2.1. ROMEO – MUHABBATI ADOVAT QURBONI BO‘LGAN OSHIQ.
Qahramonlar xarakaterini ochishda SHekspir ilk bor “Romeo va Julyetta” da o‘zgarish kiritgan. Agar bu pyesagacha yozilgan xronika va komediyalarida xarakterlar tayyorligicha berilsa, tragediyadagi Romeo va Julyettalar xarakteri asar davomida shakllanib, kamolotga erishadi.
Pyesada Romeo bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tib ulg‘ayadi. Jultta bilan uchrashgunga qadar u o‘z xulqini, ruhiy talabini hali o‘zi ham yaxshi bilmagan sodda yigitcha edi. U ham boshqalarga o‘xshashlik, davrdan orqada qolmaslik uchun Rozalinda ismli qizga oshiq bo‘lib, ishqa rad etilgandardek g‘amgin bo‘lib yuradi. Ammo bu oshiqlik yasama yurakdan emas, idrokdan chiqqan, shuning uchun Rozalinda umuman sahnaga chiqarilmagan. Julyetta ko‘rgan Romeo birdan o‘zgaradi. Julyetta – fikr hayolida orzu – qilgani, tanlagani faqatgina shu qiz ekani, bundan keyingi taqdiri u bilan bog‘liq ekanini o‘sha ondayoq anglaydi.
Endi u hayol suruvchi sodda yigitcha emas, balki shudaqiqadan boshlab uning hissi, so‘zlari jiddiylashadi, xarakterlari qat’iylashadi. Lekin Romeoda keskinlik, bir chegaradan ikkinchisiga o‘tishlik, birdan shavqi oshib ketishlik bor. Romeo endi Rozalinda haqida umuman o‘ylamas edi, u faqat Julyettaning visoliga yetish uchun yelib yugurardi. Oshiq yigit endi hech narsadan qo‘rqmas, hatto u Julyettani ko‘rqmas, hatto u Julettani ko‘rmoq uchun devor osha uning derazasi yoniga borardi. Chunki uning qalbini sohibjamol Julyetta butunlay zabt qilib qo‘ygan va Romeo bundan sarmast edi.
Romeo o‘zining Julyettasiga yetishmoq uchun rohib yoniga borib, o‘zlarini nikohlab qo‘yishini so‘raydi. Romeo shunchalik ta’sirchan obrazki, u Julyettani har narsadan rashq qiladi, undan ayrilib qolishni esa hayoliga ham keltirolmaydi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek Romeo qat’iy va jiddiy kishiga aylanib borayotgan edi. Lekin u to‘satdan Julyettaning vafoti haqidagi yolg‘on ovozani eshitgach, yana o‘zgaradi. Uning uchun hayotning qadr – qimmati qolmaydi, atrofdagilardan ustun ko‘tariladi va chetdan kuzatuvchi sifatida nihoyatda sog‘lom, obyektiv fikr yuritadi. Endi Romeo Julyettasiz yashay olmasligini o‘ylab dorifurush yoniga boradi va undan zahar berishini so‘raydi. Dorifurush unga zahar sotish o‘limga hukm qilish ekanini aytadi. Lekin Romeo dorifurushga qarata sen zahar sotmading berayotgan oltinim vijdon uchun eng yomon zahar deya ta’kidlab shunday deydi:
There is the gold worse poison to men’s souls,
Doing more murders in this loathsome world
Than these poor compounds that you must not sell;
I sell you poison you hasn’t sold me none …
YA’ni:
Mana oltin ol – bu vijdon uchun eng yomon zahar,
Bu qabohat dunyomizda eng yomon qotil,
U badtardir man qilingan shu doridan ham
Menga zahar sen sotmading men senga sotdim.
Romeo zaharni olib Julyetta yoniga boradi. Juyetta yotgan dahma yoniga graf Parisni ko‘radi. Va u Romeoga boladek tuyuladi. Va shuning uchun unga o‘spirin deya murojaat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |