Anora qiya ochiq derazadan yomg‘irning yoqimli sharroslarini befarq tinglardi. U anchadan beri qalbida allaqanday bo‘shliqni his qiladi. Ilgarigidek har narsadan hayratlanmaydi, ta'sirlanmaydi. Aslida-ku, ishlari yaxshi



Download 56,5 Kb.
bet1/4
Sana26.04.2022
Hajmi56,5 Kb.
#581708
  1   2   3   4
Bog'liq
HIKOYALARIM, CHAROS



Ta'qib
Anora qiya ochiq derazadan yomg‘irning yoqimli sharroslarini befarq tinglardi. U anchadan beri qalbida allaqanday bo‘shliqni his qiladi. Ilgarigidek har narsadan hayratlanmaydi, ta'sirlanmaydi. Aslida-ku, ishlari yaxshi. Eri ikkisi bitta joyda-universitetda ishlaydi, uyga birga qaytadi. Mana hozir ham yarim soatlarda kelishini aytgan. Bitmagan hujjat ishlari bor ekan. Qaynonasi ham tushungan ayol. Kelishlariga ovqat qilib, nevaralariga yaxshi qarab o‘tiradi. Anoraga baribir hayoti uchun nimadir yetishmayapgandek tuyulaveradi. U tashqaridagi bir xil manzaradan zerikib, derazani yopdi. Bemaqsad xona bo‘ylab yura boshladi. Shunda varoqlari sarg‘ayib ketgan eski bir daftarga ko‘zi tushdi. Talabalaridan birortasiniki bo‘lsa kerak. Bexafsalalik bilan ochib ko‘rdi. O‘ninchi avgust deb yozilgandi birinchi varag‘iga yirik harflar bilan. Stolga o‘tirib, o‘qishga tutindi. " Bugun g‘alati kun bo‘ldi. Ko‘z yoshi, ko‘z yoshi, yana ko‘z yoshi. Avval Shirin keldi. Sevgan yigiti boshqaga uylanayapganmish. Xo‘p yig‘ladi. Achindim. O‘zi ikkisi ham bir-birini yaxshi ko‘radi. Hayronman-da, nega endi Shirinning ota-onasi bunaqib ayirmachilik qilibdi. Nima emish, qizimizni xo‘jalarga beramiz, qorasuyakka emas, bizdan umid qilma, deb boshidanoq oyoq tirab olgan ekan. Tavba. Qizi baxtli bo‘lsa bo‘ldimasmi ularga?.." Anora daftarning u yoq-bu yog‘ini tez-tez varaqlashga tushdi. Dili o‘z-o‘zidan bezovta urardi. Uzoq vaqtdan beri qidirib yurgan narsasini topib olgandek, ham baxtiyor, ham bexalovat sezardi o‘zini. Kundalik unga nimanidir yodga soldi. Ammo eslolmadi. Xayolida qandaydir xotira yorqin lip etib yondi-yu, o‘sha zahoti lip etib o‘chdi. Yo‘q, daftarni kundalik deb bo‘lmaydi. Negaki qolgan sahifalarda xarid qilingan narsalar nomi, tilshunoslikka oid allaqanday atamalar yozilgan, yana geometrik chizmalar bor. Qiziq, kimniki ekan-a? Anora shoshqaloqlik bilan davomini o‘qiy ketdi: "Dugonamdan keyin qo‘shni ayol keldi. Gapdan gap chiqib, turmushidan hasrat qilishga tushdi. Eri Rossiyaga jo‘naganicha, yarim yildan beri pul yubormabdi. Oila qarzga botgan, besh yashar o‘g‘liga oq toshmalar chiqib ko‘payayotgan ekan. Doktorga borsa, falon so‘mlik dorilar yozib beribdi. Olishga pul qayoqda, deb nochorligidan bir o‘kinib yig‘laydi. Qanday taskin berishni bilmay , kalovlanib qoldim. Yordam beray desam, stipendiyam o‘zimga arang yetadi. Eshik tepasidagi rasmga beixtiyor ko‘zim tushdi. Unda kelishgan bir yigitning o‘ychan va shu bilan birga o‘tkir nigohlari menga norozi ohangda qarab turibdi. Ikki qoshi oralig‘ida hindlarnikidek qora xoli bor. O‘ziga biram yarashgan. U ijara egalarining qandaydir yaqini bo‘lishi kerak. Har gal ko‘rsam, yuragimda vahm aralash allaqanday yorug‘ his paydo bo‘ladi. Rasmda katta sir bor. Chunki ko‘pincha kayfiyatimga monand yigitning ko‘rinishi ham o‘zgarib turardi: shodon, g‘amgin, o‘ychan, g‘azabnok, baxtiyor... U go‘yo yurganimda ham, turganimda ham meni doimiy ta'qib qilayapgandek. Ta'tilni qishloqda o‘tkazgan paytlarim-da bir zumga xayolimdan ketmagan. Qishlog‘imiz yodimga tushishi bilan o‘z-o‘zimdan xafa bo‘lib ketdim. Qo‘shni ayol bilan gap sotib o‘tirishim o‘rinsiz. Axir qiladigan ishlarim talay. Yaxshi! Suhbatga maylim yo‘qligini sezib, o‘zi sekingina o‘rnidan turdi. Endi yozmalarni ko‘ramanmi, deb turganimda kimdir telefon qilib qoldi. Shohida ekan. Yig‘i aralash hiqqillab aytgan gapidan o‘qishga kirolmaganini zo‘rg‘a tushundim. Ovutdim. Ammo so‘zlarim o‘zimga soxta, sovuq tuyuldi. Boshim o‘z-o‘zidan og‘riy boshladi. Endi hech nima qilgim kelmay qoldi. Shiftga tikiliiib yotdim. Sal o‘tmay , oyim telefon qildi. Buvim og‘irlashib qolibdi, ertagayoq uyga qaytishim kerak ekan. Oyim birinchi marta shunaqa dard bilan yig‘lab gapirardi. Dilim xufton. Ular bilan gaplashayapman-u, ko‘zlarim suratda. Yigit asriy dardkashimdek menga ma'yus boqardi. Lablarim achishayapganini his qildim. Biror narsadan qattiq mutta'sir bo‘lsam, hayajonlansam, shunday lab tishlaydigan odatim bor. O‘sha kuni o‘zim ham to‘yib-to‘yib yig‘ladim..." Gap shu bilan tugagan edi. Anora yorug‘ hislar bilan deraza oldiga bordi. Yomg‘ir qorga aylanibdi. Yo‘llar ham oqarib qolgan. Xayoli notanish qizning yozmalarida. Birdan eshik ochildi:
-Anora, keldim. Nihoyat ishimni tugatdim. Endi ketamiz, dedi kulib ikki qoshi orasida hindlarnikidek xoli bor xushbichim kishi.
-Hozir, hozir-dedi quvonch bilan Anora lablarini qattiq tishlab.

Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish