 161,5 Kb.
bet9/11
Sana31.12.2021
Hajmi161,5 Kb.
#227100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
V. Shekspir tragediyalarida optimizm

3.2. VILYAM SHEKSPIRNING “HAMLET” TRAGEDIYASI.
SHekspir ijodining ikkinchi yarmida yaratilgan asarlarining birinchisi “Hamlet” tragediyasi edi. “Hamlet” ning yaratilgan va sahnalashtirilgan yili noma’lum. Ingliz olimi E.Chembers turli arxiv manbaalariga ko‘ra, “Hamlet” 1600 – 1601 yillarda yaratilgan va sahnaga qo‘yilgan degan fikrga kelgan va bu sana fan olamida qabul qilingan.

“Hamlet” SHekspir ijodiga burilishi ro‘y bergan davrning mahsuli, dramaturg nomini jahonga tanitgan tragediyalarning birinchisi va eng buyugi edi. Tragediyada tasvirlangan o‘rta asr Daniyasi shartli, simvolik ma’noga ega bo‘lib, Daniya orqali Angliya, qirol saroyi, ingliz oristokratiyasi tasvirlanadi.

Dramaturg o‘z davri ruhini chuqur anglab yetgan va uni san’at vositalari orqali ifodalay olgan. SHekspir o‘z zamonasi oldinga surgan masalalar voqea va xarakterlarni yuksak ijtimoiy – falsafiy umumlashtirishlar darajasiga ko‘tardi, kichik davlatga bo‘lib o‘tgan shaxsiy masala orqali Renessansning so‘ngi davrlarida Yevropa mamlakatlarining hammasida ro‘y berayotgan ijtimoiy siyosiy krizis, umumjahon tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ziddiyatlar, asrlar davom etgan ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalar almashishi ifoda ettirgan, SHekspir “Hamlet” i shoh asar deb tanilishining sababi unda jamiyatning eng katta problemalari – tarix, davlat, siyosat falsafa, axloq, odob, estetika, din masalalarini qamrab bularning hammasini san’at tili bilan insonning ruhiy kechinmalari orqali berilishidadir. To‘g‘ri, “Hamlet” da shunday xususiyatlar borki, ularni faqat SHekspir zamondoshlarigina tushunishlari, qadrlashlari mumkin edi. Ammo asarning boshqa tomonlarini faqat keyingi davr vakillari, bizning davrimiz kishilarigina anglab yetishlari mumkin.

1736 – yili ingliz tanqidchisi Tomas Xanlir ilk bor “tragediyaning birinchi pardasida otasining xoinlarcha o‘ldirilganini bilgan Hamlet nima uchun asar oxirigacha qotildan o‘ch olmadi” degan savolni o‘rtaga qo‘yadi va bu “dramatik priyom” edi deb o‘zicha javob beradi. “Hamlet” o‘tkir dramatik voqeali, qiziqtiruvchi pyesadir. Dramatik kompozitsiya asosida Daniya shahzodasining taqdiri yotadi. Tragediya faqat Hamletning fojiali taqdirini yoritibgina qolmay, uni qurshagan personajlar taqdirini ham ochadi.

Goratsio va bir qancha uchinchi darajadagi personajlardan tashqari Klavdiy, Gertruda, Poloniy, Ofeliya, Laert, Fortinbras kabi qahramonlarning taqdiri alohida dramadir. Bir – biri bilan bog‘langan bir necha taqdirlarni yetuk kompozitsiyaga ega bo‘lgan dramatik asar holiga keltirish oson vazifa emas edi.

SHekspir “Hamlet” igacha bunday qiyin metod qo‘llashni uchratmaymiz. Personajlar taqdiri to‘qnasha borgan sari dramatik hayajon ham orta boradi. Pyesada bo‘layotgan voqealarga personajlar munosabati turlichaligi ham asarning nihoyatda hayotiyligidan xabar beradi. SHekspir o‘zigacha hech kim jur’at qilmagan vazifani bajardi. – mutaffakir obrazini yaratdi, buning uchun uyg‘onish davrining universal bilimdoni bo‘lish kerak edi, haqiqatdan ham Hamletning chiqur ma’noli so‘zlari undan darak beradi. Tragediyaning birinchi parda ikkinchi sahnasi: saroy, qirol davlat ishlarini hal etmoqda. Hamlet bir chekkada kuzatib turibdi, u butun vaziyat va kishilarning sohtaligini sezib turibdi, qirol unga qarab, “senchi Hamletim, aziz jiyanim”, deyishi bilanoq saroydagi osoyishtalik soxta ekanligi ochib beriladi: “Jiyanligim – mayli ... lekin aziz emas”, “Hamlet” qahramon taqdiri fojeali bo‘lgani tufayligina tragediya emas, balki boshidanoq mudhish fojeali buyoqlarda, qirolning xoinlarcha o‘ldirilishidan boshlanadi va umuman pyesa bir qancha baxtsizlik, kulfatlarning yig‘indisini tashkil etadi. Dramaturgni avvalgi asarlarida hayotning bir tomoni yomonlik, ikkinchisi yaxshilikdan iborat tuyulsa, yovuzlik, kulfat hayotda qonuniylashib qolganini ko‘rsatish bilan “Hamlet” avvalgi asarlardan farq qiladi.

Bunda dramaturg faqat yomonlikni fosh etish bilan cheklanmaydi, balki uni anglab yetib, turlari, kelib chiqish ildizi va unga qarshi kurash yo‘llarini topishga urinadi. Tragediyadagi fojea, kulfatlar Hamletnigina emas balki kitobxonni ham hayajonga soladi, nafratini uyg‘otadi.

“Hamlet” SHekspir pyesalari orasidagi eng fojealisidir, hech qaysi asarda o‘lim haqida shunchalik ko‘p so‘zlamaydilar. Pyesa davomida poloniy, ofeliya, Rozenkrans, Gildenstern, qirolicha Gertruda, Laert, Klavdiy va oxirida Hamlet halok bo‘ladilar. Voqea ishtirokchilarining birontasini ham tirik qolmaydi. Bir asarda shuncha ko‘p fojea, kulfat, o‘limning boisi nima? Klavdiy, Poloniylar “o‘zi qazigan chohga o‘zi tushishi kerak”, lekin ular dunyosida Hamlet, Ofeliya, Laert kabi sof vijdonli kishilar yashay olmaydilar.

Otasining bevaqt vafoti, onasining ikki oy o‘tmay yangi turmush qurishi Hamletning nozik tabiatini g‘am – g‘ussaga cho‘mdirgan, uning ustiga otasining arvohi aytgan so‘zlar uning ruhiga nihoyatda qattiq ta’sir etadi, insonlar haqidagi tushunchasini mutloq o‘zgartirib yuboradi. Bu uchala kulfatdan ayniqsa onasining xulq – atvori Hamletga qattiq ta’sir etadi. Shuning uchun shahzodaning eng qayg‘uli fikrlarida onasining yangi turmush qurishi masalasi asosiy o‘rin egallaydi. lekin u faqat o‘z baxtini o‘ylamaydi. Mashhur monolog “YO hayot, yo o‘lim” da keltirilgan falokatlar shahzoda emas, balki oddiy kishilar boshiga tushishi, “Zamonaning zarbasi va haqorati, zolimlarning zulmi, kibrlarning tahqirlari, rad etilgan sevgining alamlari, sudlarning sustkashligi, hokimlarning dimog‘dorlik va haqoratlari sabrlilar ustiga yog‘dirilishi” mumkin.

Falokat shahzodaning ko‘zini ochadi, go‘zal orzu, ideal insonga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Hamlet o‘z kulfatlarini xalq kulfatlari bilan tenglashtiradi, xalq ham uni sevadi, shuning uchun Klavdiy shahzodani yo‘q qilishdan cho‘chiydi. Tragediyada xalq qo‘zg‘olanida Laert boshchilik qilgan. U ma’lum maqsad, otasining o‘limi uchun Klavdiydan o‘ch olib, xalq yordamida uni taxtdan tushirib o‘zi qirol bo‘lmoqchi, lekin u Klavdiy bilan juda tez til biriktirib Hamletdan o‘ch olish yo‘liga tushadi, hayron bo‘lgan xalq o‘z holicha tarqaladi. Hamletning Klavdiyga qarshi kurashi taxt uchun kurash, siyosiy kurash emas, agar shunday bo‘lganda u ham Laertga o‘xshab xalq kuchidan foydalanishi mumkin edi.

Qasos tragediya mazmunining asosiy motivini tashkil etadi. Uch personaj: Hamlet, Loert, Fortinbras o‘rta asr qonun – qoidalariga binoan o‘ldirilgan otalari uchun o‘ch olishlari zarur, ammo bu masalani uchala personaj uch hil hal etadi: Laert o‘ch masalasini juda oson hal etadi: Otasi o‘limining sababi, vaziyatini tekshirib o‘tirmay, xalq orasida g‘alayon ko‘tarib saroyga keladi va qilich bilan qirolga tashlanadi. U Paloniyni sevmasa, barcha qiliqlarini yoqtirmasa ham ota uchun qasos olish o‘g‘ilning burchi deb biladi va hech ikkinlanmaydi, hatto qirol bilan til biriktirib Hamletni xoinlarcha o‘ldirishga ham rozi bo‘ladi. Yomonlikka bo‘lgan munosabat masalasi Hamlet uchun hayot mamot masalasidir:

YO hayot, yo o‘lim, masala shunda:

Dilozor taqdirning nayza va o‘qlari

Oldida ruhan taslim bo‘lmoq sharafliroqmi?

Yoki bolalar dengiziga qarshi otlanib

Kurashda ularni halok qilmoqmi?9

Hamlet bu masalani yechishi kerak. Lekin Ofeliyaning kelishi fikrini bo‘lib yuboradi. Hamletning unga qarab, “Gunohlarimga o‘z duoyingda kechirim so‘ra” deyishida chuqur ma’no bor: Hamlet qat’iy qarorga kelgan.

Ba’zi SHekspirshunoslar Hamlet aslida ruhan zaif, irodasiz shaxs ham deydilar. Ammo bu o‘rinda Ofeliyaning Hamlet haqida aytgan so‘zlarini esdan chiqarmaylik. Hamletni ana shu zaiflik, xastalikka solgan narsa boshiga tushgan kulfatlar va buning natijasida ziyraklashib, boshqalar, insoniyat baxtsizligini anglab yetishi va ular haqida qayg‘urishdir. Hamlet o‘zidagi ikkilanish, zaiflikni yaxshi anglaydi, o‘z xarakterida paydo bo‘lgan bu xususiyatni o‘z qoralaydi, uni yengashga o‘rinadi.

Qahramondagi ana shu o‘z – o‘zini analiz qilish, o‘z qilmishidan norozilik bildirish faqat kuchli shaxslarga xos xususiyat shuning uchun Belinskiy Hamletning ulug‘ligi o‘zining zaifligida, degan edi. Hamletning tentakligi, ruhiy xastaligi masalasiga kelsak, arvoh bilan uchrashgandan keyinroq do‘stlarini “balki ba’zida o‘zimni g‘alatiroq tutishga to‘g‘ri kelar” deb ogohlantiridi. Hamlet faqat dushmanlari oldida o‘zini tentaklikka solib, do‘sti Goratsio oldida ziyrakligini saqlaydi. Hatto bir o‘rinda “Ular kelishyaptimi, men tentak bo‘lishim kerak” deydi. Lekin shaxzoda boshiga tushgan og‘ir kulfatlar psixikasiga ta’sir etmasligi oldida turgan vazifaning og‘irligi sarosimaga solmasligi mumkin emas edi. Ammo u o‘zidagi bu holatni yengishga o‘rinadi va yengadi. Klavdiy fosh etilgandan keyin Hamletda ikkilanish, zaiflik qolmaydi, onasi uyida berkingan Polonini Klavdiy deb uldirar ekan, keskinlik bilan harakat qiladi. Ofeliyaning halokati Hamlet uchun oxirgi zarba edi. Endi u janga tayyor, Gorotsioning qaytarishlariga qaramay, qirol taklifini qabul qiladi va Laert bilan janga chiqadi10. Tragediyaning oxirgi pardasida yaralangan Hamlet bu o‘rinda ham makkorlik qilganlarini anglab yetadi va Klavdiyni uldiradi.

Shaxzodaning so‘ngi so‘zlari “U yog‘i sukunat” chuqur ma’noga ega va turlicha talqin qilinadi. 1603- yildagi “qaroqchi” variantida “YO rabbi, jonimni ol!” qahramonning so‘ngi so‘zlari bo‘lsa, 1605- yili SHekspir teatri nashrida yuqoridagi so‘z aytiladi. SHekspir qahramoni erkin fikrlovchi faylasuf darajasiga ko‘tariladi olgan. Shuning uchun ham Hamletning hayotga bo‘lgan munosabati optimistik, u odamlarni sevadi, ular haqida qayg‘uradi, o‘layotgan vaqtida ham kelajakka murojaat etadi, u avlodlarda o‘zi haqida to‘g‘ri tushuncha qoldirishga urinnadi va bu vazifani do‘sti Goratsioga topshiradi. Uning taqdiri boshqalar uchun o‘rnak bo‘lsin, vijdonli insonlarni yomonlarga qarshi kurashga undasin.

SHekspir yaratgan buyuk tragediyaning gumanistik optimizmi ham ana shundadir. Pyesada Klavdiy – salbiy qahramon, razil inson, lekin u mamlakat taqdiri ustida qayg‘uruvchi shoh, saroy ahllariga, Hamletga ham, ayniqsa malikaga g‘amxo‘rlik qiladi, uning hamma harakatlariga sun’iylik, qandaydir ishonchsizlik seziladi. U yaxshi bo‘lishiga urinadi, lekin avvalgi jinoyat, vijdon azobi unga tinchlik bermaydi. U Richard III, yoki Yagoga o‘xshash yomonlik qilishni o‘ziga hunar qilib olgan shaxs emas, balki katta jinoyat qilgan kichik ayyor odam, Hamletning otasi chin ma’nodagi ritsar, jangchi, qirol feodal jamiyatining vakili bo‘lsa, Klavdiy savdo – sanoat o‘sgan, qahramonlik o‘rnini ayyorlik, manfaat parastlik egallagan davrning tipik hokimi, Elsinordagi Klavdiy davlati feodal davlat tuzumidan mutloq farq qiladi, davlat palatasiga suyangan burjua monarxiyasidir. Saroyda avvalgi jangovor ritsarlar o‘rnini hiylakor, ayyor Poloniy, Rozenkrans, ozriklar egallagan.

Malika Gertruda ham sirli obraz. Uni marhum qirol chin qalbidan sevgan, Klavdiy jinoyatining qisman sababi ham u bo‘lgan. Hamlet “xanjar so‘zlari” bilan uni yaralasa ham hurmati cheksiz. Lekin unda go‘zallik, ulug‘vorlik bilan bir qatorda qandaydir, yaqqol ko‘zga tashlanmay turgan yomonlik xususiyati borki, Hamlet Klavdiyning jinoyatidan ham ko‘ra onasinikini og‘irroq deb biladi. Hamletning “yuragingizning yomon qismini olib tashlab, yaxshisi bilan pok yashang”, deyishi ham bejiz emasdir.

Ofeliya SHekspir yaratgan ayollar obrazi orasida mohirona yaratilgan poetik obrazdir. Bu qahramonning roli jami 150 satrni ishg‘ol etgan, lekin ana shu ozgina satrda nozik, go‘zal xarakterni fojeali taqdirni ustalik bilan yoritib bergan. Ofeliya qizlarga xos latofatga juda boy. U hali yosh, lekin ko‘ksida chin muhabbat tuyg‘usi uyg‘ongan. U oilasi, otasi va akasining xurmat qiladi. Hamletni sevadi. Lekin voqealar uning tinch hayotini buzadi: oilasi desa Hamletdan, Hamlet desa oilasidan ketishi kerak. “Ayollardan eng baxtsizi”11 Ofeliya feodal dunyosining qurboni sifatida halok bo‘lgan qizlar obrazidir.

Ikkala tomonni yarashtirish maqsadi bo‘lgani holda Klavdiy Poloniylar qo‘lidagi qurolga aylanib qoladi. Buni sezgan Hamlet Ofeliya sevgisini rad etadi, ibodatxonaga borib, darveshona hayot kechirishni maslahat beradi, chunki bu dunyoda “Agar sen muzdek toza va qordek pokiza bo‘lsang ham tuhmatlardan qutula olmaysan”. Ofeliyaga berilgan ikkinchi zarba Poloniyning Hamlet, o‘z sevgilisi tomonidan o‘ldirilishi. Sevgilisi otasini o‘ldirdi! Ofeliya buni tushunib yetmaydi, kechira olmaydi ham. Uning o‘ziga o‘xshagan nozik aqli bu zarbalarga bardoshi bera olmay xastalanadi, uning uchun hayot go‘zalligi, lazzatini yo‘qotadi, u aqldan ozadi. Hayot ziddiyatlari Ofeliyadek sof, go‘zal, latofatli qizni halok qildi.

Yuqorida aytganimizdek, hamlet eng olijanob shaxs bo‘lishiga qaramay, kamchiliklardan ham holi emas, uning vijdonli bo‘laman deb qilgan xarakatlari Ofeliyani halokatga olib keldi. Shahzodaning o‘zi aytganidek, yomonlik bo‘lgan davrda yashab undan holi bo‘lish og‘ir, amalda ham shunday bo‘ldi, u Ofeliya oilasining halokati sababchisi bo‘ldi, Gildenstern va Rozenkranslar halokatini tashkil etdi, lekin Hamletning gunohi sof vijdonli qiyofasiga dog‘ tushira olmaydi, chunki tragediyada hech kim Hamlet kabi o‘z – o‘ziga shafqatsiz emas. U hech qachon o‘zini oqlamaydi, doimo o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘ladi. Buyuk realist dramaturg dahosi yaratgan Daniya shaxzodasining obrazi butun jahonda buyuk vijdon egasi bo‘lgan, haqiqatparvar va adolatparvar inson obrazi sifatida gavdalanadi.

1934 yil Cho‘lpon SHekspir “Hamlet”ini ingliz, nemis variantlarni jalb etgan holda, rus tilidan tarjima qildi va O‘zbekiston davlat nashriyoti lotin alifbosida chop etdi. 1948 yil Maqsud Shayxzoda SHekspir tragediyaning tubdan yangi tarjimasini yaratdi.

“Hamlet”ni Hamza nomidagi o‘zbek akademik teatri 1934 yil tayyorladi, 1935 yil fevralida premyerasi bo‘lib o‘tdi, Spektaklda Hamlet rolini o‘zbek sahnasining fahri bo‘lgan Abror Hidoyatov mohirona ijro etgan. Keyinchalik Olim Xo‘jayev va Shukur Burxonovlar ijro etishgan.

Hamlet juda olijanob shaxs bo‘lgan, u o‘ziga doimo tanqidiy munosabatda bo‘la olgan, o‘z kamchilik va hatolarini ko‘ra olgan, tushuna olgan. U hech qachon o‘zini oqlamaydi.




Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish