M u n d a r e j a


“ROMEO VA JULYETTA” TRAGEDIYASINING YARATILISH TARIXI



Download 161,5 Kb.
bet4/11
Sana31.12.2021
Hajmi161,5 Kb.
#227100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
V. Shekspir tragediyalarida optimizm

1.2. “ROMEO VA JULYETTA” TRAGEDIYASINING YARATILISH TARIXI.

Kulgili komediyalar va milliy tarixi bag‘ishlangan dramatik xronika janrlarida ijod etgan SHekspirni XVII asr boshlariga kelganda tragediya janriga murodaat etishga nima majbur etdi?

Ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida avvalroq ro‘y bergan uyg‘onish davri, uning ideologiyasi bo‘lgan gumanizmning inqirozi Angliyada xuddi XVI – XVII asrlar chegarasida, ayniqsa asr boshlarida keskinlashdi. Bu inqiroz natijasida boshqa mamlakatlarda: Italiya, Germaniya, Ispaniya, qisman Fransiyada feodal va katolik reaksiyasi ustun chiqsa, kapitalistik munosabatlar anchagina rivojlangan Angliyada burjua revolyutsiyasiga tayyorgarlik boshlanadi. XVI asrning so‘ngi yillarida ingliz absolyutizmi mamlakat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi tuzumga aylana boshladi, inqirozga yuz o‘girdi. Mamlakatda, ayni zamonda, burjua munosabatlariga xos bo‘lgan ziddiyatlar, qishloqlarda dehqonlar va mayda dvoryanlarning yersiz qolishi, shaharlarda esa mayda kosiblarning xonavayron bo‘lishi ham mazkur tuzumdan norozilik tug‘diradi. Ayniqsa, butun og‘irligi xalq ustiga tushgan urushlarning to‘xtamay davom etishi, keksaygan qirolichaning kundan – kunga ortib borayotgan zulmi norozilikni yanada kuchaytiradi.

Burjuaziya o‘zining noroziligi, Monarxiyaga qarshi kurashni din niqobi ostida olib boradi. Xatto ingliz burjua revolyutsiyasi ham yuzaki qaraganda diniy mahzablarning kurashi sifatida o‘tdi. Ingliz tarixining o‘sha davriga xos bo‘lgan bu o‘zgarishlar sotsial, siyosiy, iqtisodiy, ziddiyatlar davr ideologiyasiga ta’sir etmay, gumanistlar ijodida o‘z aksini topmay qolmadi. Ma’lumki, gumanistlarning ideali ko‘pni ko‘rgan va bilgan, qo‘lidan har qanday hunar, ish keluvchi, turli sarguzashtlarni boshdan kechirgan, iste’dodli, umuman “universal inson” edi: Ammo inson shaxsining din va feodal kishanlaridan ozod etilishi gumanistlar nazarda tutgan baxtli hayotga olib kelmadi. Gumanistlarning orzulari amalga oshib, tabiat, jamiyat, inson imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanib, go‘zal hayot qurish o‘rniga faqat ortib borayotgan yirtqichlik hukmronligi o‘rnatilganini, adolatsizlikning bir turi – feodalizm o‘rniga – kapitalizm kelib chiqqanini zamonning dono vakillari aniq anglaydilar.

Afinalik Timonning “Jahonda hamma o‘g‘ri!” deb xitob qilishi ham bejiz emas edi. To‘g‘ri, na SHekspir va na uning zamondoshlari “feodalizm” “kapitalizm” degan tushunchalarni bilmaganlar, lekin nimalar, kimlar jamiyat, xalq va shaxsga baxtsizlik keltirishini yaxshi bilganlar. Zamona noroziligi, SHekspir tragizmi Hamlet mahzunligining asosiy sotsial sabablari ham xuddi ana shu gumanistlar ideali bilan zamona o‘rtasidagi ziddiyatda edi. SHekspir o‘z asarlarida faqat subyektiv fojeali kechinmalarini tasvirlabgina qolmay, davlat va jahon miqyosidagi obyektiv fojia vaziyatlarini ham tasvirlaydi. SHekspir tragediyalarida faqat yakka shaxslarninggina fojiasi berilmaydi, ularning mazmuni umuman hayot fojiasidir. Dramaturg tragediyalarida “nima uchun inson baxtsiz, uning baxtiga nimalar to‘sqinlik qiladi?” degan savollarni qo‘yadi. Bu savollarga javob berish uchun esa san’atkor hayotni har tomonlama tekshiradi.

SHekspir tragediyalari shaxslar o‘rtasidagi do‘stlik va muhabbat, jamiyat, xalqaro munosabatlar va umuman hayotning turli tomonlarini o‘z ichiga oladi. Dramaturgdagi hayotiy tajriba boyligi kishini hayratda qoldiradi, uning asarlarini sahnada tomosha qilar, yoki o‘qir ekanmiz, ko‘z oldimizda uyg‘onish davri Angliyasi to‘liq gavdalanadi.

Dramaturg bilmagan, o‘z asarlarida to‘g‘ri aks ettirmagan soha deyarli yo‘q desak ham bo‘ladi: uni yurist, geograf, faylasuf, tabiatshunos olim leyishlari ham bejiz emas.

Dramaturg inson ruhiyatining eng murakkab dialektikasi va hayot fojiasi unga qanday ta’sir etganligini ochib beradi. SHekspir dramalarida faqat birgina faktor – inson va uning boshqa odamlarga, tabiatga, jamiyatga va davlat tuzumiga munosabati bor, xolos.

Uyg‘onish davrida cherkovning ma’naviy diktaturasi sindirilgach, din, xudo avvalgi kuchini yo‘qotib, inson e’tibori haqidagi yuksak tushuncha yana tiklangach, fojia tushunchasi ham paydo bo‘ladi. SHekspir asarlarida tabiat falokatlari emas, balki jamiyatda insonlar xarakteri, manfaati to‘qnashuvidan fojia kelib chiqadi, bir inson ikkinchi odamga qilgan yomonligidan fojia tug‘iladi. Fojia tushunchasini anglab yoritish SHekspir ijodining balogatga yetishi bilan bog‘liq. Lekin ilk davr asarlarida, hatto “Romeo va Julyetta” da ham fojia hayotning yuzaki ko‘rinishi sifatida tasvirlangan: jinoyatchilik, fisqu – fujurlar ko‘p odamlarga azob – uqubat, halokat keltiradi va oxirida gunohkorlarning halokati bilan to‘xtatiladi. “Romeo va Julyetta” da yomonlikning ildizi qahramonlarda emas, balki ularni qurshagan tashqi dunyoda, ana shu dunyo bilan to‘qnashuvda ular halok bo‘ladilar.

“Romeo va Julyetta” tragediyasini SHekspir yaratgan tragediyalarning birinchisi deb hisoblash mumkin, chunki 1593 – 1594 yillarda yaratilgan “Tit Andronik” va gumanistik tragediyalardan mutloq boshqacha bo‘lib, “qonli tragediyaga” yaqin turadi.

“Romeo va Julyetta” ning yozilgan yili aniq emas. U SHekspir asarlari orasida ko‘p marta bosilgan pyesalardan bo‘lib, birinchi nashri 1597 – yilda, 1623 – yilgacha yana uch marta bosilgan.

Birinchi nashri “o‘g‘ri” nashr bo‘lib, nihoyatda qisqartirilgan, keyingilari esa to‘liq. Tragediya uslubining g‘alizligi (oddiyligi), evfuizm elementlari anchagina o‘rin olganligi kabi dramaturg ijodining ilk davriga xos bo‘lgan xususiyatlari mavjudligidan kelib chiqib, uning yaratilishi 1594 – 1595 yillar, degan fikrga kelingan. Italiyada “Romeo va Julyetta” syujetining eng qadimgisi Mozuchchoning 1476 yilda yaratilgan “Novellino” to‘plamida berilgan edi. (36 - hikoya). SHekspir ham o‘z pyesasining mazmunini italyan novellalari va uyg‘onish davri dramalaridan olgan. “Novellino”dagi qahramonlarning nomlari boshqacha va voqea syenada ro‘y beradi. 1524 yilda italyan yozuvchisi Lundjida Portoning “Olijanob oshiq – ma’shuqlarning tarixi” hikoyasi bosiladi, unda qahramonlarga Romeo hamda Julyetta nomlari, Dantening “Ilohiy komediya” sida (A’rof, VI, 106) keltirilgan ikki oila – Montekke va Kapuletti familiyalari berilgan. Italiyaning o‘zida Porto hikoyasi yana besh marta ishlangan va hatto Verona shahrida Romeo va Jultta uchun maqbara ham qurilgan edi. Hozirgi kunda ham bu maqbara bor, sayyohlar hamon borib ko‘rishadilar. 1600 yillar atrofida buyuk ispan dramaturgi Lope de Vega Bandelloning hikoyasi asosida “Kastelvinlar va monteslar” nomli drama yaratgan. 1559 yili Bandello hikoyasi “Fojiali voqea” sarlavhasi bilan fransuz tiliga, 1565 – 1567 yillarda undan inglizchaga tarjima qilingan. So‘ngra shoir Artur Bruk tomonidan katta doston sifatida ishlangan. Ana shu Bruk poemasi SHekspir tragediyasi uchun manbaa bo‘lgan. Bruk poemasi juda cho‘zilib ketgan badiiy zaif asar bo‘lib, SHekspir undan chin ma’nodagi nodir asar yaratdi. Poema mazmuniga qator lirik va hayajonli, yorqin va nafis bo‘yoqlar kiritdi, personajlar xarakterini chuqurlatdi, qaytadan ishladi va butun voqeaga boshqacha yo‘nalish, ruh berdi.

Bruk poemasida voqea to‘qqiz oy davom etsa, SHekspir besh kun, ya’ni yakshanbadan jumagacha davom etadi. Tragediya voqeasining nihoyatda shiddatli avj olishi oshiqlarning muhabbati qanchalik qizg‘in ekanini ta’kidlash uchun qo‘llangan. Voqea qishdan yozga, ya’ni iyulь oyiga, Italiyaning issiq iqlimida kishilar qoni qaynagan davrga ko‘chirilgan.

Voqea bir qancha Lirik sahnalar, pyesani jonlantiruvchi kulgili masxarabozliklar bilan boyitilgan. Hammasidan ham ahamiyatli tomoni shundaki, SHekspir tragediyasi chin insoniy muhabbat, eskilik zanjirining buzuvchi, erkin shaxsni kuylovchi asar. Voqeaga yangi mazmun bergan dramaturg qahramonlar harakterini ham o‘zgartiradi.

Tragediyada ikki dunyo, eskilik va yangilik dunyosi to‘qnashadi. Ikki oila o‘rtasidagi adovat Julyetta va Romeo obrazlarida o‘z ifodasini topgan erklik, insonparvarlik, hayot lazzatlaridan to‘g‘ri foydalanish kabi gumanistik g‘oyalarga zid bo‘lgan yomonlikdir, dushmanlik, feodal nizo yosh, yorqin muhabbatni halok qildi. Ammo garchi asarda halok bo‘lsalarda, Romeo va Julyetta ular ustidan g‘olib chiqadilar: ularning jasadlari ustida asrlar bo‘yi kek saqlab kelgan ikki oila yarashadi, eskilik dunyosiga chek qo‘yiladi.

Enaga obrazi. Enaga obrazi nihoyatda muvaffaqiyatli chiqqan. U yoshlarning bir – biriga yetishishi uchun sidqidildan xizmat qiladi. O‘z tarbiyasidagi Julyettani esa jonidan ortiq e’zozlaydi. Julyettaga tengdosh bo‘lishi kerak, ammo kichkinaligidayoq o‘lib ketgan qizining o‘rniga ham ikki baravar muhabbatini yolg‘izgina Julyettaga bag‘ishlaydi, uning baxtini hamma narsadan ustun qo‘yadi. Enaga ishtirok etgan sahnalar komediyaga yo‘g‘rilgan, uning hazillari, o‘zini tutishi, o‘ng‘aysiz qiliqlari bilan tomoshabin yuzida tabassum zohir etadi, shu bilan birgalikda, unga nisbatan samimiy iliqlik tug‘diradi.

Monax Lorenso. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tragediyada bosh qahramonlarni qurshagan bir qancha personajlar mavjud. Ular pesaning asosiy g‘oyasini tasdiqlash va bo‘rttirib berishga xizmat qiladilar. Bu personajlar orasida birinchi o‘rinni Monax Lorenso egallaydi. Oshiqlarning eskilik qoldiqlariga qarshi kurashlariga bevosita yordam beruvchi kishi faqat yuzaki qarashdagina monax xolos, na uning qarashlari, na gaplarida dindorlikdan darak yo‘q. Julyetta uxlatuvchi dori ichib, qarindoshlari uni o‘lganga chiqargandagina uning dindor kishi ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi, u o‘z gaplarining yolg‘onligini yaxshi bilgani holda, ularni yupatib, “jannat”, “ u dunyo rohati” haqida so‘zlaydi. Lorenso obrazi o‘sha davr uchun tasodifiy emas edi. O‘rta asr va uyg‘onish davrida ham ilm – fanga intilgan, lekin bilim olishga imkoni bo‘lmagan odamlar monaxlik qabul qilib, dunyo tashvishlaridan erkin holda san’at, fanga o‘zlarni bag‘ishlaganlar. SHekspir o‘zining materializmga (bag‘ishlagan) asoslangan fikrlarini monax tilidan izhor qiladi. Lorenso nihoyatda olijanob, saxiy, insonparvar qilib tasvirlangan.

Merkutsio. Pesadagi epizodik personaj Merkutsio ham nihoyatda xarakterli, Renessans koloriti, ruhini to‘g‘diruvchi obrazdir. Merkutsioning o‘limi tasvirlangan sahna ayniqsa ta’sirchandir, chunki u o‘z do‘sti Romeo uchun jonini qurbon qiladi. Romeoning qalbi yaralanadi, u ikki o‘t orasida qoladi, uning do‘stiga bo‘lgan muhabbati Julyettaga bo‘lgan muhabbati bilan to‘qnashadi. Julyettaga bo‘lgan muhabbati haqqi hurmati uning qarindoshidan o‘ch olmaslikni taqozo etsada, ammo do‘stlik, vijdon amri o‘zga narsani talab etadi, mohiyatini, keyinini o‘ylamay, do‘sti Merkutsio uchun Tibaltdan o‘ch oladi.

My very friends, hath got his mortal hurt

In my behalf: my reputation stain’d

With Tybalt’s slander, Tybalt, that anhaw

Has beyen my kinsman. O sweyet Juliet!


Mening aziz do‘stim o‘lar holatda

Yaralandi u men tufayli.

Tibalt mening g‘ururimni kalaka qildi,

Bilmaydi u o‘rtadagi qarindoshlikni.

Ulug‘ rus shoiri Pushkin Merkutsioga shunday baho beradi: “O‘sha davr yosh yigitlarining namunasi bo‘lgan nozik, sodiq, oliyjanob Merkutsio SHekspir talanti yaratgan ikkala ajoyib yoki Juletta va Romeodan keyin turuvchi ajoyib shaxsdir” deydi.

Salbiy obrazlardan Tibalt esa ayniqsa ko‘zga tashlanib turadi. Tibalt tragediyadagi ichki qarama qarshiliklar mujassam bo‘lgan shaxsdir. Bu kekkaygan va takabbur yigit Romeoning ustidan kulish orqali ikki oilasi: Mantekki va Kapulettilar oilasi o‘rtasidagi ziddiyatni oshkor etmoqchi bo‘ladi. Julyettaning qarindoshi bo‘lgani tufayli Romeo uni hurmat qilishini o‘z burchi deb biladi, xatto unga munosabatlarini yaxshilashni taklif ham etadi:

Tybalt, the reason that I have to love

Doth much excuse the appertaining rage.

To such a gretting: villain am I mone.

YA’ni:


Tibalt seni sevish uchun, menda asos bor,

Va bu asos sen aytgan barcha

Qahrli so‘zlar aybin avf etmoqqa qodir:

Tibaltga bu ta’sir ham etmaydi, oxiri ular o‘rtasidagi munozara Romeoning do‘sti Merkutsioning o‘limi bilan yakun topadi. Merkutsioning o‘limida o‘zini aybdor his etgan Romeo Tibaltni jahl ustida halok etadi. Ikki oila o‘rtasidagi asriy dushmanlikka barham berishni istagan Romeo o‘zi hohlamagan holda bu ziddiyatni kuchaytirib yuboradi. Bu xabarni Julyetta ham xuddi haqiqiy Kapuletti kabi qabul qiladi:


O serpent heart, hid with a flowering face!

Did ever dragon kup so fair a cave?

Beautiful lyrant! Fiend angelical!

Dove – feather’d raven!

Wolfish – ravening lamf!

YA’ni:


Ostida iloni bor, och gullar chamani,

Qiyofasi o‘zgartirgan vahshiy ajdarho!

Farishtadek ko‘ringan do‘zax balosi,

Guyo beozor kabutar, qo‘y terisin yopingan bo‘ri.

Ammo tez o‘zgaruvchanlik Julyetta xarakteriga xos bo‘lganligi tufayli, u darrov Kapulleti oilasi a’zosidan Montekki oilasi a’zosiga aylanadi. Uning Romeoga bo‘lgan muhabbati qarindoshlik burchlaridan ustun chiqadi va biz butunlay boshqacha fikrlayotgan Julettani ko‘rishimiz mumkin:

Shall I speak ill of him that is my husband?

Oh, poor my lord, what tongue shall smooth thy name,

When I thy three hours wife, have mangled it?

But wherefore, villain, didst thou kill my cousin?
YA’ni:

Nahot o‘z sohibim ayblashim kerak?

Bechoraginam, rafiqangman atiga

Uch soat bunyo yaxshi so‘zni

Eshitmasang o‘z xotiningdan.

Mal’un qaroqchi! Amakivachchamni

O‘ldirdi! Ammo amakivachcham ham

Uni o‘ldirsa nima bo‘larda?

Tibaltning o‘limi butun voqealarga keskin burilish yasaydi.


Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish